Mark tven tom soyerning boshidan kechirganlari qiss a
ITNING UVLASHI - YAXSHI ALOMAT EMAS
Download 312.66 Kb.
|
MARK TVEN TOM SOYERNING BOSHIDAN KECHIRGANLARI
O'NINCHl BOB
ITNING UVLASHI - YAXSHI ALOMAT EMAS... Bolalar to'xtamasdan shaharga tomon yugurdilar. Ular qo'rqqanlaridan tilsiz bo'lib qolgan edilar. Ular go'yo quvg'inga uchrashdan qo'rqqanday, dambadam tashvish bilan orqalariga qarab qo'yar edilar. Yo'ldagi qorayib ko'ringan har bir to'nka ularga qo'rqinchli dushmandek ko'rinib, vahhna bilan nafaslari siqilaredi. Ular shaharga yaqinlashgach, uylar yonidan o'tib borayotganlarida uydagi itlar uyg'onib bularga qarab hurar ekan, bolalarda go'yo yana yangidan qanot paydo bo'lgandek yugura boshladilar. - Kuchdan ketib yiqilmay turib, eski ko'n zavodi yoniga yetib olsak yaxshi bo'lar edi, - deb shivirladi Tom, zo'rg'a nafas olib. - Men endi butunlay holdan ketganga o'xshab qoldim. Geklberri faqat hansirab, entikib qo'yar edi, bolalar eng so'nggi kuchlarini sarf qilib, nihoyat zavodga yetib bordilar-da, tabaqalari lang ochiq turgan bir eshikka borib, butunlay madorlari qurib yiqildilar. Tom sekin shivirlab: Geklberri, sen qanday o'ylaysaii, bu ishning oqibati nima bo'lar ekan? Agar doktor Robinzon o'lsa, meningcha dorga osilishdan boshqa chorani kutish niumkin emas. Bu, bo'lmagan gap! Men buni aniq bilaman. Tom bir minutcha o'ylanib turgandan keyin: Kim aytib beradi? Bizmi? Senga bir gap bo'ldimi, nega dovdiraysan? Sen faqat shuni o'ylab qaraki, agar biror narsa bo'lib ish hindi .Toning foydasiga yurib ketsa yoki u qochib ketsa, uni osmasalar, u bizni albatta o'ldiradi. Agar shunday bo'lsa, biz hech qanday yo'l bilan o'limdan qutulolmaymiz. Men o'zim ham shunday o'ylayman, Gek. Agar buni biror kishi aytadigan bo'lsa yaxshisi, bum Potter aytsin; unda buning uchun yetib ortadigan ahmoqlik bor, chunki u har dohn mast bo'lib yuradi... Tom hech narsa demay, o'ylanib turar edi. Keyinroq u shivirlab: Gek, Meff Potter bilmaydi-ku... Qatl haqida u qanday qilib ayta oladi? - dedi. Nechuk, qanday qilib buni bilmaydi? Albatta bilmaydi-da, hindi Joning boshiga doktor taxta bilan urgan vaqtidayoq u doktorga pichoq sanchdi, u buni qayoqdan ko'rar edi? U buni qayoqdan bilardi? Rost aytasan! Undan tashqari, kim biladi deysan, balki shunday qilib urgandan keyin u gangib qolgandir. Yo'q, Tom, bunday bo'lmasa kerak. U o'zi mast edi. Men buni sezganman. U hammavaqt shunday mast bo'lib yuradi. Mening otam mast bo'lganda, boshiga butun bir tog'ni ag'darib yuborsang, hech parvo qilmaydi! U o'zi ko'pincha shunday deydi. Meff Potter ham xuddi shunday-da. Agar u hushyor bo'lsa edi, shunday zarbadan albatta bir yoqlik bo'lardi... endi bilmadim, bir narsa deya olmayman. Tom yana o'ylana boshladi. Gek, sen bilmasdan aytib qo'ymaysanmi, sen bunga ishonasanmi? - deb so'radi Tom uzoq jimlikdan so'ng. Endi, Tom, xohlasak ham, xohlamasak ham, ehtiyot bo'lib jim turaylik. Axir, o'zing tushunasan-ku! Bu la'nati metis uchun bizlarni bo'g'ib o'ldirish - ikkita mushuk bolani o'ldirish bilan baravar... Agar biz aytsag-u, uni o'ldirmasalar, u vaqtda bizning o'lganimiz... Menga qara Tom, biz ikkalamiz ham churq etmay turishimiz zarur ekan, tilimizni tiyishimiz to'g'risida bir-birimizga qasamyod qilishimiz lozim. To'g'ri aytasan, Gek. Eng yaxshisi shu. Qani, bo'lmasa qo'lingni ko'tar... Yo'q, do'stim! Bu ishimiz yaramaydi. Bxinday yo'l oddiy, arzimagan mayda ishlarda, ayniqsa qizlar bilan muomala qilganingda kelishadi, chunki ular baribir o'z so'zlarida turmaydilar va jahllari chiqqanda bir-birlarining sirlarini aytib qo'ya beradilar. Hozirgidek ishlarda esa, shartnoma va muqarrar qon bilan yozilgan shartnoma bo'lishi kerak. Tom bu fikrni butun jon-tani bilan ma'qulladi. Bu fikr sirli, qorong'i va dahshatli fikr edi. U oyning yorug'ida toza bir qarag'ay tarashasini topib olib keldi va oyning yorug'i qo'lidagi tarashaga tushadigan vaziyatda o'tirib, cho'ntagidan bir parcha bo'yoq oldi-da, tarashaga engashib har bir so'zda tanglayini taqillatib, yuz mashaqqat bilan quyidagi so'zlarni chiza boshladi. Download 312.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling