Mark tven tom soyerning boshidan kechirganlari qiss a


Download 312.66 Kb.
bet13/40
Sana09.01.2022
Hajmi312.66 Kb.
#261311
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   40
Bog'liq
MARK TVEN TOM SOYERNING BOSHIDAN KECHIRGANLARI

Gek Fin va Tom Soyer biz ikkimiz qasam ichamizki, shu ish to'g'risida churq etmaymiz, agar bir og'iz so'z ayta qolsak, o'ligimiz shu yerda qolsin.

Tomning bunday tez yozishga ustaligi va uslubining yuksakligidan Geklberri hayratda qoldi. U yoqasidan bir to'g'nog'ich olib qo'liga sanchmoqchi bo'lgan edi Tom uni to'xtatdi:

- To'xta! Unday qilma. To'g'nog'ich misdan ishlangan. Unda yar12 bo'lishi murnkin.

- Yar dedingmi? U niina?

- U bir xil zahar, o'shandan ozgina yntib ko'rsang, keyin bilasan.

Tom o'zidagi ignalardan birining ustiga o'ralgan ipini chiqarib oldi-da, keyin ikkovi ham navbat bilan o'z barmoqlariga sanchishib, bir tomchidan qon chiqardilar.

Tom shu tariqa bir necha marta qon chiqarib va qalam o'rniga jimjiloqdan foydalanib, yozuvning ostiga o'z ismining bosh harflarini chizdi. Geklberrini G va F harfmi yozishga o'rgatdi-da, shuning bilan shartnomaga qo'l qo'yilgan bo'ldi. Ular tantanali ravishda har xil so'zlar va duolar bilan tarashani xuddi devorning yoniga ko'mib qo'ydilar va shuning bilan o'zlarining tillari abadiy qulflanib, kaliti juda uzoqlarga tashlanib yuborilgan hisobladilar.

Yarim xaroba binoning narigi boshidagi teshikdan esa yashirinib turgan noma'lum bir kishining gavdasi ko'zga chalindi, lekin bolalar uni sezmadilar.

- Tom, - dedi Geklberri shivirlab, - endi shundan keyin biz o'z og'zimizdan ilinib, gapirib qo'ymasligimizga ishonasanmi?

l* Mis asboblarning ustiga zangga o'xshash qo'nib qoladigan narsa; bu juda kuchli zahar bo'ladi.


  • Albatta ishonaman, endi har niina bo'lsa bo'lsin, bizning og'ziinizdan biron so'z ham chiqrnaydi. O'zing bilasan-ku, agar biz aljirab, biror og'iz so'z aytib qo'ysak, xuddi shu yerning o'zida o'lamiz-ku! Buni unutdingmi?

  • Bu-ku shundayku-ya...

Ular bir qancha vaqt o'zaro shivirlashdilar. Birdan ularning yaqinginalarida, o'n qadamcha yerda bir itning uzundan-uzoq, ko'ngilsiz uvillagan tovushi eshitildi. Bolalar qo'rqib, bir-birlariga yopishib oldilar.

  • U kimga hurayotir? - dedi Geklberri, hallos-laganidan bo'g'ilib. - Sengami yoki mengami?

  • Bihnadiin... yoriqdan qara-chi. Tezroq bo'lsang-chi!

  • Yo'q, sen qara!

  • Yo'q, yo'q, men qaray olmayman, Gek.

  • Tom, qara endi, baraka topgur, yana tag'in tovush kelayotii'.

  • Eh, Xudo, men judayam xursandman! - deb shivirladi Tom. - Bo'ldi, itning bu uvillashini men bildim: bu Bull Garbizon itining tovushi.

  • Xudoga shukr! Bilasanmi, qo'rqib jonim chiqib ketayozdi. Men, dalalarda yurgan daydi itlar hurayotgan bo'lsa kerak, deb o'ylagan edim.

Shu vaqt it yana uvilladi. Bolalarning yuraklari yana orqalariga tortib ketdi.

- E, yo'q, bu Bull Garbizonning iti emas-ku, - deb


shivirladi Geklberri. - Yana bir qarasang-chi, Tom!

Tom qo'rqqanidan qaltirab, itoat etgandek gapga quloq soldi-da, ko'zini yoriqqa qo'yib qaradi va tovushi eshitilar-eshitilmas darajada shivirlab:



  • Hoy Gek, bu daydi it ekan, - dedi.

  • Qara, qara, Tom, u kimga qarab hurayotir?

  • Ikkalamizga qarab hurayotgan bo'lsa kerak. Ikkalamiz ham bir yerda turibmiz-ku!..

  • Oh, Tom, holimiz xarob bo'ldi. Endi rnening bir baloga yo'liqishim aniq, men shunday gunobkor bir bolaman...

  • Men-chi? Men bo'lsam, o'qish o'nhga doitu o'ynab yuraman, meni nimadan qaytarsalar, men o'sha ishni qilaman... Albatta, men xohlasam Sidga o'xshab juda yaxsbi va itoatli bola bo'lar edim. Biroq bunday bo'lishni xohlamadim. Shu gal omon-eson qutulib ketsam, yakshanba kungi maktabga borib juda zehn qo'yib o'qir edim.

Tomning o'pkasi to'lib, sekin-asta yig'lay boshladi.

- Sen gunohkormisan? - deb so'radi Geklberri va u ham piqillab yig'lay boshladi. - Qanday gunohing bor? Meuga qaraganda sen chinakam farishtasan-ku!

Tom ko'z yoshini ichiga yutar ekan:

- Gek, uni qara! U bizga orqasini o'girib turipti-ya! - dedi.

Gek shodlanib yoriqqa ko'zini qo'yib qaradi.

- Chindan ham orqasini o'girgan- !.. Avval ham shunday turgan edimi?

-Albatta. Men ahmoq bunga e'tibor qihnabman. Juda soz! Biroq u kimga qarab hurar ekan?

It uvlashdan to'xtadi. Tom diqqat bilan tinglay boshladi.



  • Ts! Bu nimasi? - deb sbivirladi Tom.

  • Xuddi cho'chqaga o'xshab xurillaydi-ya! Yo'q, Tom, bu birovning xurrak tortgan tovushi...

  • Xurrak tortayapti, deysanmi? Qayerda xurrak tortayotir, Gek?

  • Saroyning narigi chekkasida bo'lsa kerak. Xurrak tovushi xuddi o'sha yerdan kelayotganga o'xshaydi. Otam goho shu yerda cho'chqalar bilan birga tunab qolar edi, biroq u xurrak tortganda kishini ag'darib yuboradigandek bolar edi. Meningcha, u endi bu shaharga yana qaytib kelmasa kerak.

Bolalarning qalbida botirlik jo'sh ura boshladi.

  • Gek, agar senga yur desam, borasanmi?

  • Yo'q, Tom. Birdaniga u yerdan hindi Jo chiqib qolsa nima bo'ladi?

Tom ikkilanib qoldi. Lekin borish havasi juda kuchli bo'lganidan, borib ko'rmoqchi va borishlari bilan xurrak tortishi to'xtasa, darhol orqalariga qaytmoqchi bo'ldilar. Ular bir-birlarining orqalaridan bitta-bitta qadam qo'yib, uxlab yotgan kishi yoniga yura boshladilar. Unga uch-to'rt qadam qolganda, Tom oyoq ostida yotgan bir kaltakni bosib olgan edi, kaltak qarsillab sindi. Uxlab yotgan kishi ingrab yonboshiga ag'darildi. Shu vaqt uning yuziga oyning shu'lasi tushgan edi, iming Meff Potter ekani ma'lum bo'ldi. Uxlayotgan kishi qo'zg'algani-da, bolalarning tomirlaridagi qonlari qotgan va turgan yerlarida o'zlari ham qotib qolgan edilar. Biroq endi ulardagi xavf-xatar tugagan edi. Ular sekin-asta oyoq uchlari bilan yurib, devorning teshik joyiga yetdilar (unga qoqilgan taxtalar sinib, oralari ochilib qolgan ekan); keyin bu joydan ham o'tib ketdilar. Biroq shu vaqt yana o'sha mash'um uzundan-uzun uvlagan tovush eshitildi.

Bolalarning ikkalasi ham birdan orqalariga burilib qararkanlar, xuddi Potter yotgan yerdan ikki qadamcha narida tumshug'ini yuqori ko'tarib turgan bir begona itga ko'zlari tushdi.

- Bu it o'shanga qarab hurayotgan ekan-da! – dedi bolalarning ikkalasi birdan.


  • Bilasanmi, kishilarning aytishlaricha, Jonni Millerning uyi oldida xuddi yarim kechada bir daydi it uvlagan, bu ish bundan ikki hafta ilgari bo'lgan, xuddi o'sha kuni kechasi haligi uyning devorida boyqush ham sayragan em ish, biroq o'sha uyda hozirgacha hech kim o'lmagan.

  • Uni bilaman. Xo'sh, undan nima natija chiqarmoqchisan? O'sha voqeadan keyin, ya'ni shanba kuni Gresi Miller o'choqqa yiqilib kuyib qolmadimi?

  • Kuyishga kuygan-u, lekin o'bnagan. Kuyib o'lish u yoqda tursin, aksincha, hozir ancha tuzalib qolayapti.

  • Ha, yaxshi, to'xtab tur, ninia bo'lishini ko'rasan. U tuzalib odam bo'lmaydi, Meff Potter singari uning bain holi xarob. Buni negrlar aytadilar, ular esa bilmasdan so'zlaniaydilar.

Sbundaii keyin bolalar bir-birlaridan ajrashdilar.

Tom qaytib kelib, baligi derazadan uy ichiga tusbayotganida, tong yorishib qolayozgan edi. U tovush chiqarmay sekin-asta yechindi-da, tungi sayohatidan hech kimning xabardor bo'lmaganidan shodlanib, darbol uyquga ketdi. U uyga qaytib kelgan vaqtda Sid sekin-asta xurrak otayotgan bo'lsa ham, aslida u uxlamay, bundan bir soat ilgari uyg'ongan edi. Toraning esa bundan xabari yo'q edi.

Tom ko'zini ochgaiiida Sid allaqachon o'rnidan turgan va kiyinib cbiqib ketgan edi. Runuing yorug'ligidan vaqtning ancha kech bo'lib qolganligi bilinib turardi. Tom hayron bo'lib qoldi. Nima uchun bugun uni uyg'otmaganlar, nima sababdan har safargidek joniga tegib «tur-tur», deb mashmasha qilmaganlar? Uni vahima bosdi. U qandaydir bir yomon ish yuz berishini kutgandek edi. Garchi hali uyquga to'ymagan, juda horiganligi sezilib turgan bo'lsa ham, darrovda kiyinib pastga tushdi.

Uydagi butun oila gavjum bo'lib, stol atrofida o'tirar, lekin ertalabki taomni yeb bo'lgan edilar. Tomga hech kim hech narsa demadi. Hech kim biror so'z aytib undan o'pkalamadi, lekin xolasining ko'z qarashidan uning hamma narsadan xabardor ekani bilinib turardi. Hammalari jimjit o'tirishar va hammalarining yuzlarida shunday tantanali ko'rinish aks etar ediki, o'zini aybli sezgan Tom buni ko'rib, yuragi orqasiga tortib ketdi. U stol yoniga borib o'tirdi-da, hech narsadan xabari yo'qdek chehrasini ochiq qilib ko'rsatmoqchi bo'ldi, lekin bu harakati behuda ketdi. Uning qiziqchiligidan biron kiahi ham kulmadi. Shu bilan uning yuragi orqasiga tortib ketganday bo'lib, jim qoldi.

Nonushtadan keyin xolasi uni bir chetga yetaklab olib ketdi. Buni ko'rib Tom endi ish kaltak bilan cheklanadi-yu, shu bilan qutulib qolarman, degan xayol bilan sevinganicha borar edi, lekin ish unday bo'lib chiqmadi. Xolasi undan zorlanib: qarigan chog'imda yurak-bag'rimni shunchalik ezishga qanday jur'at qilding, endi xohlagan ishingni qilaber. O'zingni-o'zingxarob qilasan. Qarigan chog'imda meni uyat va nomusga qoldirasan. Oxir-oqibat meni qabrga tiqasan. Seni inson qatoriga kiritaman, deb urinishdan hech qanday natija chiqmas ekan. Endi bu yo'lda o'zimni sira koyitmaganim bo'lsin, deb yig'ladi.

Bu har qanday kaltakdan ham yomon bo'ldi. Tom yig'lab yubordi. Xolasidan uzr so'ray boshladi va bundan keyin yaxshi bola bo'lish uchun juda ko'p va'da berdi-da, nihoyat, bo'shadi. Lekin u o'z gunohlarini xolasi hali batamom kechib yubormaganligini va endi o'ziga bo'lgan ishonchning yo'qolganini sezgan edi. U uydan tashqariga chiqarkan, o'zini shunchalik baxtsiz his qilar ediki, bu to'g'rida chaqimchilik qilgan Siddan o'ch olish ham uning xayoliga kelmadi. Sidning qo'rqib, shoshilganicha orqa eshikdan qochib ketishi ham behuda edi. U juda xafa va qovoqlari solingan holda maktabga kirib keldi-da, kecha maktabga kelmaganligi uchun Jo Garper bilan birga kaltak yedi. U o'z o'rniga qaytib o'tirgandan keyin, qo'llarini taxta ustiga va boshini qo'llari ustiga qo'yib, kaftini tishlagani holda devorga qattiq tikilib qoldi. Tirsagi esa qandaydir bir qattiq narsaga tiralib, juda yomon og'ridi. Biroq u o'tirgan joyidan qo'zg'almadi va bir entikib nafas olgandan keyin, haligi tirsagiga tegib turgan narsani olib qo'ydi. U narsa bir qog'ozga o'ralgan edi. Tom uni ochdi. Shu vaqt u to'satdan chuqur va og'ir bir xo'rsinib - yuragi dukillab ura boshladi.

Qog'ozga o'ralgan narsa - uning qizga xarid qilgan mis soqqasi edi...


Download 312.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling