Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi


Download 6.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/135
Sana24.09.2023
Hajmi6.5 Mb.
#1687140
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   135
Bog'liq
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi

Ukrainlar
— Ukrainaning asosiy aholisi bo ‘lib, jam i 37,42 mln. 
nafar kishini tashkil etadi. Shuningdek, Rossiya Federatsiyasida 1 
927988 nafar, Qozog‘istonda 333031 nafar, Belorussiyada 291 ming 
nafar, 0 ‘zbekistonda 77 ming nafar, Qirg‘izistonda 108 ming nafar, 
Latviyada 92,1 ming nafar, Kanadada 530 ming nafar, Polshada 300 
ming nafar, Argentinada 100 ming nafar ukrainlar yashaydi. Ulam ing 
umumiy soni 46 mln. nafardan iborat bo‘lib, ukrain tilida so ‘zlashadi. 
Dini - xristianlik bo‘lib, pravoslav mazhabiga e’tiqod qiladi.
Ukrainlar ruslar va beloruslar singari sharqiy slavyanlarga 
mansub. Ulaming umumiy etnik asosini X asrga kelib yaqin qardosh 
sharqiy slavyan qabilalari asosida shakllangan va Kiev Rusini barpo
200


etgan qadimgi rus elati tashkil qilgan. Keyinchalik ijtimoiy-iqtisodiy 
va madaniy taraqqiyot ham da qadimgi rus yerlarining siyosiy 
tarqoqligi davri (X II-X IV asrlar)da qadimgi rus elati asosida uchta 
qardosh xalq - rus, ukrain va belorus xalqlari shakllangan. Taxminan,
XIV—XVII asrlarda ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jihatdan taraqqiy 
etgan xalqlam ing litva, polyak va venger agressiyalari hamda turk- 
tatar bosqinchilarining 
talonchilik 
hujumlariga qarshi 
kurashi 
natijasida ukrainlar birlashishga muvaffaq bo‘lgan.
Rossiya 
imperiyasining 
rasmiy 
hujjatlarida 
Ukraina 
“M alorossiya”, ukrainlar esa “maloruslar” degan nomlar qayd etilgan. 
Ilk bor ukrain etnosi vakillari taxminan XVII asr boshlarida 
Q ozog‘iston 
kengliklarida 
paydo 
bo‘lgan. 
Markaziy 
Osiyo 
xonliklariga esa bundan oldin tutqun sifatida olib kelingan. 
Ukrainaning Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalari taniqli ukrain 
shoiri T. G. Shevchenko nomi bilan bog‘liq. Shoir surgundaligida, 
ya’ni 1848-1849-yillarda A. I. Butakov rahbarligidagi ekspeditsiyada 
qatnashgan edi.
XIX asr o ‘rtalarida Turkistonga kelgan rus harbiylari ichida 
ukrainlar ham bor edi. Turkiston o ‘lkasiga ukrainlaming ommaviy 
tarzda kirib kelishi 1885-yildan boshlangan. 1861-yildagi islohotdan 
so ‘ng ukrain dehqonlari Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlari hamda 
M irzacho‘lga kelib joylashgan. 
Ular g ‘allachilik, 
paxtachilik, 
bog‘dorchilik va polizchilik bilan, 1890-yillarda kelganlari esa 
chorvachilik bilan mashg‘ul bo‘lgan.
Ukrainlam ing Buxoroga kirib kelishi XVII asming o ‘rtalari, ya'ni 
ular Rossiya qaram og‘iga o ‘tganidan so‘ng boshlangan. Dehqonlardan 
so ‘ng hunarmand va temiryo‘lchilar kelgan. Ushbu ishchilar 
Toshkent, Samarqand va Farg‘ona vodiysi shaharlariga joylashgan.
XX asm ing 20-yillarida Turkistonda 500 ming nafar ukrain 
yashagan. 0 ‘zbekistonda 1926-yilda ukrainlardan 25804 kishi, 1979- 
yilda 113826 kishi, 1989-yilda 93197 kishi, 2000-yilda esa 104720 
kishi yashaganligi manbalarda qayd etilgan. 0 ‘z o ‘m ida shuni ham 
qayd etish kerakki, 1966-yildagi “Toshkent zilzilasi” oqibatlarini 
bartaraf etishda 
ukrainalik 
2600 
nafar 
muhandis-quruvchilar 
qatnashgan edi.

Download 6.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling