Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi


Download 6.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/135
Sana24.09.2023
Hajmi6.5 Mb.
#1687140
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   135
Bog'liq
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi

S h om on lik
(tungus-manchjuriyada ruhoniy - “saman” so‘zidan)
— ibtidoiy diniy e'tiqodlaming shakllaridan biri, insonning maxsus 
shaxs - shomon (afsungar) tomonidan amalga oshiriladigan alohida 
marosim 
harakatlari 
yordamida 
ruhlar bilan 
aloqa o ‘matish 
mumkinligiga ishonishidir. Bundan maqsad, kasalliklami davolash, 
hayvon va baliq ovlash, narigi dunyoda eson-omon sayr-sayohat 
uyushtirish va shu kabilarda ana shu ruhlaming yordamiga 
ishonishdir. Shomonlik Sibir va Shimol xalqlarida keng tarqalgan
Eski Dunyodagi xalqlarda so‘nggi paleolit va neolit, shuningdek, 
mulkiy tabaqalangan jam iyatning vujudga kelish davrida uchraydi 
(arxeologiya ma'lumotlari va qadimgi yozuv yodgorliklari ana 
shundan dalolat beradi).
E kzogam iya 
(yunoncha “tashqi, tashqari nikoh”) ma'nosini 
bildirib, urug‘ning muhim belgisidir. Ekzogamiya prinsipiga s o ‘zsiz 
rioya qilinishi urug‘ naslining tozalanishi, irsiy barqarorlikni 
ta'minlash xo‘jalik va oilaviy nikoh hayotida muhim rol o‘ynagan.
Elat 
(xalq — народност) - yagona hudud, til, madaniyat, xo‘jalik 
hayoti va turmush miqyosida qabilaviy munosabatlaming buzilishi 
natijasida yuzaga kelgan kishilar uyushmasi. Elat etnoijtimoiy 
umumiylik shakllaridan biri hisoblanadi, tanxan urug‘ qabila 
birlashmalaridan kelib chiqadi va ulardan muayyan majmua bo‘lib 
ajraladi. 
Agar urug‘ 
qabilachilik xususiyatlari 
ulaming qon- 
qarindoshlik aloqalarining mohiyatli belgisi bo‘lsa, bunda millat 
uchun rivojlangan iqtisodiy makon xosdir. Ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan 
elatga a w a lo quldorlik va feodalizm xosdir, shu bilan birga u biror
265


shakldagi milliy davlatchilik tuzilmasini barpo etadi. Lekin elat 
ijtimoiy rivojlanishning keyingi bosqichlarida ham mavjud bo ‘Iadi, 
chunki bir qator sabablarga k o ‘ra u millat bo‘lib shakllana olmaydi.
Adabiyotlarda 

Download 6.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling