Mark tven tom soyerning boshidan kechirganlari qiss a


Download 312.66 Kb.
bet15/40
Sana09.01.2022
Hajmi312.66 Kb.
#261311
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   40
Bog'liq
MARK TVEN TOM SOYERNING BOSHIDAN KECHIRGANLARI

O'N IKKINCHI BOB

MUSHUK VA DORIVOR
Tomda yangi va jiddiy qayg'u tug'ildi: Bekki Techer maktabga kelmaydigan bo'lib qoldi. Bu tashvishlar bilan Tom o'zini hayajonlantirgan qayg'uli sirni tamomila unutgan edi. Tom bir necha kunlargacha o'zini takabburona olib yurib, Bekkini esidan chiqarishga urinsa-da, bunga muyassar bo'la olmadi. U kechalari Bekkining hovlisi atrofida tentirab yurar va o'zini juda baxtsiz his qilardi. Bekki kasal bo’lib qolgan edi. Endi u o'lib qolsa nima bo'ladi? Bu fikr uni zo'r umidsizlikka solib qo'ygan edi. Uni endi urush ham, hatto dengiz qaroqchiligi ham qiziqtirmasdi. Hayotning butun go'zalliklari yo'qolib, faqat ko'ngilsizlikkina qolgan. U hatto o'zining tayoq bilan g'ildiragini ham tashlab qo'ydi. Bu narsalar hozir uni ilgarigidek qiziqtirmas edi. Holasi Tomning sog'ligi haqida qayg'urib, uni davolay boshladi va ko'rgan-bilgan dorivorlarining hammasini bir-bir ishlatib ko'rdi. U har bir yangi o'ylab chiqarilgan va iste'mol etish uchun ijozat berilgan dorivorlarga qiziqar, har kun deyarlik tajribalar qilib ko'rishdan charchamas edi. Biror yangi dorivor chiqsa, xola darhol uni sinab ko'rar, sinaganda ham o'zi iste'mol qilib ko'rmas edi. U buni daf atan to'g'ri kelgan biror kishiga berib tajriba qilib ko'rar, chunki o'zi hech kasal bo'lmas edi. U «sog'liq» deb ataluvchi har xil jurnallar va frenologlarning15 risolachalariga obuna bo'lar va ulardagi to'lib-toshib yotgan ma'nosiz narsalar lining uchun asaldan ham shirin tuyulardi.

Uyni shamollatish, to'shakda qanday yotish, o'rindan qanday turish, nima yeyish, nima ichish. har kuni necha marta aylanib yurib kelish, o'z ruhiy ahvolini qanday tutish va qanday kiyim kiyish kabi har xil dovdirashlarning hammasi uning uchun Tavrotdan chiqqan haqiqatdek tuyular va uning shu oy ichida olgan jurnallarida bayon etilgan narsalar o'tgan yil xuddi shu jurnalning o'zi tavsiya etgan narsalarga



18 FrenoJoglar — kishining bosh suyagidagi har bir g'urrasi uning ruhiy sifatlarini belgilaydi. deb ta'kidJovchi qadim zamon «olimlah».
tamom zid chiqishini u sezinas edi. U sodda va ko'ngli ochiq ayol, - shuning nchun u shu kabi har xil narsalarga aldanar edi. O'sha vaqtlarda suv bilan davolash endigiiia rasm bo'lib kelayotgan edi, shuning uchun bechora Tomning kasallik holati xuddi shu vaqtga to'g'ri keldi. Xolasi uni tong o’tar-o’tmas o'rnidan turg'izib, o'tinxonaga yetaklab olib borib sovuq suvga pishar, keyin dag'al bir sochiqni olib, tanlari qizarib ketguncha qashlag'ich bilan qashlagandek ishqar, so'ngra uni ho'l choyshabga o'rab, yaxshiroq terlasin deb ustini qalin ko'rpalar bilan yopib qo'yar edi. Tom bechora shunchalik terlar ediki, o'zining aytishicha, «ichidagi barcha g'uborlari terisining yoriqlari orqali tashqariga chiqqandek- bo'lar edi.

Shuncha harakatlarga qaramay, bola kundan-kun rangi ketib oriqlay borar, ko'rinishi juda ayanch tus olib. borgan sari ahvoli yomonlashar edi. Xolasi avvaldan qilib kelayotgan davolari ustiga uni issiq vannaga tushirish, vanna ichida uzoq vaqtlar o'tirg'izish, dush va suv ichida yotqizib qo'yish yo'llarini ham ishlata boshladi. Suv davolariga qo'shimcha ravishda xolasi uni suyuq arpa go'jasi bilan boqib, butun badaniga malham yopishtirib qo'ydi. Bundan tashqari xolasi unga har xil bo'lmag'ur narsalarni bera boshladi. Har kuni suvga pishishi ustiga yengil ovqatlanish, yaraga malham qo'yish tajribalarini ham qo’shdi. U bolaning ustidan har kuni xurmachalab har xil dorivorlarni quyar edi.

Bora-bora Tom bu qiynoqlarning hammasiga butunlay farqsiz va iltifotsiz qaraydigan bo'lib qoldi. Bu esa xolasini juda tashvishlantirib, xafa qilar edi.

Har qanday yo'l bilan bo'lsa ham Tomni bunday hissizlikdan qutqazish kerak edi. Shu vaqt u birinchi dafa «og'riqni bosuvchi» yangi bir dori chiqqanligini eshitib, darhol shu doridan anchasini oldirdi. Keyin u o'sha dorini sinab ko'rib, undan nihoyatda mamnun va rozi bo'ldi: bu dori xuddi suyuq holatdagi o'tga o'xshardi. U suv bilan davolashni yig'ishtirib qo'yib, bor ishonchini shu yangi doriga bag'ishladi. U doridaii Toniga bir choy qoshig'ini to'ldirib berdi-da, sabrsizlik bilan uning natijasini kuta boshladi. Keyin bundan xolaning tashvishlari bir zumgina pasayib, join tinchlandi. Chunki Tomdagi hanima narsaga parvosizlik bilan qarash hissiyoti yo'qola boshlagan edi. Agar bolani qip-qizil cho'g' bo'lib turgan ko'mir ustiga o'tqazib qo'yilganda ham bu tajribaga shundan ortiq hissiyot tug'dirmas edi.

Tom qanday bo'lsa ham endi chinakam harakat qilish lozimligini seza boshladi. U o'z ustida bo'ladigan qiynoqlardan qutulish uchun har xil yo'llar axtara boshladi-da, nihoyat «haligi «og'riqni bosuvchi» dori o'zimga juda ma'qul bo'lib qoldi» degan bahonani qilmoqchi bo'ldi. U dorini shunday tez-tez so'ray boshladiki, xolasi zerikib: «Endi bundan keyin mendan dori so'rab bezor qilmay, ko'ngling xohlagan vaqtda o'zing olib ichaver», - dedi. Agar bu Sid bo'lganda edi, kampirning chin shodligiga hech qanday tashvish aralashmagan bo'lar edi. Biroq bu ish Tomga aloqador bo'lgani uchun kampir sekin-asta shishani kuzatib yura boshladi. Dori chindan ham kamayib borar edi, lekin Tomning dori bilan o'zini davolamay, uyning to'ridagi taxtaning yorig'ini davolayotgani uning xayoliga ham kelmagan edi.

Bir kuni shunday qilib dorini taxtaning yorig'iga quyayotganida, uning oldida xolasining sariq mushugi kelib qoldi-da, miyovlab qoshiqqa tikilib, go'yo shu narsadan berishini so'raganday aylanib yura boshladi.

- Oh, Piter, buni so'rama, bu senga butunlay keraksiz bir narsa, - dedi Tom.

Biroq Piter bu kerak deb tushuntirgandek bo'ldi.

- Yaxshilab o'ylab ko'r, tag'in yanglishina... keyin o'kinib yurasan...

Piter buning uchun keyindan o'kinmaslikka ishonch bildirdi.

- Qani, agar chindan ham shuni berishinini iltimos qiladigan bo'lsang. beranian, men ziqna emasman. Biroq shuni yaxshi bilki, agar ma'qui bo'lmasa, o'zingdan ko'r.

Piter shu shartlarga rozi bo'ldi. Tom uning og'zini ochdi-da «og'riqni bosuvchi» doridan bir qoshig'ini quydi. Piter shundayoq ikki gaz bo'yi balandlikka sakradi. Shiddatli tovush bilan miyovlab qichqirdi-da, stol va stullarga o'zini urdi, gul idishlarini tushirib yubordi, to's-to'polon qilib, uy ichini boshiga ko'tardi va u yoqdan-bu yoqqa yugura boshladi. Kevin u haddan tashqari shodlanib, keyingi ikkala oyog'i bilan turib o'yinga tushdi, o'zini ifoda etib bo'lmaydigan darajadagi shodligini bildirib, boshini orqaga tashlagan holda butun uy ichiniug to's-to'polonini chiqarib yurar edi. Polli xola eshikdan kirib kelganida u uch-to'rt marta o'mbaloq oshib dahshatli ravishda miyovlab, yo'l ustidagi sinmay qolgan gul tuvaklarini sindirib, ochiq derazadan irg'ib chiqib ketdi. Kampir ko'zoynagining ustidan qarab. bu manzarani ko'rib hayron bo'lib qotib qolgan, Tom bo'lsa o'zini kulgidan to'xtata olmay, yerda ag'anab yotar edi.



  • Tom deyman, rostingni ayt-chi, bu bizning mushugimizmi? Unga nima bo'ldi.

  • Bilmadim, xola, - dedi Tom, kulgi aralash.

  • Men umrim bo'yi uni bu ahvolda ko'nnagan edim. Nega u bunday qiladi?

  • Chindan ham bihnayman, xola, mushuklar juda ortiqcha shodlanganlarida shunday o'ynashsa kerak.

  • Shundaymikin?

Xolasining tovushida sezilgan qandaydir bir narsa Toinning o'zini hushyor tutishga majbur etdi.

  • Ha, xola, men shtmdaydir, deb o'ylayman.

  • Sen-a?

- Ha, xola.

Kainpir yerga egildi. Tom uning harakatini diqqat va vahima bilan kuzatib turar, lekin nima uchun «engashayotganini» kechroq tushunib qoldi. Karavot ostidan choy qoshig'ining uchi chiqib turar edi. Polli xola uni yerdaii olib Tomning xuddi tuinshug'i tagiga olib bordi. Tom ko'zlarini yerga tikib, orqasiga chekindi. Polli xola uni odatdagicha qulog'idau tortib turg'izdi-da, angishvonasi bilan boshiga do'qillatib bir urib qo'ydi.



  • Qani, ser, menga aytib ber-chi, jonim, bu tilsiz hayvonga nega bunchaiik azob berasan?

  • Men unga rahmini kelganidan dori bergan edim. Chunki u bechoraning menikiga o'xsbagan xolasi yo’q-da.

  • Xolasi yo’q? Qanday beliuda so'zlarni aytasan, ahmoq bola! Sen bilan uning qanday aloqasi bor?

  • Juda katta aloqasi bor, xola. Agar uning xolasi bo'lganida, uni o'slia xolasi «parvarish» qilar edi.

Polli xola birdan o'zida vijdon azobini seza boshladi. Uning davolashi o'z ko-zi oldida yangicha tasavvur tug'dirdi. Mushukka nisbatan rahmsizlik bo'lgan narsaning bolaga nisbatan ham rahmsizlik bo'la olishi sezildi. Uning ko’ngli biroz yumshab, Tomga rahmi kela boshladi. Hatto uning ko'zlarida yosh ham ko'ringan edi. U bolaning boshini silar ekan:

- Tom bolam, men sening foydang uchun shunday qildim-da, mening qilganlarim sening uchun foydali bo'lib chiqdi, - der edi.

Tom juda jiddiy ravishda uning yuziga bir qarab qo'ydi. Faqat uning lablari biroz uchib turar edi.

- Xola, siz menga yaxshilikni istagansiz, men bum bilaman, lekin men ham Piter uchun yaxshilik istadimda. Bu narsa uning uchun ham foydali bo'ldi-ku. Men uning shu daraja shodlanganini hech bir ko'rmagan edim.

- Qani, bo'ldi endi Tom, bas qil, mening jahlimni chiqarma. O'zingni yaxshi tut, aqlli bola bo'l... shunday qilsang, hech vaqt senga dori icliishga to'g'ri kelmaydi.

Tom maktabga dars boshlanmasdau ilgari yetib keldi. Tomning so'nggi kunlardagi bunday odatdan tashqari harakatlarini hamma sezgan edi. Bugun ham so'nggi kunlardagi doimiy odatidek, o'g'il bola o'rtoqlari bilan birga o'ynab yurish o'rniga, hovlida va darvoza yonida aylanib yurar edi. U salomatligim zaif deb barcha o'yinlardan voz kechdi. Haqiqatda ham uning mazasi yo'q ko'rinar edi. U o'zini atrofga qarayotgan qilib ko'rsatmoqchi bo'lsa ham, lekin aslida yo'lga qarab turar edi: Uzoqdan Jeff Techer ko'rmishi bilan Tom quvnab ketdi, biroq orada bir minut o'tar-o'tmas uning chehrasini avvalgidek xafachilik qopladi. Jeff darvozadan kirib kelganida, Tom uning oldiga yugurib borib, qanday bo'lsa-da uni singlisi to'g'risida gapga solmoqchi bo'lar, biroq u anqovroq bo'lib, Tomning ishoralariga tushunmas edi. Uzoqdan bironta oq ko'ylakli ayol ko'rinishi bilanoq Tom to'la ishonch bilan uni kutib, shaylanib turar va u ko'ringan kishi oldiga yetib kelganida, basharti boshqa kishi bo'lib chiqsa, uni yomon ko'ra boshlar edi. Nihoyat, bunday oq ko'ylaklar ham ko'rinmay, Tomni xafachilik qurshab oldi. U butunlay xafa va o'ychan holda bo'sh sinf ichiga kirib o'tirdi. Shu vaqt deraza oldida yana bir qiz ko'ylagi ko'rindi. Buni ko'rib Tomning yuragi o'ynab ketdi. Birdan u hovli yuziga yugurib chiqib, hindidek ayqov-chayqov yura boshladi: shovqin solib baqirar, xaxolab kular, o'rtoqlarining orqasidan quvlab yugurar, o'z hayoti uchun xavfli harakatlar bilan devorlar ustidan sakrab, boshi bilan yurar, - xullas turli-tuman hunarlar chiqarib, har xil botirliklar ko'rsatar va Bekki qararmikin, deb ko’z qiri bilan unga nazar tashlab qo'yar edi. Biroq qiz, aftidan, hech narsani sezmas va unga hech bir burilib qaramas edi. Nahotki, qiz uni sezmasa? Tom qizning oldiga yaqinroq keldi va necha xil harakatlarni ko'rsata boshladi; u tevarak-atrofga yugurib, bir bolaning boshidagi telpagini olib, tomga tashlab yubordi. To'planib turgan bolalar ichiga otilib kirib, ularni har tomonga tumtaraqay qildi-da, o'zi Bekkini yiqitayozib, xuddi uning oyog'i ostiga uzala tushib yotib oldi. Qiz burnini yuqori ko'tarib, yuzini teskari o'girdi-da, Tomga eshitdirib, yonida birga ketayotgan o'rtog'iga qarab:

- Ba'zi bolalar o'zlarini juda chaqqon, epchil hisoblaydilar, haqiqatda esa ular bo'sh, maqtanchoq bo'lib chiqadilar, - dedi,

Tom yuzlari qizargan holda o'rnidan turdi-da, boshini egib, tamom ruhsizlik bilan bo'shashib maktabga kirib ketdi.




Download 312.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling