Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi


Download 6.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/135
Sana24.09.2023
Hajmi6.5 Mb.
#1687140
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   135
Bog'liq
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi

Bosh kiyimlari
Erkaklaming yilning to‘rt faslida ham kiyiladigan 
asosiy bosh kiyimi do‘ppi bo‘lgan. D o‘ppi qachon va qaerda paydo 
b o‘lganligi haqida hozircha aniq ma'lumotlar mavjud emas, lekin 
d o‘ppiga o ‘xshagan uchli, cho‘qqi bosh kiyimi jud a qadimdan 
ishlatilib kelinayotgani ma’lum. Chorsi hamda yumaloq do‘ppilar 
nisbatan ancha kech qo ‘llanila boshlangan va taxminan XIX asming 
20-yillarida keng tarqala boshlagan, degan fikrlar mavjud.
Erkaklaming asosiy bosh kiyimi Farg‘ona vodiysida do‘ppi, 
0 ‘zbekistonning boshqa hududlarida esa to ‘ppi deb yuritilgan. 
D o‘ppilar shaklan uch xil: cho‘qqisimon (konussimon) shaklda 
(quloq), yumaloq, sharsimon (araqchin) va yassi, usti tekis (tus 
do ‘ppi) ko ‘rinishga ega bo‘lgan.
Erkaklam ing eng qadimiy bosh kiyimi 
quloh
deb ataladi Quloh 
darveshlar 
bosh 
kiyimi 
uchburchak 
parchalardan 
bichi lib, 
yonlamasiga tikiladi. Quloh gardishi unchalik sezilmay turadi. 
Shahrisabz, N urota va Buxoro hududlarida uchraydigan quloqsimon 
bosh kiyimlari rang-barangligi va xoch (salib) ko ‘rinishi bilan ajralib 
turadi. Yumaloq d o ‘ppilar orasida Urgut do ‘ppisi jozibali ko‘rinishga 
ega bo‘lib, u o ‘zining bayramonaligi va yorqinligi bilan kishi diqqatini 
jalb qiladi.
0 ‘zbekistonning har bir viloyat va tumanlarida shu yeming o ‘ziga 
xos milliy urf-odatlariga monand do‘ppilar tikiladi. Masalan, Surxon 
vohasidagi qishloqlarda piltado‘zi uslubida tikilgan do‘ppi kiyiladi. 
Ushbu turdagi do ‘ppilar qozoqlaming chiyiga o ‘xshab ketadi. 
Toshkentda yumaloq do‘ppi bosma, iroqi, kanda xayol va chakmatur
75


deb ataladigan chok ustalari tom onidan tayyorlanadi. F arg‘ona v o d i y s i
d o ‘ppilari va qadim iy bosh kiyim nusxalari bilan Xorazm h a m d a
m o ‘g ‘ul yassi chorsi va c h o ‘qqili qalpoqlarga o ‘xshatib tikiladi.
C hust d o ‘ppisi yassi va tekis d o ‘ppilam ing eng k o ‘p ta rq a lg a n
turidir. U sakkiz xil chok uslubida tikiladi: to ‘g ‘richok, zanjira, c h i t a ,
kungura, yetalatm a, ova, taroq, qalandar va pildiroq. Erkaklar ilg a r i 
rangli d o ‘ppiIar, keyinchalik esa oq-qora tusdagi C hust do ‘p p ila rin i 
kiyadigan b o ‘ldi. U shbu d o cppilar, asosan, bodom yoki q a la m p ir 
nusxa ko ‘rinishida b o‘lib, aslida qush tasvirining bir boMagidir. Ilg a ri 
d o ‘ppining to ‘rt tom onida ham qush tasviri aks etgan b o ‘ls a , 
keyinchalik uni ixcham lashtira borib, qushning boshi va oyo qlarini 
tikm ay qovilgan. D o‘ppilar orasida Q o ‘qon va M arg‘ilon d o ‘p p ilari 
odm iligi va rasoligi bilan ajralib turadi. M azkur bosh k iyim lard a 
choklari nisbatan ancha kam. 0 ‘z o ‘m ida shuni ham qayd e tis h
kerakki, XX asm ing 50-yillaridan boshlab d o ‘ppilarda mitti qushlar, 
jum ladan, bulbul va tovusni tasvirlash odat tusiga kirdi, lekin u shb u 
xil do‘ppilarga talab unchalik yuqori b o‘lmadi.
Q ish kunlari erkaklar m o ‘yna telpak kiygan. U shbu kiyim
qulohga o ‘xshab tikiladi. M o‘yna telpaklam ing turi ko‘p bo*lib, u lar 
bir-biridan bichim i v a tikilishi jihatidan farq qilgan. Sam arqand va 
B uxoro atrofidagi qishloqlarda kalta m o‘ynali telpak kiyilgan. 
Sam arqand telpagining astari yum shoq, arzon, k o‘pincha qo ‘y, ba'zan 
e sa tu lk i m o'ynalaridan tikilgan.
XX 
asm ing 20-yillari oxiridan qizlar va yosh juv onlar ham do ‘ppi 
kiya boshladi. Qashqadaryo va Surxondaryoda o ‘rta yoshdagi ayollar 
kulta kiygan v a uni “d o ‘gshi” deb ataganlar. D o‘ppilar naqshlari va 
m atosining turiga qarab turlicha nomlangan. Turli rangdagi d o ‘ppilar 
“cham an-dagul”, baxm al va parcha matodan tikilgan, yo ‘l-yo‘l naqsh 
tushirilgan do‘ppi esa iroqi do‘ppi deb atalgan. 
Shahrisabz 
d o ‘ppichilik m aktabining iroqi choklar sanama va chizm a usullariga 
bo lingan. Iroqi uslubda, xomdozi bezak bilan tikilgan xotin- 
qizlam ing bosh kiyimi do ‘ppido‘zlik san'atining yorqin namunasi 
b o‘lib, k o ‘kragida tasvirlangan kelin bilan kuyov surati d o ‘ppiga 
tantanavor tus berib turadi.

Download 6.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling