Марказий банк, унинг функционал тузилиши ва функциялари


Markaziy bankning funksiyalari


Download 90.5 Kb.
bet2/5
Sana28.02.2023
Hajmi90.5 Kb.
#1235497
1   2   3   4   5
Bog'liq
Monetary siyosat va markaziy bank

2. Markaziy bankning funksiyalari.
Markaziy bank quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi:
- banknotlar( nakd pullar) emissiyasi,
- davlatning oltin-valyuta zahiralarini saqlash,
- pul-kredit siyosati instrumentlari yordamida iqtisodni muvofiqlashtirish,
- kredit institutlari faoliyatini muvofiqlashtirish,
- davlat banki sifatida faoliyat ko’rsatish,
- to’lov-hisob munosabatlarini tashkil qilishni belgilab berish,
- valyuta kursini muvofiqlashtirish.
Jahonning barcha mamlakatlarida banknotlarni muomalaga chiqarish funksiyasi markaziy banklarning asosiy funksiyalaridan biri hisoblanadi va u bu sohada monopol huquqiga ega. Kredit pullar markaziy bank tomonidan qonunda belgilangan ravishda chiqariladi va markaziy bank muomalaga chiqargan pullarning qaytib bankga kelib tushishi choralarini ishlab chiqishi zarur.
Davlatning valyuta zahiralarini boshqarish funksiyasi. Markaziy bank davlatning oltin, kimmatbaho metall va kamyob toshlarni, valyuta zahiralarini boshqaradi. Davlatning rasmiy oltin-valyuta zahiralari halkaro hisob-kitoblarda aktivlar rezervi, hisob-kitoblar bo’yicha davlatning kafolatli sug’urta fondi sifatida namoyon bo’ladi. Odatda mamlakat oltin zahiralarini asosiy qismi Markaziy bank ihtiyoriga berilgan bo’ladi. Ba’zi davlatlarda oltin zahiralar moliya ministrligi ihtiyorida bo’lib, markaziy bank oltin bilan bog’liq operasiyalarni olib boradi. Markaziy banklar mamlakat valyuta zahiralarini o’zida yig’adi va bu zahiralar halqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish, to’lov balansi defisitini qoplash va mamlakat milliy valyutasi kursining barqarorligini ta’minlash uchun ishlatadi. Markaziy bank orqali davlatning iktisodiy siyosati, yanada aniqrog’i davlatning pul-kredit siyosati olib boriladi. Markaziy bankning pul-kredit siyosati davlatning iqtisodni boshqarish siyosatining bir qismi bo’lib, muomaladagi pul massasi, kredit hajmi, foiz stavkalari darajasini va boshqa pul muomalasi va ssuda kapitali bozori ko’rsatkichlarini o’zgartirish bilan bog’liq bo’lgan chora-tadbirlar yig’indisidan tashkil topadi.
Pul-kredit siyosatining asosiy maqsadi milliy valyuta barqarorligini ta’minlash, valyuta kursi va foiz stavkalarini oqilona o’rnatish asosida inflyasiya sur’atlarini kamaytirish, kreditdan foydalanishning samaradorligini oshirish va iqtisodiyotning barqaror o’sishini ta’minlashdan iborat.

Download 90.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling