Markaziy osiyo xalqlari tarixi


Download 0.9 Mb.
bet46/140
Sana31.12.2022
Hajmi0.9 Mb.
#1073985
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   140
Bog'liq
МОХТ-2021. УМК йигиндиси - платформа учун

So‘nggi savolning bayoni. Katta davlatlarning Afg‘oniston ichki ishlariga aralashuvi. AQSh imperialistlarining Afg‘onistonni asoratga solish yo‘lidagi harakatlari. AQSh 1921-yil iyul oyida Afg‘oniston bilan aloqa bog‘lash uchun birinchi marta urinib ko‘radilar. Bu vaqtda Afg‘oniston hukumatining missiyasi amir Omonullaxonning xatini olib, qisqa muddatda Amerika Qo‘shma Shtatlariga borgan edi. AQSh bu missiyani prezident Garding va AQSh davlat sekretari Yuz qabul qiladi. Biroq Amerika imperialistlari aloqa o‘rnatish uchun zo‘r berib harakat qilgan bo‘lsalarda Afg‘oniston bilan amaliy aloqa o‘rnatish haqida afgon hukumati vakillari bilan kelishib olishga muvaffaq bo‘la olmaydilar.
Shunday bo‘lsada, 1922-yildayoq Afg‘onistonda AQSh monopoliyalarining vakillari paydo bo‘la boshlaydi.AQShning o‘sha paytda dong chiqargan moliya korchaloni Vanderlip Afg‘onistonda bo‘lgan edi. Ayni bir vaqtda u Afg‘on Turkistonida konsessiya berilishini Omonullaxondan talab qilgan edi. Lekin o‘z maqsadiga erisha olmaydi. 1928-yilda Amerika neft kompaniyalari nomidan ish ko‘rgan Nyu-Yorklik advokat Daniyel Strogan Afg‘onistonda “Neft axtarish va boshqa foydali qazilma konlari” yuzasidan konsessiya olish uchun harakat boshlaydi, lekin u ham o‘z maqsadiga erisha olmaydi.
Uzoq vaqt davom etgan muzokaralardan so‘ng, 1936-yilda, Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi eng katta neft kompaniyalaridan biri bo‘lgan “Seabord Oil Kompaniya” si Hirot provinsiyasidagi Tirpul neft konidan neft chiqarish va neft quvurlarini qurish haqidagi konsessiya shartnomasiga Muhammad Zokirshoh hukumatining qo‘l qo‘yishiga muvaffaq bo‘ladi. Ammo bir muddat o‘tgach, 1938-1940-yillarda yuz bergan ingliz imperialistlarining avantyurasi va tazyiqi ostida AQSh kompaniyasi bilan tuzilgan shatnomalar bekor qilina boshlandi. Oxir-oqibat kompaniya vakillari bu hududdan chiqib keta boshlaydilar. 1942-yil iyulida Amerikaning Afg‘onistondagi 1-elchisi Karnelius Van-Engert va elchixonaning butun xodimlari Kobulga tashrif buyuradilar. Aynan shu vaqtdan e’tiboran AQSh zo‘rlik asosida Afg‘oniston hududiga suqilib kira boshlaydi. 1942-yildan 1951-yilgacha o‘tgan o‘n yil vaqt ichida eksport tovar qiymati Afg‘onistondan AQShga 4 barobar oshgan bo‘lsa, (8,1 miln dollardan 34,5 dollarga etgan) AQShdan Afg‘onistonga 40 hissa oshadi. ( 110 ming dollardan 4 miln 307 ming dollarga yetadi.)
“Hozirgi vaqtda ma’muriy bo‘linishga ko‘ra Afg‘oniston 7 ta provinsiyaga, (Kobul, Qandahor, Hirot, Mozori Sharif, Qatag‘an, Janubiy, Sharqiy vbiloyatlarga) va 5 oblastga (G‘azna, Parvon, Maymana, Badaxshon va Farruh oblastlariga) bo‘linadi.”
Nodirshoh va uning vorisi Muhammadshoh hukumatlari mamlakat manfaatlari va yirik savdo burjuaziyasi talablarini ko‘zda tutib, tashqi siyosatda Omonullaxon hukumatining proteksionistik siyosatini davom ettirdilar, bu esa afg‘on milliy bozorining tarkib toppish jarayonini tezlashtiradi. 1955-yilda sovet-afg‘on bitimi imzolanadi. Unga ko‘ra SSSR o‘z hududi Afg‘oniston tashqi savdosida tranzit vazifasini o‘tashi mumkinligini e’lon qiladi. Mamlakatning eng taraqqiy etgan qishloq xo‘jalik viloyatlari – Afg‘on Turkistoni va Hirot viloyati Kobil bilan avtomobil yo‘li orqali birlashtirildi. Bu esa yuklarni tez tashish imkoniyatini tug‘dirdi. Ba’zi shimoliy rayonlarning bir vaqtlar iqtisodiy jihatdan qoloqligi yo‘qola boshladi, qishloq xo‘jalik rayonlarining ixtisoslashuvi zaminida tovar munosabatlari kengaya boshladi. Shunga qaramay M.Zokirshohning 40 yillik hukmronligi davrida mamlakat taraqqiyoti o‘ta sekin rivojlandi. Aholi turmush darajasi pastligicha qolaverdi.
13-mavzu. JАHОN URUSHI АRАFАSIDА VА URUSH YILLАRIDА MАRKАZIY ОSIYO ХАLQLАRINING IJTIMОIY IQTISОDIY АHVОLI. FАSHIZMGА QАRSHI KURАSHDА FRОNTDАGI VА FRОNT ОRTIDАGI UMUMХАLQ JАSОRАTLАRI.


Reja:
1. Ikkinchi jahon urushining boshlanishi va Markaziy Osiyo xalqlarining undagi ishtiroki.
2. Urush yillarida Markaziy Osiyoning qishloq xo‘jaligi, mehnatkash dehqonlarning kundalik hayoti va g‘alabaga qo‘shgan hissasi.



Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling