Tijorat banklari quyidagi 3 funksiyani bajaradi:
1. Vaqtinchalik bo‘sh turgan pul mablag‘larini to‘plash funksiyasi.
Tijorat banklari yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan va vaqtinchalik bo‘sh turgan pul mablag‘larini jalb qiladi.
Bunda, asosan, bo‘sh turgan pul mablag‘lari tijorat bankining depozit hisobraqamlariga jalb qilinadi va bankning qimmatli qog‘ozlarini ularga sotish yo‘li bilan jalb qilinadi.
2. To‘plangan pul mablag‘larini transformasiya qilish funksiyasi
Tijorat banklari emitent sifatida quyidagi qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqaradi:
1. Emission qimmatli qog‘ozlar (aksiyalar, obligasiyalar, opsionlar)
2. Noemission qimmatli qog‘ozlar (depozit sertifikatlari, jamg‘arma sertifikatlari)
3. Pul aylanmasini tashkil qilish va boshqarish funksiyasi.
Ushbu funksiya doirasida tijorat banki:
* yuridik va jismoniy shaxslardan naqd pullarni qabul qilib oladi va ularga naqd pullarni beradi;
* naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshiradi;
* muomalaga plastik kartalarni chiqaradi va ular orqali to‘lovlarning o‘tishini tashkil qiladi;
* tijorat veksellarini muomalaga chiqaradi (moliyaviy veksellar) va korxonalar tomonidan chiqarilgan tijorat veksellarini o‘zining diskont stavkasi bo‘yicha sotib oladi.
Tijorat bankining passiv operatsiyalari deganda bankning kapitalini shakllantirish va resurslar jalb qilish operatsiyalariga aytiladi.
Tijorat banklarining depozit operatsiyalari deganda banklarning depozit hisobraqamlariga yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablag‘larini jalb qilish tushuniladi.
Tijorat banklarida depozit hisobraqamlarining quiydagi uch turi mavjud:
1. Talab qilib olinadigan depozit hisobraqamlari
2. Muddatli depozit hisobraqamlari
3. Jamg‘arma depozit hisobraqamlari
Talab qilib olinadigan depozitlar turli mamlakatlarda turlicha nomlanadi:
AQShda – transaksion depozitlar
Fransiyada – joriy depozitlar
Germaniyada – jiro depozitlar.
Biz Rossiyaniki tarjima qilib olganmiz.
Rossiyada “depoziti do vostrebovaniya” deyiladi
Tijorat banklari Markaziy bank bilan
to‘g‘ri REPO va teskari REPO
operatsiyalarini amalga oshiradilar.
Tijorat banklari mijozlarning topshirig‘iga ko‘ra anderrayting operatsiyalarini amalga oshiradilar.
Tijorat banklarining aktiv operatsiyasi deganda foyda olish va o‘zining likvidliligini ta'minlash maqsadida resurslarini joylashtirish operatsiyasiga aytiladi
2. Tijorat banklarining depozit va nodepozit operatsiyalarining tavsifi.
4-variant 2 savolda takrorlandi
3. Qimmatli qog‘ozlar tushunchasi va uning turlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |