Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi


Download 6.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/135
Sana24.09.2023
Hajmi6.5 Mb.
#1687140
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   135
Bog'liq
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi

Beloruslar
— Belorus Respublikasining asosiy aholisi (9475174 
kishi). Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi (1206 ming nafar kishi), 
Ukraina (440 ming nafar kishi), Qozog‘iston (183 ming nafar kishi),


Latviya (120 ming nafar kishi), Estoniya (27,7 ming nafar kishi), 
Litva (63 ming nafar kishi) va O 'zbekistonda (63 ming nafar kishi) 
yashaydi. Polshada 300 ming nafarga yaqin aholi belorus tilida 
so‘zlashadi. Dindorlari asosan, pravoslavlar, qisman katoliklar ham 
mavjud.
Tarixiy m anbalarda beloruslam ing dastlabki paydo b o ‘lishi XIX 
asm ing 60-yillari birinchi yarm ida K. Kalinovskiy rahbarligidagi xalq 
qo4zg‘oloni davriga to ‘g ‘ri kelishi qayd etilgan. Beloruslam ing 
ozchilik qismi XIX asm ing ikkinchi yarm ida Rossiya imperiyasi 
bosqini davrida rus armiyasi tarkibida talabgorlar sifatida Turkistonga 
kelgan b o 4 Isa, belorus dehqonlari esa XIX asm ing 90-yiHarming 
boshlarida kelib joylashgan. Beloruslar ms, ukrain va moldovan 
xalqlari bilan birgalikda yashagan. Ular Samarqand viloyati, 
M irzacho‘1 hududlari, Toshkent va Farg4ona vodiysi shaharlarida 
yashagan.
Birinchi jahon urushi yillarida ham belom slar qochoq sifatida 
Turkistonga kirib kelgan. Turkistonda fuqarolar urushi tugaganidan 
so4ng beloruslam ing kirib kelishi yanada kuchaygan. Ushbu holat XX 
asming 50-yillari boshlarida ham kuzatilgan. 1966-yildagi Toshkent 
zilzilasini bartaraf etishda ikki ming belorus quruvchisi qatnashgan. 
1970-1975-yillarda Toshkent traktor zavodi qurilishida ham belorus 
mutaxassislari qatnashgan. 1990-yillardan belom slam ing ona vataniga 
qaytish jarayoni boshlandi.
9.2. An'anaviy xo‘jaliklarning o‘ziga xos xususiyatlari
Markaziy Osiyo arablari xo‘jaligida chorvachilik yetakchi o 'rin d a 
turadi. Sug4oriladigan hududlarda dehqonchilik bilan shug4ullaniladi. 
Arablar xo4jaligida qorako‘l qo‘ylari va tuya boqilgan bo4Isa, ro4zg4or 
hunarmandchiligida esa ko 4proq gilam to 4qilgan. Sherobod va Denov 
arablari ham gilamdo4zlik bilan shug4ullangan. Turar-joylari asosan, 
o4tov va кара hisoblanib, uy ichining tuzilishi, buyum lam ing 
joylashishi va kiyim-kechaklari o ‘zbeklamikiga o4xshash bo 4lgan.
Qadimda 
uyg4urlaming 
aksariyati 
dehqonchilik 
bilan 
shug‘ullanib, o 4troq hayot kechirgan. Shu sababli ularda qabila- 
um g4chilik munosabatlari yo4qolib, yashagan joylari nomi bilan atab 
kelingan. Tog4li o ‘lkalarda chorvachilik bilan shug‘ullangan qismi 
ko4chmanchi hayotga moslashgan. yettisuv va Farg‘ona vodiysiga
202


ko‘chib kelganlaming ahvoli unchalik yaxshi bo‘lmagan: yer 
yetishmas, bo ‘lsa ham og ‘ir va unumsiz edi. Yaxshi yerlar boylaming 
qo‘lida edi.
U yg‘urlar yangi yerlarga ko‘chib kelganlaridan keyin yangitdan 
suv chiqarish va ariq hamda kanallar qazishga majbur boMgan. Ko‘p 
joylarga suv yetishm as edi. Dehqonlar bug‘doy, аф а , tariq, 
m akkajo‘xori, j o ‘xori va sholi ekilgan, shuningdek, kanop hamda 
kunjut 
yetishtirilgan. 
Dehqonchilikdan 
uch 
paykallik 
tizimi 
qoMlanilgan. yerlar go‘ng va kunjut bilan oziqlantirilgan hamda 
yog‘och sapan (bugusa) bilan haydalgan. Urug‘ qo‘lda ekilgan va 
yetishtirilgan hosil o ‘roq (og‘aq) bilan o ‘rib olingan hamda ot yoki 
ho‘kizlar tuluq (tosh) bilan yanchilgan.
Dehqonchilikda ishlatiladigan qurollar o ‘zbeklamikidan farq 
qilmagan. Ketmon, omoch, mola va yemi yumshatish uchun 
chanchaba (kichkina krak) ishlatilgan. U yg‘urlarda bog‘dorchi!ik 
yaxshi rivojlangan, umuman olganda, ulaming aksariyati yaxshi 
bog‘bon va polizchi hisoblangan. Poliz ekinlaridan qovun, tarvuz va 
har xil qovoqlar, sabzavotlardan piyoz, sabzi, rediska, garmdori, ukrop 
va boshqa xil ko‘katlar yetishtirilgan.
Farg‘ona vodiysi va yettisuvdagi har bir xonadonda albatta, bog‘ 
bo‘lgan. Unda uzum, shaftoli, o ‘rik, anor, olma, nok va jiyda 
daraxtlari ekilgan. Farg‘ona uyg‘urlari 
pillachilik bilan ham 
shug‘ullangan. Har bir qishloqda suv tegirmoni va juvoz boMgan.
D unganlaming ajdodlari dehqon bo‘lib, ular bug‘doy, афа, 
m akkajo‘xori, kunjut, kungaboqar, ko‘knori, beda va jo ‘xori ekkanlar.
Q irg‘iziston, Qozog‘iston va Markaziy Osiyoning boshqa 
hududlariga kirib kelganidan so‘ng atrofdagi yerlarga qarab turli 
ekinlar ekish bo‘yicha ixtisoslasha boshlagan. Jumladan, Botkent 
shahri atrofidagi hududlarga o ‘mashgan dunganlar sholikorlik, 0 ‘sh 
dunganlari paxta yetishtirish, Olmaota va Yorkent atrofiga kelib 
joylashgan dunganlar g ‘alla ekish bilan shug‘ullangan. Dunganlar 
orasida bog‘dorchilik, sabzavotchilik, polizchilik, sohalari ham keng 
rivojlangan. Dehqonchilikdagi ish tartibi va qoMlanadigan qurollari 
jihatidan dunganlar mahalliy aholiga yaqin turadi.
Koreyslam ing asosiy mashg‘ulotlari sholikorlik, chorvachilik
baliqchilik, ipakchilik va hunarmandchilikdan iborat. Ulaming 
ko4pchiligi dehqonlar boMib, mehnatkash va serg‘ayrat xalq
203


hisoblanadi. Shu sababdan ham bu yerga k o ‘chib kelgan yillardayoq, 
yemi sug‘orib, dehqonchilik qilish bilan shug‘ullangan.
Keyingi yillarda M arkaziy O siyoda sholi yetishtirishning yanada 
rivojlanishida dunganlam ing hissasi katta bo‘lmoqda. Sholikorlikda 
yangi -
kyonjo
navining joriy etilishi xo ‘jalikning ushbu sohasini tez 
sur’atlar bilan rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. M azkur sholi 
navlari Toshkent viloyatidagi “ Politotdel” jam oa xo ‘jaligi sholikorlari 
tomonidan 1928-yilda yetishtirilgan edi. Kyonjo sholisi ekilgan 
yerlarda har gektardan 50 sentnerga yetkazib, ya'ni mahalliy nav sholi 
ekilgan yerlardagiga nisbatan qariyb 20 sentner ortiq hosil y ig ‘ishtirib 
olingan.
Koreyslar sholichilik bilan bir vaqtda sabzavotchilik, polizchilik 
va rezavorchilik bilan ham yaqindan shug‘ullanib keladi. Bu ota- 
bobolaridan o-tib kelayotgan azaliy kasbdir. Koreyslar k o ‘chib 
kelganlarida xilma-xil sabzavot ekinlari urug‘larini olib kelgan edi. 
Ular Markaziy Osiyo hududlariga kirib kelgan vaqtdan boshlab koreys 
karami, sarimsoqpiyoz, piyoz, turp, bodring va bir qancha dukkakli 
ekinlar turi ancha ko ‘paydi va eng muhimi, mintaqa uchun yangi ekin 
turi - kanop yetishtirila boshlandi. 0 ‘zbekiston bilan Q ozog‘istonda 
bir* qancha koreys fermer xo‘jaliklari tashkil etilgan va ular hozirgi 
kunda hosildor xo ‘jaliklarga aylangan.

Download 6.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling