Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi
Download 6.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi
Kiyim-kechaklari.
Arablarda junli matolar ko‘p ishlatilgan. M asalan, kigiz astarli to‘n (chaydamiya) boshqa etnik guruhlarda kebenak deb ataladi. Shuningdek, ichi mo‘ynali po‘stinning turiga ko‘ra, qo ‘zi po‘stin, barra po‘stin va tulki po‘stinlarga bo‘lingan. C ho‘ponlar esa sovuq qish paytlarida po‘stin bilan birgalikda ichi m o‘ynali keng ishton (cholvor) ham kiygan. Keksa arablarda esa ro‘mol shaklidagi belbog1 lardan emas, balki uzunligi 3—4 metrli boMgan bir necha marta o ‘ralgan vazra (kamar)dan foydalanilgan. Erkaklar an'anaviy bosh kiyim sifatida salla o‘ragan. Salla 4-5 metrli mato boMagidan o ‘ralgan bo‘lib, u hamisha o‘rab yurilgan, ammo ish paytlari kichkinaroq, bayram va to‘y paytlari esa kattaroq 209 ham da salobatliroq qilib o ‘ralgan. Salla ipak, paxta va ju n matolaridan turli ranglarda tayyorlangan. Diqqatga molik tom oni shundaki, arablarda yoshiga qarab turli rangdagi satlalar o ‘ralgan. Yosh erkaklar odatda, qizil salla, o ‘rta yoshlilar ko‘kish va keksalar esa oq rangdagi salla o ‘ragan. B o‘ydoq yoshlar va uylangan yosh erkaklar oddiy gardi salla kiygan. Albatta, sallani to ‘g ‘ridan-to‘g ‘ri boshga emas, balki kallapo‘sh kiyilib, uning ustidan o‘ralgan, keksalar salla ostidan k o ‘loh kiygan. Arablar qadimdan m o‘ynali telpak ham kiyishga odatlangan. An'anaviy oyoq kiyimlari ham turlicha bo ‘lib, odatda, etik va maxsi-kavush bilan kiyilgan. C ho‘ponlar esa yumshoq charm chirik va eng sifatli hisoblangan “kalla xasani” deb atalgan charmdan etik tayyorlagan. Shuningdek, qora va yashil teridan tayyorlanadigan kavush eng qimmatbaho hisoblanib, eshak terisidan tikilgan. Bundan tashqari, arablarda qora rangli kavushlar oq teridan tikilgan b o‘lsa, etik-mu'zalar esa oq dag‘al teridan tayyorlangan. Kuyov to ‘y paytida ochiq rangdagi ko‘ylak, yo‘l-yo‘1 paxtali matodan ishton, beqasb (o ‘zbeklarda beqasam) chopon, uning ichidan oq matodan tikilgan yengil yaktak, shoyi atlasdan kelin tomondan maxsus tayyorlangan belbog4 va kam ar taqqan. Kuyovning bosh kiyimi to‘q qizil yoki qizil salla bo‘lib, bir uchiga kashta tikilgan va jig ‘a taqilgan. Ayollar kiyimi tarkibiga ko‘ylak, ishton, kamzul va paxtali xalat kirgan. Arab ayollarining qadimgi ko‘ylagi 0 ‘rta Osiyo uchun xos bo‘lgan nov shakldagi kiyimdir. Shunday odat bo‘lganki, ustm a-ust ikki qavat k o ‘ylak kiyilgan va ushbu kiyim kengroq va uzunroq ko‘rinishda bo‘lgan. Keksa ayollar oq yoki ko‘k rangdagi k o ‘ylak kiygan va uning uzunligi to ‘piqqacha yetib, yangi ham da yoqasi qora kashta bilan bezatilgan. Arab qizlari yaqin kunlargacha “ mundi yoqa ko ‘ylak” kiygan. Turmushga chiqqan ayollam ing kiyimlari tik yoqali ko‘ylak - keng ko‘rinishda va uzun yengli bo4lib, an'ana bo‘yicha qizlaming kiyimlari o ‘rta yosh va keksa ayollamikidan farq qilgan. Arab qizlari turmushga chiqqandan so‘ng qizlik k o‘ylagini vertikal yoqali qisqa qirqimga ega bo‘lgan ko‘ylakka almashtiradi. Bunday fasondagi ko‘ylak kelinning ota-onalari tomonidan tayyorlab qolyiladi. Yangi oilada birinchi farzand tug‘ilgadh, ayol onalar ko‘ylagi (subinmoro)ni kiyishni boshlaydi. Uni yoqasi uzun vertikal qirqimga ega boMadi. 210 Arab ayollarining an'anaviy kiyimlarida o ‘ziga xoslikni saqlab qolgan bosh kiyimi - gizza bo‘lib, u qizil satin va alvondan, yoqasi esa o ‘yma, qora satindan jiyagi qo ‘shib tikiladi. Ushbu jiyak ustidan oq ipdan hoshiya kashtali bo‘ladi. Gizzaning oldi beligacha tushadi, yengi esa kalta, tirsakkacha yotmaydi. Orqa tomoni ko‘ylak uzunligida, ko‘krak tomoni esa oq ipak bilan chiroyli kashtalangan boMadi. B o‘yigacha bo‘lgan qismi uch-to‘rt xil rangdagi materialdan ko‘ndalang tikiladi va ustidan esa 8-10 qator kumush tanga baldoq musulxa va boshqa yaltiroq taqinchoqlar terib tikiladi. Gizza ikki xil; birinchisi qizil gizza, buni arab qizlari to‘rt yoshdan boshlab kiyadi. Qiz gizzasi qizil rangda bo‘lib, uni ular turmushga chiqqunlarigacha kiysalar, ikkinchisi oq matodan tikiladi va uni turmushga chiqqan kunlaridan boshlab kiyadilar. Arab qizlari turmushga chiqqanlaridan keyin uch kun o ‘tgach, “qasabandan”, ya’ni “к о ‘ф а yig ‘di” marosimi o ‘tkaziladi. Ushbu marosimda qishloq xotin-qizlari qatnashadi. Kuyovning otasi mol so‘yib, qishloq ayollariga ziyofat beradi. Kelinning yaqinlari sovg‘a- salom olib keladi va shu kuni kelinga qizil gazmoldan tikilgan qalin kashtali, hoshiyatli bosh kiyim — buxnak kiydiriladi. Mazkur bosh kiyimi peshonadan betgacha tushib, quloq-chakkani yopib turadi. BogMchi bilan iyak ostidan bogMansa, buxnak ustidan esa taqinchoq (sinsila) taqiladi. Bosh va peshona taqinchog‘i boMgan sinsila bayram kiyimi bilan birga taqiladigan go‘zaIlik bezaklari majmuasidir. Barcha tabaqadagi arab qizlari va ayollari qadimdan hammabop taqinchoqlami afzal ko‘rganlar. Ulaming sifati va soni oilaning iqtisodiy holatiga bogMiq boMgan. Taqinchoqlar ichida eng ko ‘p tarqalgani va barcha ayollar taqishi zarur boMgan taqinchoq — bilakuzuk va uzuk hisoblanib, u moviy yashil ko‘zli boMib, kumush yoki tillodan yasalgan. Shunisi xarakterliki, 0 ‘rta Osiyoning boshqa mahalliy xalqlarida keng tarqalgan quloq taqinchogM sirg‘a arablarda kam uchraydi. Faqatgina burunga taqiladigan sirg‘a (izmak, natti, chet-natti)ni oldinlari arab ayollari ko‘p taqqan, hozirda esa keksa yoshli momolardagina saqlanib qolgan. Buxoro yahudiylarining kiyimlarida o ‘ziga xos milliy an'analar yaxshi saqlanib qolgan. Erkaklaming kiyimi uzun ko ‘ylak (kurta) va ishton (ezor) dan iborat boMib, ular har xil bichimda tikilgan. Ayollam ing kiyimi esa (ich ko‘ylak), kurtai ro‘ (ustki ko‘ylak), ishton (ezor)dan iborat boMgan. Bosh kiyimlari haqida shuni ta'kidlash 211 kerakki, erkaklar telpak, qorako‘li, kallapo‘sh, d o ‘ppi, qishda baragi, ayollar esa yoshiga qarab durra ro ‘mol o ‘ragan. Emizakli bolasi bor juvonlar lachak kiyib yurgan. U yg‘urlam ing kiyimlari ko‘p jihatdan q o‘ni-qo‘shnilari va m ahalliy aholidan keskin farq qiladi. Erkaklar tor tik yoqali ko ‘ylak bilan keng b og‘ichli ishton (tanbal) kiyib yurgan. Ishtonning poychasi etik ichiga tiqib yurilgan. K o‘ylak ustidan yengi tor, tik yoqali beshmet. keyin uzun chopon kiyilgan va chopon ustidan uzun chit belbog‘ bog‘langan. Qishda qo ‘y terisidan tikilgan p o ‘stin Download 6.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling