Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi
A n’anaviy xo ‘jaligi (chorvachilik, dehqonchilik
Download 6.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi
4.2. A n’anaviy xo ‘jaligi (chorvachilik, dehqonchilik,
hunarm andchilik va uy hunarm andchiligi) Qoraqalpoqlar qadim da Sirdaryoning o ‘rta va quyi oqimida joylashgan hududlarda dehqonchilik, chorvachilik va baliqchilik bilan shug‘ullanib kelgan. U lar azaldan chorvador xalq bo ‘lib, keyinchalik dehqonchilik bilan ham shug‘ullana boshlagan, degan munozarali fikrlar mavjud. Ushbu xalqqa xos jihatlardan biri ham shundaki, ular boshqa ko ‘pchilik etnoslar singari k o ‘chmanchi hayot kechirishdan o ‘troq hayotga o ‘tgan em as, balki qadim dan o ‘troq hayot kechirib kelgan. Qoraqalpoqlar azaldan sug‘orm a dehqonchilik shug‘ullangan bo ‘lib, shu maqsadda Sirdaryo va uning irmoqlari Quvondaryo ham da Jonidaryodan suv chiqarib, irrigatsiya tarm oqlari orqali ekin maydonlarini sug‘organ. Dehqonchilikda asosan, g callachilik rivojlangan. Daryo va k o'llar atrofidagi yerlarga bug‘doy, arpa, tariq, sholi, j o ‘xori, zig‘ir, kunjut, beda va poliz ekinlari ekilgan. Ekinlam i sug‘orish uchun suv qoraqalpoqlar uchun butun hayot-m amot masalasi b o ‘lgan. Suv yetishmasligi oqibatida ju d a ko‘p kelishm ovchilik va o‘zaro nizolar kelib chiqar, ular esa o ‘z navbatida katta qonli to ‘qnashuvlarga sabab bo ‘lar edi. Bir qabila yo urug‘ boshqa qo ‘shni qabila yo urug‘ bilan ko‘pincha ixtilofda yashar edi. 0 ‘sha zamonning o g ‘ir shart- sharoitlari, mahalliy boy va zodagonlam ing zo ‘ravonligi, ular tomonidan o‘m atilgan og‘ir tartib-qoidalar ju d a ko ‘p qon to ‘kilishiga sabab bo'lar edi. Har bir qoraqalpoq ovullari o‘zlariga biriktirilgan merosiy kanal (jap)lar atrofida joylashgan boTib, har qaysining suv ichadigan salmasi (irmog‘i) mavjud edi. Kimga, qancha miqdorda suv berish, daryodan suv olib kelish uchun kanal (ama) qazishda qaysi ovuldan qancha odam qatnashishi, bahorda amani tozalash uchun suvga nechta odam ajratilishi mirob tomonidan hal qilinar edi. Suv muayyan mazgil (vaqt)gacha, masalan, erta tongdan tush paytigacha odatda, ikki tanob (taxminan 17 sotix) yem i sug‘orishga yetadigan miqdorda berilar edi. Suv tanqis bo‘lgan paytda ikki xo‘jalikka bir mazgil suv berilar edi. Ko‘p joylarda yemi qo‘l Бефре yordamida sug‘orishga to ‘g‘ri kelar edi. Ushbu moslamalar bilan suv bir ariqdan ikkinchi ariqqa chiqarilar edi. Ayni vaqtda, oyoq yordamida suv chiqariladigan moslama ham ishlatilar edi. Bunday usul kichik maydondagi ekinlami 98 sug‘orishda qo ‘llanilgan, katta ekin maydonlariga esa suv chig‘ir yordamida chiqarilgan. yer go ‘ng va eski devor tuprog‘i bilan oziqlantirilgan. Haydashdan oldin yerlam ing sho‘rini yuvish uchun bir necha bor sug‘orilgan, keyin omoch bilan aw alo , uzunasiga, so‘ngra ko ‘ndalangiga ikki martadan haydalgan. Keyin haydalgan yerlar mola yoki dandene bilan kesaklari maydalanib, tekislab chiqilgan. Qoraqalpoqlar asosan, yirik qoramol va yilqi boqqan. Yozda yaylovlarda, qish kunlarida esa qo‘lda boqilgan. Yirik qoramollami podachi (podashi), yilqilam i (yilqishi), mayda uy hayvonlarini esa qo ‘ychi (qo‘yshi) yoki cho‘pon (shopon)lar boqqan. Qishda chorva odatda, shox, butoq va qamishlardan tiklangan qo ‘ralar yoki bostirmalar, molxona va sayisxonada, yilqilar esa yerto‘lalarda saqlangan. Qoraqalpog‘istonning shimoliy tumanlarida muytin va qoHdovli urug‘lari yashaydigan hududlarda aholi asosan, baliqchilik bilan shug‘ullanadi. Baliq ovlash uchun qamishlardan qaza deb ataladigan moslama tayyorlangan va sol hamda qayiqlarda baliq ovlangan. Qoraqalpoqlarda m o‘ynachilik ham yaxshi rivojlangan. Chunki, qoraqalpoqlar yashaydigan hududlar, ayniqsa, Amudaryo sohillarida xilma-xil y o w o y i qush, parranda va hayvonlar juda ko ‘p edi. Shuning uchun qoraqalpoqlar boshqa m ashg‘ulotlardan tashqari vaqti-vaqti bilan ov ham qilib, o ‘rdak, g ‘oz, qirg‘ovul, quyon, sayroq va jayron ovlaganlar. Download 6.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling