Markaziy banklarning yuzaga kelish sabablari va shart-sharoitlari
Download 1.25 Mb.
|
1-10 javoblar pul va bank
- Bu sahifa navigatsiya:
- Osiyo taraqqiyot banki
Depozit operatsiyalar – banklarning depozitorlar bilan tuzgan shartnomalari asosida depozit maqsadlariga ko‘ra muayyan muddatga jalb etish hamda saqlashga doir operatsiyalardir.1
Muddatli depozitlarga qo‘yiladigan mablag‘larni qaytarib olish muddati oldindan kelishiladi. Ushbu depozit turi- ning nomidan ham ma’lumki, depozit mablag‘lar nisbatan uzoqroq muddatga qo‘yilib ularning muddati kamida bir oyni tashkil etishi lozim. O‘z navbatida, banklar ushbu depozit turi bo‘yicha nisbatan yuqori foiz to‘lovlarini to‘laydi. Bank mazkur depozitga muddati tugaguncha saqlash uchun va oldindan ogohlantirish yo‘li bilan muddati tugamasdan qaytarib berish haqida omonatchi bilan depozit shartnomasini tuzishi mumkin. Birinchi holatdagi depozit turida, bank depozit shartnomasida kelishilgan muddat tugaguncha omonatchining mablag‘idan erkin foydalanish huquqiga ega bo‘ladi. Muddati tugagandan keyin omonatchi tomonidan ushbu mablag‘ talab qilib olinmasa, kelgusida ushbu hisobvaraqsi talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqsi tarzida ishlaydi. Odatda, ushbu depozitlar bo‘yicha muddatlar har xil bo‘lib, mablag‘lar qancha ko‘p saqlansa, ularning foiz to‘lovlari shunchalik yuqori bo‘ladi. Albatta, bu yerda pul bozoridagi resurslarning taklifi, Markaziy bankning qayta moliyalashtirish hisob stavkasi miqdori asosiy rol o‘ynaydi. Shunga asosan, tijorat banklari depozit siyosatini o‘rnatadi. 3. Osiyo taraqqiyot banki: tashkil topishi, maqsadi, boshqaruv tizimi, resurslari va aktiv operatsiyalari. Osiyo taraqqiyot banki — xalqaro mintaqaviy bank. Bankni tuzish haqidagi bitim 15 ta davlat hukumatlari tomonidan imzolangan boʻlib 1966-yil 22-avgustda kuchga kirgan. OTB tarkibiga aʼzo sifatida BMTning iqti-sodiy va ijtimoiy masalalar boʻyicha Osiyo—Tinch okean komissiyasiga aʼzo boʻlgan davlatlargina kiritilishi mumkin. Hozirda bankka 61 mamlakat aʼzo. Bank faoliyatining asosiy maq-sadi Osiyodagi rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiy taraqqiyotiga va tashqi savdosiga koʻmaklashishi, moli-yaviy, texnik va iqtisodiy yordam koʻrsatish. Bank xususiy sektorni ri-vojlantirishga, mintaqaviy hamkorlik va atrof muhit tozaligini saqlashga alohida eʼtibor qaratadi. OTB tomonidan 1968—83 yilda 9,2 mlrd. dollar odatdagi kredit va 4,2 mlrd. dollar maxsus fond krediti berilgan. OTBning nizom jamgʻarmasi — 43,6 mlrd. AQSH dollariga teng . Bankning har qanday qarorini hamkorlikda 1/3 ovozga ega boʻlgan AQSH va Yaponiya toʻxtatib qoʻyishi mumkin. Ularning har biri nizom jamgʻarmasining 15,9% miqdorida ulushga ega. Shuningdek, bank huzurida 2 maxsus fond faoliyat koʻrsatadi — Osiyo taraqqiyot fondi va Texnika yordami maxsus fondi. Bankka rivojlangan davlatlarning taʼsiri katta: mablagʻlarning 50% ularga tegishli. Shtab kvartirasi Manila (Filippin)da. Oliy organi — Boshqaruvchilar kengashi. Yaponiya vakili hamisha bank prezidenti boʻladi. Oʻzbekiston Respublikasi 1995 yilda OTBga aʼzo boʻlgan. Respublikaning ushbu bankdagi kvotasi 310,5 mln. AQSH dollarini tashkil etadi. hozirgi paytda Oʻzbekistonda OTB ishtirokidagi umumiy miqdori 625,5 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 13 ta loyixa amalga oshirilmoqda. OTB O’zbekiston Respublikasida o’z faoliyatini ravnaqini quyidagi yo’nalishlarda ko’rmoqda: - Iqtisodiy islohotlarga, shu jumladan, moliya institutlarining institutsional o’zgarishlariga yordam ko’rsatish; - Sarmoyani iqtisodiyotga yo’naltirish; - Kambag’allikni kamaytirish va atrof muhitni qo’riqlash. Osiyo taraqqiyot banki bilan faol, rejali moliyaviy va texnik jihatdan hamkorlikni tashkil etish hamda OTB liniyasi boyicha moliyalashtirish uchun taklif etilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish maqsadida O’zR Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 16 yanvar 27-f-sonli farmoyishiga asosan OTB bilan hamkorlik qiladigan muassasalararo komissiya tuzilgan. Mazkur farmoyishda belgilanganidek, OTB faoliyati O’zbekistonda asosan qishloq xo’jaligi, infratuzilmani qayta qurish (temir yo’llar, avtomagistral), tog’-kon sanoati, gaz quvurlarini o’tkazish, turizmni rivojlantirish, sog’likni saqlash va ekologiya, iste’mol mollarini ishlab chiqarish va bank tizimini rivojlantirishga yo’naltirilgan. 8-variant 1. Mahalliy va xorijiy amaliyotda banklarning turlari, ularning tashkil etilish xususiyatlari. O'zbekiston banklari milliy iqtisodiyotga ta'sir etuvchi qudratli tuzilmaga aylanish uchun rivojlanishning uzoq evolyutsion, ya'ni tadrijiy yo'lini bosib o'tishiga, anchagina mashaqqatlarni bartaraf etishiga to'g'ri keldi. 1991 yilda qator banklar shakllana boshladi. Ular O'zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishining o'zgaruvchan sharoitlarida faoliyat yuritib, zamonaviy ish uslublarini o'zlashtirgan holda tobora yangi qirralarga ega bo'la bordi. 1991-1992 yillar banklar faoliyatiga doir qarashlarda chinakam burilish yillari bo'ldi. O'zbekiston Respublikasi "Banklar va bank faoliyati to'g'risida”gi Qonunining qabul qilinishi ikki darajali bank tizimining tarkib topishi va mamlakat Markaziy banki zimmasiga yangi vazifalar yuklanishi uchun asos bo'lib xizmat qildi 1993–1994 yillarda bank tizimidagi islohotlar davom etdi. 1994 yilning 1 iyulidan e'tiboran milliy valyuta — so'mning muomalaga kiritilgani mustaqil bank tizimining, umuman, O'zbekiston iqtisodiyotining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etdi. 1995 yil bank qonunchiligini takomillashtirish davri bo'lgani bilan ajralib turadi. Tarixiy muhim hujjat — “O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida”gi Qonun nafaqat bank tizimining huquqiy asosini boyitdi, balki O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining yangi, alohida maqomi va vakolatlarini, asosiy maqsad-vazifalarini aniq-ravshan belgilab berdi. 2. Banklararo kredit resurslari, uning ahamiyati va uni o‘tkazish tartibi. Ma’lumki bank faoliyati etarli bank resurslarini talab qiladi. Bank resurslarini mukammal tashkil etish va tejamkor foydalanish har qanday banklarning samarali ishlashi uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida Yaratilgan resurslar tijorat banklarning iqtisodiy faoliyati ni oqilona amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega. Resurs bazasini shakllantirishda yangi mijozlarni jalb qilish resurs bazasining tarkibiy qismini tashkil etadi. Resurs – fransuzcha "Resurs", so‘zidan olingan bo‘lib, pul mablag‘lari, imkoniyat, zahira, daromad manbai, xom-ashyo va boshqalar anglatadi. Iqtisodiy manbalarda "resurs" so'zi ko'pincha turli xil ma'nolarda uchraydi.Masalan: tabiiy resurslar, moliyaviy resurslar, iqtisodiyresurslar, inson resurslari va boshqalar. Shunga asoslanib, iqtisodiy resurslarniiqtisodiy imkoniyatlarning asosiy elementlaridan biri sifatida qarash mumkin .U jamiyat rivojlanishining barcha bosqichlarida taqsimlanadi. Resurs iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning aniq maqsadlariga erishish uchun ishlatiladi. 3. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki: tashkil topishi, maqsadi, boshqaruv tizimi, resurslari va aktiv operatsiyalari. Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling