Markaziy osiyo xalqlari tarixi


Xitoy sovet hukumatining madaniyat, maorif va sog‘liqni saqlash sohasidagi ishlari


Download 0.9 Mb.
bet44/140
Sana31.12.2022
Hajmi0.9 Mb.
#1073985
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   140
Bog'liq
МОХТ-2021. УМК йигиндиси - платформа учун

Xitoy sovet hukumatining madaniyat, maorif va sog‘liqni saqlash sohasidagi ishlari. Xitoyda o‘sha davrdagi sovet rayonlarida, inqilob bo‘lganga qadar, madaniy, ma’rifiy, maktab ishlari butunlay qoloq ahvolda bo‘lgan. Sharqiy Turkistonda dehqonlar va ishchilar qatlami bolalarni o‘qitmas edilar, faqat eng katta rayon va uyezd markazlaridagina ayrim maktablar bo‘lib, ular ham xodimlarning qo‘lida bo‘lgan deb manbalarda ko‘rsatiladi. 3
O‘lka sharoyitida savodli odamni topish juda mushkul ish bo‘lgan. Sovet hukumati tuzilgandan so‘ng, xalqni o‘qitish ishlariga katta ahamiyat berila boshlandi. Barcha rayonlarda xalq maktablari ochila boshlandi. Bu maktablar o‘qimishli va yaxshi savodga ega muallimlar bilan ta’min etildi. Birgina Nando rayonida 50-yillarda 350 ta xalq maktabi, 580 ta kechki maktab va boshqa sovet maktablari tashkil qilinadi. Bundagi o‘quvchilarning soni 10 mingdan ham ziyod bo‘lgan . Xuddi shu rayonning o‘zida 13 ta klub ochilgan.
Maktab bolalari pulsiz o‘qitilishi bilan birga bepul ovqat va o‘qish qurollari ham ajratildi. Xitoy sovetlarining markaziy shaharlarida, 1933-yilning oxirida Karl Marks nomida kommunistlar dorilfununi ham ochiladi. Bundan boshqa bir qancha o‘rta maktablar ham bor bo‘lgan. Xitoy sovetlar hukumati Xitoyning ko‘p sonli alifbesini o‘zgartirib, o‘rganish oson bo‘lgan yangi alifbo qabul qilindi. Bu xalq uchun ilm olish yo‘lini osonlashtirdi.
Qishloqlarda agronomiya choralarini qo‘llash uchun ham juda ko‘p ishlar qilindi. Sinzyan provinsiyasida adabiyot ishlari ham tezlik bilan oldinga yura boshladi.
Xitoy sovetlari va xotin qizlar ozodligi sohasidagi ishlar. 1929-yil 4-qurultoyda qabul qilingan dekretga muvofiq, Xitoy sovetlar doirasida bo‘lgan hamma mehnatkash er, xotin-qizlar, ularning millatidan qat’iy nazar teng huquqqa molik qilindi. Bu siyosat “Yangi chegarada” ham joriy etildi. Yosh qizlarni zo‘rlab erga berish qattiq jinoyat sanaldi. Nikoh munosabatlarini yuritish uchun, ZAKS (FHDYO) sistemasi kiritildi. Pomeshchiklarning yeri musodara qilinganda erlar bilan baravar xotin-qizlarga ham yer berish tartibi qo‘llanila boshlandi. Sovet korporativ va kasaba idoralarida ishlaydigan kishilarning hech bo‘lmaganda 2/5 qismi xotin qizlardan bo‘lishi ta’min etildi. Har bir sovet idoralari oldida xotin-qizlarning huquqini himoya qiladigan alohida komissariyatlari mavjud bo‘lgan.

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling