Markaziy osiyo xalqlari tarixi


Afg‘onistonda matbuot ishi


Download 0.9 Mb.
bet42/140
Sana31.12.2022
Hajmi0.9 Mb.
#1073985
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   140
Bog'liq
МОХТ-2021. УМК йигиндиси - платформа учун

Afg‘onistonda matbuot ishi ham kam taraqqiy topgan. Mamlakatda hammasi bo‘lib, 18 ta gazeta va 15 ta jurnal nashr etilgan. Gazetalarning adadi juda kam nusxada nashrdan chiqarilgan. Masalan hukumat organi bo‘lgan “Isloh” gazetasining tiraji 7-8 ming nusxani tashkil etgan. Provinsiyalarda nashr etiladigan gazetalarning adadi 500-900 nusxada bo‘lgan. Afg‘onistonda chiqadigan jurnallarning soni esa bundanda kam deb ko‘rsatiladi.
Afg‘onistonda 30-40 yillarda madaniy-maorif muassasalari ham kamchilikni tashkil etgan. Xususan, 5 ta muzey, 12 ta kutubxona, 4ta kinoteatr va Kobulda bittagina havaskorlar drama teatri, bo‘lgan xolos.
Kobulda “Poxini nindore” musiqali drama teatri ishlagan. Bu teatr sahnalarida faqat afg‘on dramaturglarining emas, balki tarjima asarlar ham: Molyer, Gyugo, Chexov, Gogol va boshqa yozuvchilarning asarlari ham qo‘yilgan. Kinoteatrlar ham faoliyat olib borgan. 1858-yilda Afg‘onistonda 17 ta kinoteatrlar borligi qayd etib o‘tiladi.
Xalq sog‘liqni saqlash ishi yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan. Masalan, 200 mingdan ortiq aholiga ega bo‘lgan Kobul shahrida faqat ikkita kasalxona- 200 o‘rinli erkaklar va xotinlar kasalxonasi, ikki poliklinika va tish davolaydigan ambulatoriya mavjud bo‘lgan xolos. Butun Afg‘onistonda 130 tacha shifokor ishlagan. Demak, o‘sha vaqtlarda Afg‘onistonda deyarli har 100 ming aholiga bitta doktor to‘g‘ri kelgan.
Afg‘onistonda xalq foydalanadigan davolash muassasalari tarmog‘ining bu qadar kam rivoj topishi va sistemali suratda profilaktika tadbirlari ko‘rilmasligi mamlakatda turli yuqumli kasallliklarning keng yoyilib ketishiga va har yili o‘n minglab mehnatkashlarning bevaqt o‘limiga sabab bo‘lgan.
Sanoat tarmoqlari. 1933-yildan 1942-yilgacha Sovet davlatining bergan qarzlari hisobiga shirkatlar: Puli Humriy va Jabal us-Siroj to‘qimachilik fabrikalari, Qandahor va Qobil jun gazlama fabrikalari, Bog‘lon-shakar Qandahor va Qobul jun-gazlama fabrikalari, bir necha elektrostansiyalar, ikkita ko‘mir shaxtasi qurilib ishga tushiriladi. Mamlakatda ja’mi 300 ta katta-kichik sanoat korxonasi qurilgan bo‘lib, uning 140tasi SSSR yordami bilan qurilgan.
1949-yilda oktabrida Afg‘onistonda Oliy davlat kengashi tuziladi. Bu kengashning tuzilishi mamlakatni idora qilish ishini yanada markazlashtirish va podshoning shaxsiy hukmronligini kuchaytirish degan gap edi. 1949 yildan boshlab, (Tashqi ishlar ministrligi, Adliya vazirligi, matbuot departimentining boshlig‘idan boshqa) hamma vazirliklar bosh vazirga itoat qilmaydigan bo‘lib qoldi.

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling