Марказий банк, унинг функционал тузилиши ва функциялари


Qayta moliyalashtirish siyosati


Download 90.5 Kb.
bet4/5
Sana28.02.2023
Hajmi90.5 Kb.
#1235497
1   2   3   4   5
Bog'liq
Monetary siyosat va markaziy bank

Qayta moliyalashtirish siyosati.  Tijorat banklarining qayta moliyalashtirish siyosati bu to’g’ridan-to’g’ri kreditlash, veksellarni hisobga olish, qimmatbaho qogozlarni garovga olgan holda kreditlar berish va kredit auksionlarni o’tkazish yo’li bilan amalga oshiriladi. Bundan kelib chiqqan holda markaziy bankning qayta moliyalashtirish operasiyasi quyidagi usullarda olib borilishi mumkin:
- tijorat banklarining ihtiyoriga veksellarni hisobga olish yo’li bilan kreditlash;
- tijorat banklari ihtiyoriga qimmatbaho qogozlarni garovga olish yo’li bilan kreditlar berish. Bunday kreditlar deyiladi. Ularnin foiz stavkalari lombardli foiz stavkalar deb yuritiladi. Jahon amaliyotida lombard bo’yicha foiz stavkasi doimo hisob stavkasidan 1-2 foiz yuqori bo’ladi;
- to’g’ridan-to’g’ri kredit berish usuli. Kredit tashkilotlari faoliyatida moliyaviy qiyinchiliklar bo’lgan hollarda ular markaziy bankka kredit olish uchun murojaat qilishi va markaziy bank kreditidan foydalanishi mumkin. Remoliyalashtirishning asosiy maqsadi pul muomalasi va kredit munosabatlarining holatiga ta’sir ko’rsatishadn iborat. Remoliyalashtirish siyosatini olib bora turib markaziy bank ohirgi kreditor sifatida maydonga chiqadi.
O’zbekiston Respublikasida markaziy bank o’rnatgan qoidalarga asosan, quyidagi aktivlarni garovga olgan holda 3 oygacha bo’lgan muddatda kreditlar berishi mumkin:
- oltin, chet el valyutasi, halqaro zahiralar toifasiga kiruvchi valyuta boyliklari va boshqa boyliklar;
- davlatning qarz majburiyatlari va davlat tomonidan kafolatlangan boshqa qarz vositalari.
Markaziy bankda depozit o’tkazilgan va uning djepozitariysi uchun maqbul bo’lgan, harid qilinishi va sotilishiga ruhsat berilgan va markaziy bank ular bilan ushbu qonun doirasida boshqa hil operasiyalar o’tkazishi mumkin bo’lgan aktivlar, to’lanishiga banklar kafolat bergan tijorat veksellari asosida kreditlar berishi mumkin.
Ochiq bozor siyosati. Ochiq bozor siyosati deganda, markaziy bankning ochik bozorda kimmatbaho kogozlarni uz hiobidan sotib olishi va sotishi tushuniladi. Markaziy bankning ochik bozor siyosati asosan hazina majburiyatlariin, sanoat kompaniyalari va banklarning obligasiyalarini, markaziy bankda hisobga olingan tijorat veksellarini sotish va sotib olish orqali amalga oshiriladi. Markaziy bankning ochiq bozor siyosati orqali bank tizimining va alohida olingan tijorat banklarning o’z rezervlari miqdori oshirilishi(agar qimmatbaho qogozlar sotib olinsa) miqdori oshirilishi (agar qimmatbaho qogozlar sotilsa) mumkin. Ochiq bozor siyosati orqali markaziy bank kredit bahosining o’zgarishiga erishishi mumkin. Bu esa o’z navbatida pulga bo’lgan talabning o’zgarishiga olib keladi. Odatda markaziy bank bu siyosat orqali ortiqcha pullarni muomaladan oladi va pul muomalasini muvofiqlashtirish bo’yicha aktiv pul-kredit siyosati olib boradi.
Jahon amaliyotida markaziy bankning ochiq bozor siyostaida asosiy o’rnini davlatning qisqa muddatli majburiyatlari bilan bo’ladigan operasiyalari egallaydi. Bu faoliyat AQShda, Germaniyada yahshi yo’lga quyilgan. Undan tashqari Germaniyada Nemis Federal banki pul-valyuta siyosatini tartibga solish uchun ochiq bozorda quyidagi qimmatbaho qogozlarni bozor stavkasida sotishi va sotib olishi mumkin:
Federal bank bilan bitim shartlariga yarovchi vekselar.
Federal bank tomonidan loyiq deb topilgan boshqa qarz majburiyatlari.
Federal bank ochiq bozorda qarz majburiyatlarini emitentning o’zidan sotib ololmaydi. Bu holda shartnoma ochiq bozor siyosati emas, aksincha kreditlash bo’lib qoladi.
"O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’g’risida"gi qonunning
25-moddasiga asosan markaziy bank o’zi chiqargan qimmatli qogozlarni, shningdek qarz majburiyatlarini ochiq bozorda sotishi va sotib olishi mumkin. Markaziy bank byudjetni moliyalashtirish uchun ochiq bozorda operasiyalar olib borishga, qimmatbaho qogozlarni birinchi joylashtirishda ularni sotib olishga haqli emas.
Markaziy bankning ochiq bozorda olib boradigan operasiya quyidagi hususiyatlar bo’yicha farqlanadi:
- bitim sharti bo’yicha: naqd pul yoqi qayta sotish majburiyati bilan ma’lum muddatga olish (REPO operasiyasi) bilan bog’lik operasiyalar:
- bitim obyektlari bo’yicha: davlat yoki aksioner jamiyatlari qimmatbaho qog’ozlari bilan bo’ladigan operasiyalar,
- bitim muddati bo’yicha: qimmatbaho qogozlar bilan qisqa muddatli
(3 oygacha) va uzoq muddatli (1 yil va undan ortiq) operasiyalar,
- operasiyalar o’tkazish doirasiga qarab: bank tizimi doirasida yoki nobank tizim doirasida qimmatbaho qogozlar bilan bo’ladigan operasiyalar,
- foiz stavkalarini o’rnatish bo’yicha: markaziy bank yoki bozor tomonidan aniqlanadigan stavkalar.

Download 90.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling