Markaziy osiyo xalqlari tarixi
Download 0.9 Mb.
|
МОХТ-2021. УМК йигиндиси - платформа учун
- Bu sahifa navigatsiya:
- Trotskiyning Xitoy to‘g‘risida fikrlari.
Sovet Tashkilotlari. 30yilar o‘rtalarida Xitoy sovet rayonidagi kasaba tashkilotining 220 mingdan ziyod a’zosi mavjud bo‘lgan. Birgina markaziy sovet rayonidagi kambag‘al tashkilotning 149 ming a’zosi ruyxatga olingan. Umuman olganda Xitoy sovet hukumati, kommunistlar partiyasining rahbarligi ostida ommaviy tashkilotlarni yo‘lga qo‘ydi. Shu orqali keng mehnatkashlar ommasini inqilobni mustahkamlash uchun o‘z atrofiga birlashtirdi.
Trotskiyning Xitoy to‘g‘risida fikrlari. “Xitoy kompartiyasining rahbarlik organlarida, Trotskiyning gapiga kiradigan opportunistlarni Komintern, Xitoy Kompartiyasi avvalroq partiyadan haydamaganda, ular Xitoy inqilobini xarob qilishi mumkin edi” deb ko‘rsatiladi “Xitoy inqilobi tarixidan parchalar” kitobida. Trotskiyning fikricha, “Xitoydagi sovetlarning asosiy qismi dehqonlardan bo‘lgan uchun va sovetlar harakatiga hozir sharoyit yo‘qligi uchun natija chiqmaydi” deb ta’kidlab o‘tadi. Trotskiy bunda to‘g‘ridan-tog‘ri aksilinqilobiy tugatuvchilik bahoni beradi. Trotskiyning 1926-yilda, sharoyit bo‘lmagan vaqtda, “sovetlar tuzish kerak” degan shiori bilan, 1930-yilda esa sovetlar tuzish uchun muvofiq sharoyit kelganda, sovetlar tuzishning o‘rniga “Millat majlisiga kirish” haqidagi taklifi, uning dushman lageriga o‘tib ketganini yanada oydinlashtirib beradi deb ko‘rsatiladi mazkur manbada. Trotskiy Xitoy inqilobining g‘alaba qozonishi haqida 1933-yilda Pekindagi do‘stlariga yozgan xatida: “Agar Xitoy Yaponiya bilan SSSR o‘rtasida bo‘ladigan urushni tezlashtirsa, o‘shandagina inqilob g‘alaba qozonadi. SSSR bo‘lsa Xitoyning ozod bo‘lishini xohlamaydi, shuning uchun Yaponiya bilan urishmaydi. Shunga ko‘ra Xitoydagi bu inqilob hozircha g‘alaba qozona olmaydi.” Deb keltirib o‘tadi. Trotskiy Parijda general Fin-Juy-San rahbarlik ostida tuzilgan bir to‘da Xitoy ziyolilar partiyasi, “Ishchi dehqonlar partiyasi” rahbarligi ostida uzoq kelajakda kommunistlarga qarshi kurash natijasida Xitoy xalqining ozod bo‘lishi, mumkin dedi. Hozirgi vaqtda Xitoyning 300dan ziyod uyezdlarida mustahkam doimiy, sovet rayonlari tuzilgan. Bunday mustahkam sovet rayonlari Szi Jan Si, Xunan, Xubej, Guansi, Sansi, Shinsi, Sin Ziyan va boshqa rayonlarda 20 miln xalqni o‘z ichiga olgan. Xitoy proletoriyati o‘rtasida ishsizlar tobora ko‘payib bordi.Xitoyda sistremali bir hisobot idorasining yo‘qligi mamlakatda bo‘lgan ishsizlar hisobini olishga imkon bermaydi. Lekin har holda Xitoy mexnat federatsiyasining qo‘lidagi to‘la bo‘lmagan ma’lumotlarga qaraganda – Xitoyda 1930 yilda 5 mln ya’ni Xitoydagi proletariatning 70 % ishsiz bo‘lgan. 1930 yilda ishsizlikdan chet elga chiqib ketgan Xitoy ishchilaridan 500 ming kishi o‘lkaga qaytib keladi. Stalin XVI qurultoydagi so‘zidan “ Xitoyni faqat sovelar qutqara oladi” deb aytgan. Amerikaning liberal burjuaziya gazetasi, 27-sentabrda “Qizil Xitoy” sarlavhali maqolada quyidagilarni yozadi. “Sovet rayonlari hukumat rayonlariga qaraganda ancha ijobiy holatdadir. Olinadigan hosil bu yerda juda ko‘p, soliq esa oz. sovet hukumati o‘zining yashash davrida bu joylarda pul aloqasini ancha tartiblashtirdi va xalq maorifi bobida ham ancha yutuqlarga erishdi. Sovetlar 6 yillik urush natijasida ko‘rsatdilarki, birgina haqiqiy hukumat Xitoyda Sovet hukumati ekan.” Sovetlar hukumati boshlang‘ich g‘alabaga erishganlaridan so‘ng, Xitoy davlatining siyosiy idorasini (OGPU) tuzildiki, bu idora ichki aksilinqilobga va josuslikka qarshi qahramonlarcha kurashmakda, imperialistlar va Gomindan Xitoy sovetlariga qarshi ochiqdan-ochiq harbiy yurish qilish bilan birga, sovet rayonlarida turli namoyishlarni uyushtirish, sovet hukumatini ichdan ag‘darishga ham alohida diqqat qildi. SSSRning “sovuq urush” davrida Xitoyning g‘arbiy hududlariga, xususan Sharqiy Turkiston o‘lkasiga ta’sirini o‘tkazishga harakat qildi. 60-yillarga borib xitoy-sovet munosabatlari yomonlashadi. Endilikda davlat iqtisodiy rivojlanish tamoyillarini o‘zi belgilab olgan XXR tashqi siyosatda AQSh bilan yaqinlasha boshlaydi. Sharqiy Turkiston o‘lkasidagi siyosiy vaziyat ham o‘zgarib, bu yerda kapitalistik davlatlarning roli oshib bordi. Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling