Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi
Download 6.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi
(juga
.) kiyilgan. Oyoqqa masi (maxsi), charm kalish va etik kiyilgan. Ayollar esa uzun keng qilib tikilgan kichkina tik yoqali ko ‘ylak, pastga torayib boradigan ishton kiyib yurgan. Turm ushga chiqqan ayollam ing ko‘ylaklari oldi ko‘kragidan, qizlam iki esa yelkasidan tugmalanadigan qilib tikiladi. K o‘ylak ustidan uyda va ko ‘chada ko ‘pincha tugmalanm aydigan etagi tizzaga tushib turadigan, yengsiz kamzul kiyilgan. Xitoyda ko‘ylak ham kiyilib, boshlariga do‘ppi yoki ro ‘mol o ‘ragan bo ‘lsa, qishda esa cheti m o‘ynali yapaloq telpak kiyilgan. BoyrOq ayollar bayram kunlari chitlari m ayda burm a rangdor toshlar bilan bezatilgan uchli yum aloq telpak - kimxob bo ‘rk bilan k o ‘chaga chiqqan bo ‘lsa, kam bag‘al ayollar esa telpaklarini m unchoq va tangachalar bilan bezatgan. Farg‘ona vodiysi va yettisuv uyg‘urlarining kiyimlari bir-biridan ancha farq qiladi. Farg‘onalik uyg‘urlar yaktak va qavilgan paxtali chopon kiyadi, belbog‘lariga qinga solingan pichoq bilan nosto‘rva yoki nosqovoq osib oladi. Qishda esa chopon ustidan chakmak kiyadi. Dunganlarda erkaklaming kiyimlari kurtka (guaza) va uzun chopondan iborat b o ‘lgan. Kurtka qora yoki k o‘k m atodan tikilgan. Keng ko‘ylak (sanza), bog‘ichli ishton (ko‘zi), oyoqlariga paypoq, chuqur, uzun, past poshnali tufli, boshlariga esa m o‘yna telpak, oq yoki kulrang yupqa namat qalpoq kiygan. Shan'si dunganlari yozda, ayvoni keng katta somon shlyapa kiyib yurgan va uning ostidan do‘ppi kiyib olgan. Dungan ayollarining kiyimlari erkaklamikidan deyarli farq qilmagan. Ko‘ylaklaming rangi yorqin gazmollardan b o ‘lib, ancha uzun qilib tikilgan. Ishtonlaming poychasi qora shoyi yoki satin parcha qo‘yib tikiladi va ingichka lenta bilan bezatiladi. K o‘ylak va 212 ishton ustidan chopon hamda uning ichidan albatta, yengsiz nimcha (jinjizi) kiyilgan. Hozirda koreyslar orasida milliy kiyimda yuradiganlar kamayib bormoqda, faqatgina qariya ayollarda, u ham bo‘lsa, ko‘pincha bayram-tantana kunlari bunday holatni kuzatish mumkin. Yoshi katta erkak va ayollar asosan, oq kiyimni yaxshi ko‘radi. Keksa xotinlar burmali odmi yupka, yenglari uzun oq kofta va kalta ko‘ylak kiyib yuradi hamda oq chesucha, shuningdek, gazlamadan ko‘p foydalanadi. Koreys ayollari yenglari uzun oq kalta ko‘ylak, chotari va uzun burma yupka (chxima) kiyib yuradi. Mazkur yubkalaming rangi sariq, pushti va yashil rang gazlamadan tikiladi. Erkaklaming kiyimlari esa keng ishton (padzi) va ayollar ko‘ylagi singari tikilgan, lekin nisbatan uzun ko‘ylak hamda uning ustidan odmi matodan nimcha (chokki) kiyadilar. Koreys erkaklarining bosh kiyimlari orasida somon shlyapa (kat) ko‘p ishlatiladi. Ayollari esa boshyalang yoki ro‘mol hamda durra o ‘rab yuradi. Markaziy Osiyo lo‘lilari o ‘zbek va tojiklaming kiyim-kechaklari va urf-odatlarini qabul qilgan. LoMilar kiyinishda yerli aholidan farq qilmaslikka intiladi. Erkaklari chopon (to‘n), etik, telpak, ba'zan esa belbog‘ o ‘rab yursa, ayollari esa mahalliy aholidek kiyinsa-da, lekin ulam ing ro‘mol o ‘rash uslublari faqat lo‘lilarga xos. Lo‘li erkaklar ham, ayollar ham asosan, qora va ko ‘k ranglami yoqtiradi. Download 6.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling