Марказий банк, унинг функционал тузилиши ва функциялари
Download 90.5 Kb.
|
Monetary siyosat va markaziy bank
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
Targetirlash. Pul massasi hajmining o’zgarishini o’rnatilgan usullar yordamida chegaralsh targetirlash deb ataladi. Targetirlashda ma’lum bir davrda pul massasi hajmining tahminiy yuqori va past darajasi belgilab beriladi.
Jahon amaliyotida pul massasi hajmini chegaralashning tahminiy darajasi quyidagi maqsdali yo’nalishlar bo’yicha belgilab beriladi. Masalan, Fransiyada bu usul nazorat raqamlari, AQShda depozit shaklida, Yaponiyada istiqbol shaklida belgilab beriladi. Markaziy bank targetirlashni pul muomalasini muvofiqlashtirishning boshqa voistalari bilan birgalikda olib boradi. Targetirlashning ahamiyati shundaki, ma’lum bir davrda haqiqatda muomalaga chiqarilgan pul massasini tahminiy belgilab berilgan pul massasi bilan solishtirsh natijasida pul muomalasidagi ahvol to’grisida ma’lumotga ega bo’lishi mumkin va oldindan zaruriy choralar ishlab chiqish hamda amalga oshirish imkoniyatiga ega bo’lish mumkin. Bu esa o’z navbatida Markaziy bank pul-kredit siyosatining samaradorligini ta’minlaydi. Targetirlashda foydalaniladigan ko’rsatkichlar pul-kredit siyosatini olib borish an’analariga, pul muomalasini muvofiqlashtirish usullariga bog’liq bo’ladi. Markaziy bankning navbatdagi funksiyalaridan biri bu kredit institutlari faoliyatini muvofiqlashtirishdan iborat. Tijorat banklari faoliyatini markaziy bank tomonidan nazorat qilishning zarurligi bozor iqtisodi sharoitida markaziy bankning muhim rol o’ynashi bilan asoslanadi. Markaziy bank bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyot bilan bank tizimi o’rtasida vositachi sifatida faoliyat ko’rsatadi. Bank nazorati ikki maqsadni amalga oshirish uchun: - jamg’armachilar manfaatlarini har hil mumkin bo’lgan zararlardan himoya qilish, - risklarning oldini ola turib moliyaviy bozorning barqarorligini ta’minlashga yo’naltirilgan bo’lishi mumkin. - Markaziy bank tijorat banklari faoliyatini nazorat qilish funksiyasini amalga oshirishda quyidagi vazifalarni bajaradi: - bank faoliyatini olib borishga lisenziyalar berish; - banklar hisobotlarini tekshirish; - joylarda tekshirishlar o’tkazish; - bank operasiyalarini bajarishda normalarga rioya qilishni nazorat qilish. Bank faoliyatini olib borishga lisenziya( ruhsat) berish orqali markaziy bank tashkil qilinayotgan kredit institutlarining bank faoliyatini olib borish imkoniyatlarini aniqlaydi. Kredit tashkilotiga lisenziya berishda quyidagi mah’lumotlarga e’tibor beriladi: - bankning asosiy aksionerlari, - boshlang’ich kapitalning manbalari, - bank rahbar hodimlarining malakasi va faoliyatining mos kelishi: - ko’rsatilgan hizmat turlari va bank strategiyasi, - ustav kapitalining miqdori, - bank aktivlarining to’g’ri baholanganligi, - yuzaga keladigan risklarni qoplash maqsadida rezerv fondini tashkil qilish siyosati va boshqalar. Jahon amaliyotida 80-yillardan boshlab ko’pgina banklar inqirozga uchrashi munosabati bilan Markaziy banklar tijorat banklari faoliyatini nazorat qilish maqsadida banklar va ularning shu’balari to’g’risida hisobotlar topshirishni belgilab berdi. Markaziy bank tijorat banklarni amalga oshiradigan operasiyalarni tekshirish, ichki audit holatiga baho berish huquqiga ega. Bunda avvalom bor tijorat banklarining aktivlari: kreditlar va barqarorligi tekshiriladi. Tekshirish o’tkazishdan asosiy maqsad: - bankning moliyaviy holatiga obyektiv baho berish: - bankni boshqarish sifatiga va uning rahbari faoliyatiga baho berish; - bankning moliyaviy ahvolini va uning bajaradigan operasiyalarining samaradorligini ta’minlash buyicha choralar ishlab chiqish; - bank faoliyatining mavjud qonunlar va normativ hujjatlariga muvofiq olib borilishini ta’minlash va boshqalardan iborat. Markaziy bank, shuningdek, tijorat banklarining olib boradigan operasiyalarining norma buyicha bajarilishini nazorat qilib boradi. Bu holda Markaziy bank tijorat banklarining quyidagi ko’rchatkichlarini tekshiradi: - bank kapitalining aktivlariga nisbati; - bir mijozga to’g’ri keluvchi kreditning limiti; - likvidlilik koeffsiyenti normativlariga rioya qilish; - foiz stavkalarining o’zgarishi natijasida daromadning o’zgarishi va boshqalar. Foydalanilgan adabiyotlar : 1.«O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’g’risi»dagi qonun. T. 1995 yil 21 dekabr. 2.O’zbekiston Respublikasi «Banklar va bank faoliyati to’g’risi»dagi qonun. T. 1996 yil 25 aprel. 3.Karimov I. «O’zbekiston iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirish yo’lida» 1995. 4.Mullajonov F. i dr. «Bankovskaya sistema Uzbekistana v godi nezavisimosti». T "Uzbekistan", 1996. 5. www.ziyonet.uz Download 90.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling