Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi


Download 6.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/135
Sana24.09.2023
Hajmi6.5 Mb.
#1687140
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   135
Bog'liq
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi

dudoq r o ‘mol

ip ro'mol, shol ro'mol, jun ro'mol, to ‘r 
ro ‘mol, ipak ro 'mol, doka ro 'mol, misqali doka ro ‘mol, g'ijim ro ‘mol, 
qalayaki ro'mol, qurokdi r o ‘mol, besh gulli ro'mol, balxi ro'mol, 
gardi ro'mol
kabi nomlar bilan atalgan. Yosh qiz va kelinchaklar oq 
va yorqin rangli, keksalar esa oq nimrang hamda kichik hajmli 
ro ‘m ollar o ‘ragan.
Farg‘ona vodiysida ro ‘molning alohida turi keng tarqalgan bo‘lib, 
u chorsi shaklida, uchlari burchakma-burchak qilib taxlanib, boshga 
o ‘ralib, ustidan qora yoki qoramtir tusdagi durracha tashlangan. 
Durracha peshonaga tang‘ilib, uchlari gardanda kesishtirilgan va 
peshona ustiga o ‘tkazilib bog'langan qora ro‘mol orasiga qistirib 
qo‘yilgan, so‘ngra ustidan bir parcha mato, ya'ni doka bog‘langan. 
Buxoroda doka o £m iga uzun shasha doka ishlatilgan. Hozirgi kunda 
ham ro‘mol ustidan bog‘langan durrachani Toshkent viloyatining 
ayrim tumanlarida yashovchi ayollaming boshida uchratish mumkin. 
Aksariyat hollarda kichikroq ro‘mol, ya'ni durra o ‘raladi.
Paranji XX asm ing birinchi choragigacha o ‘zbek ayollari 
ko'chaga 
chiqayotganda 
kiyilishi 
majburiy 
boMgan 
ust-bosh 
hisoblangan. Har bir ayol va qizning albatta, paranji va chachvoni 
bo‘lishi shart edi. Ayollar va qizlar paranjini ustiga yopib, yuz-ko‘zini 
chachvon bilan berkitgan. Samarqandda chachvon “chashmand” deb 
atalgan.
Paranji va chachvon xonadan olib chiqilganidan keyin hovlida 
a w alo , ayollar boshiga paranji tashlab, darvozadan chiqayotganda,
79


ostonada yu ziga chachvon tutilgan. Boy xonadonning ayollari 
qim m atbaho m atodan rang-barang bezaklar berib tikilgan paranji- 
chachvon yopingan b o ‘lsa, kam bag ‘al ayollar esa eski paranji- 
chachvon tutgan.
Q ishloq joy lard a paranji-chachvon kam dan-kam ishlatilgan, 
o ‘shanda ham asosan, olis safarga chiqilganda va turli marosimlar 
paytida ishlatilgan. Paranji yopinish odati m avjud bo‘lmagan 
hududlarda ayollar boshlariga turli xil yopinchiqlar va ko‘pincha 
bolalam ing to 4ni tashlab yurilgan. Sam arqand va Shahrisabzda y o ‘l- 
y o ‘l m atodan tayyorlangan yopinchiq, X orazm va uning atroflarida 
esa jegda yopib yurilgan. Jegdaning uchlari ayolning beligacha tushib 
turadigan darajada uzun b o ‘lib, ba'zan yengga o 4xshatib chatib 
q o ‘yilgan. Ish bilan band bo‘lganda jegdaning uchlari b o ‘yinlariga 
o 4rab olingan. L o 4lilar chachvonni ot yolidan tayyorlagan. Boylarga 
m o‘ljallangan chachvonlar havorang yoki pushti m unchoqlar bilan 
bezatilgan va uning ham m a tom oniga m ag4iz tikilgan.

Download 6.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling