Марказий банк, унинг функционал тузилиши ва функциялари
Pul-kredit siyosatining ikki yunalishi
Download 90.5 Kb.
|
Monetary siyosat va markaziy bank
- Bu sahifa navigatsiya:
- Majburiy rezervlar.
Pul-kredit siyosatining ikki yunalishi. Pul-kredit siyosati ikki yo’nalishda olib borilishi mumkin. Birinchi yo’nalish-kredit ekspansiyasi bo’lib, bu siyosat pul-kredit emissiyasini rag’batlantirish yo’li bilan olib boriladi, ya’ni ishlab chiqarish sur’atlari tushib ketgan holda, kon’yukturada rivojlanishga erishish mumkin. Ikkinchi yunalish-kredit restriksiya siyosati bo’lib, u iqtisodiy o’sish davrida pul-kredit emissiyasining qisqarishiga asoslanadi. Markaziy bank "tor" va "keng" ma’noda pul-kredit siyosatini olib borishi mumkin. "Tor" siyosatda valyuta bozorida investisiya, hisob stavkasi va qisqa muddatli kreditlar bo’yicha foiz stavkalariga ta’sir qiluvchi boshqa instrumentlar yordamida valyuta kursi maqbulligiga erishish tushuniladi. "Keng" siyosatda muomaladagi pul massasiga ta’sir qilish orqali inflyasiyaga qarshi kurash olib borish tushuniladi. Pul-kredit siyosatining halkaro jihatlari valyuta kursi, valyuta rezervlari va to’lov balansi kabi masalalarning yechimiga qaratilgan bo’ladi. Markaziy bank ruhsat etilgan instrumentlar yordamida pul muomalasini boshqarib boradi. Markaziy bankning pul-kredit siyosatining asosiy instrumentlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
- minimal majburiy rezerv me’yorlarini o’rnatish: - foiz (diskont) siyosati, - tijorat banklarini qayta moliyalashtirish, - ochiq bozor siyosati, - targetrlash va boshqalar. Majburiy rezervlar. Muomaladagi pul massasining hajmini, banklarning likvidliligini muvofiqlashtirish va inflyasiya sur’atlarini tushuntirish maqsadida Markaziy bank tijorat banklari uchun majburiy rezervlar normasini o’rnatib berish siyosatini amalga oshiradi. Pul muomalasini muvofiqlashtirishning bu usuli birichni bo’lib 1913 yilda AQSh da qo’llanilgan. Minimal zahiralar bu tijorat banklari resurslarining markaziy bankda majburiy saqlanishi zarur bo’lgan qismidir. Majburiy rezerv miqdori tijorat bankining yig’ilgan resurslariga nisbatan foizda belgilanadi. Bu zahira bevosita banklarning kreditlash imkoniyatini chegaralasa-da, ularning minimal likvidliligini tahminlash omili bo’lishi mumkin. Minimal zahira me’yori jamg’arma turiga, uning hajmiga, bankning joylashish o’rniga bog’lik bo’lgan holda turli mamlakatlarda turlicha bo’lishi mumkin. Mavjud manbalar shuni ko’rsatadiki, masalan, Yaponiyada minimal rezervlar stavkasi 2,5 foizni: AQShda 12 foizni, Germaniyada-12,1 foizni, Portugaliyada- 17 foizni, O’zbekistonda 20 foizni tashkil qiladi. Markaziy bank tomonidan zahira mikdori ba’zi bir omillarni hisobga olgan holda uzgartirilishi mumkin. Markaziy bankning hisob(diskont) siyosatining mohiyati shundaki, u tijorat banklardan veksellarni sotib oladi. Aytaylik, mol sotib oluvchi korhonaning yetkazib berilgan mol( tovar, hizmat va h.k) larning haqini to’lash uchun mablag’ yetarli bo’lmasa, u tovar uchun to’lashni ma’lum vaqt o’tgandan keyin amalga oshirishi to’g’risida veksel berishi mumkin. Mol sotuvchi korhonaga pul mablag’lari zarur bo’lgan vaqtda u vekselni tijorat bankiga sotishi mumkin. Tijorat banki vekselni sotib olganda unda ko’rsatilgan summadan kam summaga (ma’lum foizushlab kolgan holda) sotib oladi. Zarur bo’lganda tijorat banki vekselni markaziy bankda hisobga qo’yishi mumkin. Bu holda markaziy bank ham o’z foydasiga ma’lum foiz-hisob stavkasi ushlab qolishi mumkin. Markaziy bankning hisob stavkasi turli davlatlarda har hil 5 foiz dan 15 foizgacha bo’lishi mumkin. Tijorat banklari veksellarni sotib olishda Markaziy bankning hisob stavkasiga tayanadilar. Markaziy bankning hisob stavkasi tijorat banklari o’rnatadigan hisob stavkaning eng past chegarasi hisoblanadi. Odatda tijorat banklarining hisob stavkasi markaziy bankning hisob stavkasidan yukori (0,5 dan- 2 foiz gacha) bo’ladi. Download 90.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling