Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi


Download 6.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/135
Sana24.09.2023
Hajmi6.5 Mb.
#1687140
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   135
Bog'liq
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi

Sallcu
M arkaziy Osiyoda salla o ‘rash odati qachon paydo 
boMganligi va qaysi davlatdan kirib kelganligi ham noma'lum. Yunon 
m uallifi Strabonning yozishicha, salla o ‘rash qadimiy midiyaliklar 
orasida ham keng tarqalgan va Midiyadan Eronga o ‘tgan. Aftidan,
76


Somoniylar davridan boshlab salla o ‘rash odati qadimgi Markaziy 
Osiyo hududlariga ham tarqalgan bo‘lsa kerak, lekin xorazmliklar 
orasida ushbu odat deyarli uchramagan. Ushbu bosh kiyimi asosan, 
hozirgi 0 ‘zbekistonning g‘arbiy-janubiy hududlarida keng tarqalgan 
boMishi mumkin.
M anbalarda keltirilishicha, salla butun M ovarounahr xalqlari 
(xorazmliklardan tashqari)ning asosiy bosh kiyimi hisoblangan. XIII 
asrda 
ushbu 
hududga, 
shu jum ladan, 
Samarqandga 
kelgan 
sayyohlaming yozishicha, nafaqat ruhoniylar, shu bilan birga oddiy 
xalq hamma har doim salla o ‘rab yurgan.
“ Salla” so‘zining ma'nosi va qaerda paydo boMganligi xususida 
turli xil fikrlar mavjud. Ayrim olimlaming fikricha, “salla” asosan, 
Toshkent shevasiga xos atama boMib, “solmoq” so‘zidan olingan. 
Ba'zi manbalar, chunonchi, o ‘rta asrlarga oid yozma yodgorliklarda 
esa “salla” so‘zi “savat”, “tuguncha” ma'nosini anglatadi, deb qayd 
etilgan. “ Salla” so‘zi turkiycha bo‘lib, hozirgi tojik tilida ham ushbu 
so ‘zning ma'nosi aynan shunday izohlanadi. Binobarin, o ‘rta asrlarda 
salla hali asosiy bosh kiyimi sifatida odat tusiga kirmagan edi.
“ Salla” atamasining “savat” va “tuguncha” so‘zlariga nima 
aloqasi bor, degan savol tug‘iladi. XVIII asr o ‘rtalarida buxorolik 
ayollar boshlariga to ‘qilgan savat kiyib yurgan. Mazkur shaharda 
bayram va sayillar paytida xaloyiq oldida tomosha ko‘rsayotgan 
m as’haraboz katta sallali qozi obrazini gavdalantirish uchun boshiga 
atrofi oq mato bilan o ‘ralgan katta savat qo‘yib chiqqan. Ehtimol, shu 
tufayli “salla” deb atalgan boMishi mumkin.
“Salla” atamasi sug‘diycha “sallata” so ‘zidan olingan, degan fikr 
ham mavjud. Yag‘nob shevasida “sallata” “ayollar ro‘moli” degan 
ma'noni anglatadi. Agar ushbu fikr to‘g‘ri boMsa, u holda salla 
avvallari 
ayollam ing 
bosh kiyimi 
bo‘lgan, 
keyinchalik 
turli 
transformatsion jarayonlar ta'sirida erkaklar bosh kiyimiga aylangan.
M arkaziy Osiyoda sallaning ikki turi keng qo‘llanilgan: katta salla 
va kichik salla. Kichik sallani ba'zi joylar, masalan, Samarqandda 
“ futa” deb atalgan (kelinlar nikoh kuni boshiga kiyib chiqadigan 
“fata” atamasi ushbu so‘zdan olingan). “Futa” arabcha so‘z bo‘lib, 
Hindistondan kirib kelgan (bosh yo belni o ‘rashga ishlatilgan, 
shuningdek, bosh yopiladigan bir bo‘lak matoni hindlar “fo‘ta” deb 
atagan) va asosan, turmushga chiqqan ayollar o ‘raydigan bosh kiyimni 
anglatgan. Kelinga nikoh kuni otasining uyida salla kiydirilgan.


K uyovnikida salla o ‘rash odati ham b o 4lgan. Sallani ayollar 45—50 
yoshlargacha o 4rab yurgan.
A yollar sallasi kiygich yoki d o ‘ppi ham da o 4ramdan iborat 
b o 4lgan. 0 4z navbatida o 4ram ning ham har xil shakllari mavjud bo4 lib, 
boy ayollar 14 m etr m ato (“ Boy bosh”)dan, kam bag4allar esa 6 metr 
m ato (“K am bag4al bosh”)dan salla o 4ragan. K am bag‘allar yaxlit mato 
topolm asalar, kalta latta va paxta, salla uchun esa k o ‘k yoki qizil rang 
ishlatilgan. Salla o ‘rami ustidan to ‘rttadan yettitagacha, kam bag‘allar 
esa bitta qizil ro ‘mol o 4ragan. Shuningdek, m a'rakalarda katta 
yoshdagi ayollar 10 m etr oq m atodan salla o ‘rab, ustidan oq ro4mol 
bogMagan b o ‘lsa, o ‘rta va kichik yoshdagi juvonlar esa 10 metrdan 
iborat havo rang satin salla o ‘ragan.
Salladan tashqari qiz bolalar uzoq yillar davom ida qalpoq kiyib 
yurgan (do‘ppi ayrim joylarda qalpoq deb ham ataladi). Samarqand, 
U rgut va uning atrofidagi qishloqlarda keng tarqalgan qalpoqlar 
to g ‘lik tojik va M arkaziy Osiyo yahudiylari qalpog4ga o ‘xshagan 
yum aloq ko ‘rinishda bo 4ib, hozirda butunlay y o ‘qoIib ketgan. 0 ‘z 
navbatida shuni qayd etish kerakki, bosh kiyim lar bilan bog‘liq bir 
qancha urf-odatlar m avjud bo ‘lgan. M asalan, to ‘y o 4tgandan keyin 
qalpoqcha ustidan peshona durra, shuningdek, birinchi farzand 
tu g ‘ilganidan so ‘ng esa qalpoq o ‘m iga ro ‘mol o 4ralgan. K o‘pincha 
q o ‘shaloq ro‘mol tikilgan: birinchisi boshlariga shundoq tashlab, 
uchlarini orqaga yig‘ib qo‘yilgan bo‘lsa, ikkinchi ro ‘mol esa uning 
ustidan peshonasi bilan bog4 langan.
K o4p joylar, xususan, qishloqlarda bosh kiyim yoshiga qarab 
farqlangan. Q iz bolalar popuk to 4ppi (d o 4ppi) kiygan b o ‘lsa, 
turm ushga chiqqan kelin esa birinchi farzand tu g ‘ilganiga qadar to 4ppi 
ustidan durra o 4ragan (uni Samarqand va Qashqadaryoda peshonaband 
deb ataladi). Peshonaband turli ko4rinishda bog'lanib, durraning 
ikkinchi uchi 3 -4 marta taxlog4liq va bosh ustidan yonboshga osilgan 
holda o 4ralgan yoki orqaga tashlangan. Ba'zi hududlarda boshga 
sarandoz ham solib yurilgan. Qadimda chetlariga kashta tikilgan 
yakkaband ishlatilgan bo4lib, yakkabandning uchlariga shoh (popuk), 
o 'rtasiga moh tikilgan.
Birinchi farzandi dunyoga kelgach, yosh juvonlar sochlarini qo 4sh 
kokil qilib o 4rib, boshiga kulut deb atalgan kashtali qalpoq kiygan 
b o 4Isa, qari onaxonlar esa oq qalpoqda yurgan.
78


XX 
asr boshlaridan e'tiboran ayollar ham erkaklarga o ‘xshagan 
astarinmg ichiga pilta qo‘yib tikilgan do‘ppi kiyib yuradigan bo‘ldi. 
Ayollam ing d o ‘ppisi erkaklarnikiga qaraganda ancha yassi, kashtasi 
mayda, rang-barang va jozibali ko‘rinishga ega bo‘lgan. Ayollar 
do‘ppisining araqchi turi ham oMkada keng tarqalgan edi.
Ayollam ing an'anaviy bosh kiyimlari kiyim egasining oiladagi 
mavqyeini aniq ifodalagan. Chunonchi, bosh kiyim va soch turmagiga 
qarab qiz bolani turmushga chiqqan kelindan, yosh onani farzandsiz 
ayoldan, o ‘rta yoshli ayolni keksa momodan ajratish mumkin bo‘lgan. 
Bosh kiyimlar odatda, ikki guruhga bo‘Iingan: boshga kiyiladigan 
kiyimlar (qalpoq, do‘ppi, ya'ni taqya va kallapo‘sh), quloqchin, 
bo‘yrak hamda telpak) hamda boshga o craladigan yoki yopinadigan 
ro‘mol, peshonaband lochak, durra, durracha, iokki, yovlik va h.k.
Ayollaming yoshiga 
qarab 
mavsumiy 
tarzda 
o ‘raladigan 
ro ‘mollar 

Download 6.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling