Mark tven tom soyerning boshidan kechirganlari qiss a
TOM VIJDON AZOBINI BOSHIDAN KECHIRADI
Download 312.66 Kb.
|
MARK TVEN TOM SOYERNING BOSHIDAN KECHIRGANLARI
O’N BIRINCHI BOB
TOM VIJDON AZOBINI BOSHIDAN KECHIRADI Kun tushga yaqinlashgan paytda butun shaharga birdaniga dahshatli xabar tarqaldi. Buning uchun o'sha vaqtlarda hech kimning xayolida bo'lmagan telegraf ham kerak emas edi. Bu xabar xuddi telegraf bilan baravar tezlikda og'izdan-og'izga, qo'shnidan qo'shniga, hovhdan hovliga o'tib yurar edi. Albatta, o'z-o'zidan ma'lumki, shu kuni muallim maktab bolalarining hammasini bo'shatib yubordi, agar shunday qihshga muallimning farosati yetmaganida, albatta bu ishga butun shahar hayron qolardi. O'likning yonida qonga bo'yalgan bir pichoq topilib, kishining so'ziga ko'ra, bu pichoq Meff Potterniki emish. Yana shunday so'zlar bo'lganki, bir kishi kechikib qohb, kechasi soat ikkilarda uyiga qaytib kelayotganida, anhor bo'yida yuvinib o'tirgan Potterni ko'rib qolgan. Potter bu kishini ko'rib qochib ketgan emish. Bu hoi, ayniqsa, uningsuv bo'yida qo'llarini yuvib o'tirishi - ancha shubhali dalil edi. Potter uchun bu odatdagi bir ish emas edi. Politsiyalar qotilni axtarishib butun shaharni titib yuborishgan, lekin hech qayerdan topisha olmagan. Har tomonga otliq choparlar jo'natilgan. Sherif13 bo'lsa kun kech bo'lmasdanoq 13 Sh e r i f — shu okrugda sudya va politsiya boshlig'i vazifasini bajaruvchi amaldor. gunohkorning qo'lga tushishiga ishonib o'tirar emish, degan so'zlar ham yurar edi. Shahardagi barcha xalq qabristonga qarab jo'nadi. Tom ham o'zining yuragi siqilganligini unutib, olomonga qo'shilib bordi; uning bunday qilishi, shu ishni xohlashidan emas edi; u bunday ishlardan o'zini miiig milcha nariroqqa olib qochishni afzal ko'rar, lekin shunday bo'lsa-da, qandaydir noma'lum bir kuch uni o'sha tomonga tortib turar edi. U qabristonga yetib borar ekan, kishilar orasidan siqilib oldinga o'tib, yana o'sha dahshatli manzaraga ko'zi tushdi. Uning nazarida o'zining shu yerga kelib ketganiga go'yo ancha zamonlar bo'lganga o'xshar edi. Kimdir uning qo'lini chimchilab oldi. U orqasiga qayrilib qaragan edi, yonida turgan Geklberrini ko'rdi. Ular bir-birlariga qarab oldilar va shu qarashlarida har qaysilari ham: «Bizning ko'z qarashimizdan birov biror narsa sezmadimikin?» deb o'z-o'zlariga savol berar, lekin boshqalar o'sha yerdagi dahshatli manzara bilan mashg'ul edilar. «Oh, bechora!» «Baxtsiz yosh yigit!» n bu ish o'lik o'g'irlovchilar uchun saboq bo'ldi!» Meff Potterni ushlab olsalar, uni albatta osadilar», - dedilar hammalari birdan. Domla esa o'z fikrini shunday bayon qildi: - Taqdiri xudoning qo'lida. Qanday jazo berishni janoblarning o'zlari bilishadi. Tom shu yaqin o'rtada turgan hindi Joning g'amgin yuzini ko'rarkan, boshidan oyog'igacha titroq bosib ketdi. Shu vaqt butun xalq orqaga chekinib: - Anavi o'shaning o'zi! O'z oyog'i bilan kelayotir! - degan tovushlar eshitila boshladi. Yigirma kishi birdaniga: Kim, kirn? - deb so'rashdi Meff Potter! - Qaranglar, to'xtadi. Ehtiyot bo'linglar, qochib ketishga urinayapti. Ushlanglar, bo'hnasa qochib ketadi! Tomning ro'parasidagi daraxt shoxlariga chiqib o'tirgan tomoshachilar: «U qochmoqchi emas, faqat hayron bo'lib, nhna qilishini bilmay turipti», - deb xabar berdilar. - Qanday uyatsizlik! - dedi xalq o'rtasidan birov. - O'zining qilgan yomonliklarini tomosha qilgali kelgan va bu yerda kishilar bor, deb o'ylamagan bo'lsa kerak... Xalq orqaga chekindi. Sherif dabdaba bilan Potterning qo'lidan yetaklab, qabr yoniga olib keldi. Becboraning rangi o'cbib ketgan, ko'zlarida qo'rquv alomatlari sezilib turar edi. O'likni ko'rar ekan, uning butun tanasini qaltiroq bosdi va yuzini qo'llari bilau berkitib, ho'ngrab yig'lab yubordi. - Do'stlarim, buni men o'ldirganim yo’q, - der edi u ho'ngrab yig'lagani holda, - azbaroyi xudo men o'ldirganim yo'q. Oradan birovning: - Seni kim ayblayotir? - degan tovusbi yangradi.
- Hoy, hindi Jo! Sen menga va'da qilgan eding-ki, hech vaqt... - deb baqirdi. Sherif uning so'zini bo'lib va qotil qurolini xuddi uning tumshug'i oldiga keltirib: - Bu pichoq siznikimi? - deb so'radi. Shu vaqt kishilar kelib, Potterni qo'lidan ushlab, sekin yerga o'tirg'izmaganlarida, u albatta yiqilib tushar edi. Keyin u: - Menga xuddi bir narsa: agar sen o'sha yoqqa bormasang va...ni topmasang, deb aytgandek bo'lgan edi... - u seskanib ketdi va umidsizlik bilan qo'lini siltab: - Jo, endi shularga aytib beraqol, endi yashirishning nima keragi bor, - dedi. Geklberri bilan Tom hayajon ichida tillari so'zga kelmay qolib, qotilga tikilib qarab turar edilar; bu vijdonsiz yolg'onchi esa hech bir uyalmay-netmay o'zi o'ylab topgan o'lim manzarasini hikoya qilar edi. Bolalar minut sayin: « n hozir ochiq-oydin kunda havo guldirab, yashin chaqnab, qotilning ustiga xudoning balosi yog'ilar, deb kutar va xudoning g'azabi bunchalik kechikishiga hayron bo'lib turar edilar. U hikoyasini tamoin qilgandan keyin ham hech narsa bo'lmay, salomat qolganini ko'rganlaridan keyin ularning o'z ahdlarini buzib, gunohsiz ayblangan Potterni halokatdan qutqarib qolish orzulari ham yo'qoldi. Aftidan, bu yaramas Jo o'z jonini shaytonga sotgan bo'lsa kerak, endi biror ishga shayton oraladimi, bo'ldi, unga odamzodning qadam qo'yishi mumkin emas, agar ozgina aralashsa ham, yaxshilik ko'rmaydi. Kimdir Potterdan:
Sen nega qochib ketmading? Nega bu yerga kelding? - deb so'radi. Boshqa iloj topa olmadim... mumkin bo'lmadi! - dedi Potter. - Qochmoqchi bo'lgan edim, lekin mening o'z oyoqlarim bu yerga ohb kelib qo'ydi-da! - Shu so'zlarni aytarkan yana yig'lab yubordi. Oradan bir necha minut o'tgandan keyin hindi Jo ham qasam bilan so'roqda tinch va osoyishtalik holda o'zining awalgi aytganlarini takrorladi. Bolalar ham buning shunday yolg'onchiligi uchun osmondan balo yog'ilmaganligini ko'rib, metisning o'z jonini shaytonga sotganligiga qat'iy ishondilar. Bolalar undan juda qo'rqar edilar, shu bilan birga u bolalar uchun dunyodagi hamma narsadan ham xunuk ko'rinar edi, shuning uchun bolalar undan ko'zlarini olmay tikilib turar edilar. Bolalar qanday bo'lsa ham bir iloj qilib, uning dahshath xo'jayinini ko'rib olish tilagida uni kechalari kuzatib yurishga o'zlaricha qaror berdilar. Hindi Jo o'ldirilgan kishining tanasini yerdan ko'tarib olish va tezroq olib ketish uchun aravaga solishga yordamlashdi. To'plangan xalq vahimaga tushdi. Ular shivirlashib, xuddi shu damda yaradan qon toinchilab oqqanini so'zlar edilar.M Bolalar: «Bu qulay voqea xalqqa chinakam qotilni ko'rsatib berar», deb o'ylagan edilar, biroq ularning bu umidlari puchga chiqdi, chunki kishilar shu yerning o'zidayoq: - Bu voqea yuz berganda, Meff Potter o'likdan uch qadam narida turgan edi, deb aytgan edilar. Tomning dahshatli siri va undagi vijdon azobi, ko'p bo'lmasa ham, aqalli bir hafta uni kechalari uxlatmay qo'ydi. Shuning uchun bir kuni ertalab nonushta mahalida Sid: - Tom, sen kechalari ko'p qimirlab va alaxsirab hech uxlatmaysan... men kechaning yarmisini uyqusiz o'tkazdim, - dedi. Tomning rangi o'chib, yerga qaradi. Bu juda yaramas hoi, - dedi Polli xola jiddiy ravishda. - Tom, boshingda qanday o'ylar bor? Hech qanday o'y yo'q, mutlaqo yo'q! Ammo bolaning qo'llari shunday qaltirar ediki, u qo'lidagi choyni to'kib yubordi. - Aytadigan so'zlaring ham allaqanday bemani narsalar, - deb so'zida davom etdi Sid. - Bu kechasi ham: «Bu qon, bu qon bildingmi?» deding va har safar shu bir so'zningo'zinitakrorlayverasan. Keyin: «Meni bunchalik qiynayvermanglar, o'zim aytib beraman», deysan. Aytib berasanmi? Nimani aytib berasan? Tomning ko'z oldilari qorong'ilashib, hamma narsa go'yo aylanib ketayotgandek bo'ldi. Shu paytda buning 14 Qadimdan shunday bir ishonch bor ekan: go'yo o'likning yoniga uni o'ldirgan kishi yaqin kelsa, o'likning yaralangan joyidan qon oqar eniish. oqibati nirna bo'lishini aytish qiyin edi, lekiii uuing baxtiga Polli xolaning chehxrasidagi tashvish alomatlari yo’qolib, garchi o'zi voqeadan xabardor bo'lmasa ham Tomga yordamlasha boshladi. - Oh! Bularning hammasi o'sha dahshatli odam o'ldirishdan. Har kuni deyarlik mening tushimga kiradi. Ba'zan tushimda go'yo uni o'zim o'ldirgan bo’lib chiqaman. Meri ham shunday ahvolni boshidan kechirganligini so'zlab o'tdi. Sid bunday izohotlardan mamnun bo'lgandek ko'rinar edi. Tom, daf’atan to'g'ri kelgan bir narsani bahona qilib, uydagilar oldidan chiqib ketishga shoshildi. Shundan keyin kechalari yana alaxsirab chiqmaslik uchun tish og'rig'ini bahona qilib, jag'ini romol bilan bog'lab yotadigan bo'ldi. U, Sidning kechalari jo'rttaga uxlamay yotishidan xabarsiz edi; Sid esa kechalari Tom jag'ini bog'lagan ro'molni bo'shatib, uning so'zlariga quloq solar va keyin tag'in mahkam bog'lab qo'yar edi. Tom vijdon azobidan sekm-asta foiiq bo'la boshladi; u tish og'rig'idan zorlanishdan ham zerikib, kechalaii jag'ini bog'lamaydigan bo'ldi. Agar Sid uning kechalaii uyqusirab aytadigan so'zlaridan uncha-muncha narsalarni anglagan bo'lsa ham, u bularni hech khnga so'zlamay, sirsaqladi. Shu orada Tomning o'rtoqlari yangi bir ermak topib oldilar: ular o’lik mushuklar ustidan tergov yurgizadigan bo'ldilar: ularning bu ermaklari Tomga dam-badam o'sha mudhish voqeani eslatar edi. Sid ko'rdiki, garchi Tom dastlab har bir o'yinda birmchi rolning berilishini talab qiladigan bo'lsa ham, bu o'yinda u hech bir bosh tergovchi rolini olib chiqmadi. Tom hatto guvohlik rolidan ham bosh tortmoqda edi. Sid buni ham o'sha vaqtdayoq sezgan va bu unga qiziq tuyular edi. Sid yana shunday ahvolni sezdiki, Tomga bu o'yinlar umuman yoqmas va picha imkoniyat tugilishi bilanoq qochib qolishga urinar edi. Sid bu g'alati sirlar ustida boshini qotirar, biroq hech bir so'z aytmas edi. Ko'p o’tmay bu o'yinlarning hammasi eskirib qoldi va shu bilan Tomniiig vijdoni ham azoblanmaydigan bo’ldi. Shunday og'ir kunlarda Tom har kuni yoki kun oralab qulay payt topib, «qotil» qamalib yotgan qamoqxonaning temir panjaralik kichkina derazasi yoniga kelib, o'zi topa olgan har xil shiriii narsalardan yashirin ravishda berib ketar edi. Qamoqxona uncha katta bo'lmay, shaharning bir chekkasidagi botqoqlukka qurilgan va g'ishtdan ishlangan bir bino edi. Unda qorovul ham yo'q, negaki qamaluvchilar ham juda kam bo'lar edi. Bu hadyalar kichkina bo'lsa ham Tomning ko'nglini ancha tinchitar edi. Shaharcha xalqining metis hindi Joni o'lik o'g’irlagani uchun qora moyga bulg'ab, keyin tovuq patiga ag'natib, shu holda shahardan haydab chiqarib yuborishga ishtiyoqlari zo'r edi. Lekin u kishilarni shu qadar qo'rqitar ediki, bu ishni boshlash uchun jur'at qila oladigan kishi topilmadi. Ikkala so’roqda ham metis so'zini to'ppa-to'g’ri mushtlash bo'lgan yerdan boshlab, o’likni o'g'irlash to'g'risida hech narsa demadi. Shumng uchun sudda bu masalani hozircha qo’zg’atmaslik lozim topildi.
Download 312.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling