Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi


Download 6.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/135
Sana24.09.2023
Hajmi6.5 Mb.
#1687140
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   135
Bog'liq
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi

Taomlar.
0 ‘zbekiston aholisi iste'mol qilayotgan xilma-xil 
taom lar asrlar davomida shakllanib kelgan. Milliy taomlar ko‘p asrlik 
tarixga ega b o iib , ulami tayyorlashda azaldan turli xil go‘sht va 
o ‘simlik mahsulotlaridan keng foydalanilgan.
0 ‘zbeklar kundalik ovqat sifatida bug‘doy, arpa, guruch, no‘xat, 
mosh, zig‘ir va kunjut kabi don, sabzi, piyoz, sholg‘om singari 
sabzavotlar, 
kadi 
(oshqovoq), 
qovun 
va tarvuz kabi 
poliz 
mahsulotlarini ko‘p iste'mol qilganlar. Azaldan milliy taomJami 
tayyorlash uchun chorva - qo ‘y, qoramol va echki yog‘lari, kunjut, 
zig‘ir, sariyog1 hamda paxta yog‘i ishlatilib kelinadi. XIX asr oxiridan 
boshlab paxta yog‘idan foydalanadigan bo‘ldi.
Shaharliklam ing asosiy taomlari sut mahsulotlari tarkibiga 
kim vchi qatiq, suzma, tvorog yoki chakki (zardobi olingan qatiq yoki 
kefir hisoblanib), qaymoq va boshqalardan iborat bo‘ladi. Samarqand 
va Toshkent viloyatlari ham da Farg‘ona vodiysida taomga juda ko‘p 
zira va zirk ishlatiladi, ular taomga nozik ta'm va hid beradi. G o‘shtli, 
sabzavot va yonnali quyuq taomlarga za'faron hamda kashnich 
qo ‘shib tayyorlangan. Umuman olganda, o ‘zbek milliy taomlari 
o ‘zining lazzatliligi, quw atliligi va servitaminligi bilan ajrab turadi. 
Ayniqsa, palov, sho‘rva, mastava, shavla, m oshxo‘rda, moshkichiri, 
shilpildoq va boshqa taomlar mahalliy xalq tomonidan sevib iste'mol 
qilinadi. Ba'zi quyuq taomlar (palov) tayyorlashning o ‘nlab usullari 
mavjud.
N on tayyorlash ham o ‘zbek pazandachiligida alohida o ‘rin tutadi. 
Buxoro, Samarqand va Toshkent viloyatlari aholisi non yopishda 
kunjut, 
arpabodiyon va sedanadan unumli 
foydalanadi. Non 
o ‘zbeklarda tandirda yopiladi va mintaqalaming tabiiy sharoitiga 
qarab turlicha quriladi. Xorazm vohasining janubiy tumanlari aholisi 
tandim ing og‘zini oldinga sal qiyshaytirib o ‘matadi. Turkmanlarga 
q o ‘shni yerlarda yashayotgan aholi tandimi turkmanchasiga, ya'ni 
yerga tikkasiga og‘zini osmonga qaratib qursa, Farg‘ona vodiysi va 
Toshkent vohasida esa tandir ko‘pincha yerdan odam bo‘yi baravari 
k o ‘tarilib, og‘zi ro‘para qilib quriladi.
89


Arpa va bug‘doy unidan xilma-xii taom lar tayyorlangan: yorma, 
talqon, non, qatlama, chalpak, atala, bo ‘g‘irsoq, keskan osh, 
chuchvara va boshqalar.
Talqon.
Qadim dan talqon dondan tayyorlangan. U ning uchun 
arpani qozonda bir sidra qovurib olgach, tozalangan va havonchaga 
solib tuyilgan, uni ozgina yog‘ quyib, qozonda qovurilgan. Ba’zan bir 
oz qovun qoqi yoki shakar, yo qand qo‘shilgan. Talqon qotgan nondan 
ham tayyorlangan.

Download 6.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling