Markaziy osiyo xalqlari tarixi


Mamlakatda ruhoniylar ta’siri


Download 0.9 Mb.
bet39/140
Sana31.12.2022
Hajmi0.9 Mb.
#1073985
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   140
Bog'liq
МОХТ-2021. УМК йигиндиси - платформа учун

Mamlakatda ruhoniylar ta’siri. 30-yillar oxirida Afg‘onistonda 20 ming kishidan iborat diniy ta’lim beruvchi ruhoniylar borligi qayd etib o‘tiladi. Ular mamlakatning butun iqtisodiy-siyosiy hayotiga katta ta’sir o‘tkazib kelganlar. Maktab bilan sud qonun bo‘yicha ana shu ruhoniylar nazorati ostida bo‘lgan. O‘ta reaksion bo‘lgan bu qatlam progressiv tadbirlar ko‘rilishiga jon-jahdlari bilan qarshilik ko‘rsatib kelganlar. Afg‘oniston ruhoniylari mamlakatdagi ichki reaksiya uchungina emas, balki tashqi reaksiya uchun ham tayanch bo‘lib kelganliklari manbalarda keltirib o‘tilgan. Masalan Angliya imperialistlari Afg‘onistonda mana shu ruhoniylarning yordami bilan bir necha marta reaksion isyon chiqaradilar.
Sharqiy Turkiston. XX-asr birinchi yarmida Sharqiy Turkistonda mulkchilik munosabatlari yer egaligiga asoslangan ko‘rinishda bo‘lib, mulkdorlar va oddiy dehqonlar qatlami jamiyatning eng muhim tayanch qismi hisoblangan. O‘lkada ikki marotaba 1933 yil va 1944-yil 12- noyabrda mustaqil davlatlarning tuzilishi, o‘lkaning keyingi taraqqiyotiga ma’lum qadar xizmat qildi. Ikkinchi jahon urushiga qadar bo‘lib o‘tgan siyosiy voqealardan so‘ng, ushbu hududda bir necha marotaba bo‘lib o‘tgan muzokaralardan so‘ng 1945-yil sentyabrda Londonda sovetlar tomonidan Molotov, xitoyliklardan Wang Shi Jie “Sovet Xitoy do‘stlik” shartnomasini tuzadilar. Unga ko‘ra tomonlar Sharqiy Turkistondagi siyosiy jarayonlarni tinchlik yo‘li bilan hal etishga kelishib oladilar.
1945-yil oktayabrda ikki tomonning kelishuviga binoan delegatlar “Di Hua” (hozirgi Urumchi) da muzokaralar olib borishadi. Gomindanchilar tomonidan Ji Jang, ikkinnchi tomondan Rahimjon, Abduhayr, Ahmadjon-Hoshim va boshqa kishilar uchrashuvda qatnashishadi(Bu kkeliishuvga hatto ruslardan ham vakil qatnashgan) va nihoyat 1946 yil aprelga kelganda 11 bo‘limdan iborat shartnoma imzolanadi. Shartnomaga binoan “Sharqiy Turkiston Islom jumhuriyati” butunlay bekor qilindi va G‘o‘lja, Chuguchak, Ashan kabi ma’muriy birlilar qayta tiklanadi.
Bu siyosiy voqealardan so‘ng Xitoy hukumati Sharqiy Turkistonning ijtimoiy-siyosiy hayotini yaxshilashga qaratilgan bir qator tadbirlarni amalga oshira boshladi. Xitoy inqilobining 30-yillardagi eng muhum vazifasi yer masalasini hal qilish va shu bilan feodalizm qoldiqlarini tugatish bo‘lgan. 1929-1930 yillarda yirik yer egaligini tugatish to‘g‘risidagi dekretda “Agar Xitoy sovetlari yer masalasini hal qilishni bir kunga kechiktirsalar, dehqonlarga yerlarni olib bermasalar, o‘zlariining asosiy tayanch inqilobiy kuchidan butunlay ajralib qolish mumkin” deb ko‘rsatilgan jumlalar mavjud bo‘lgan.
Xitoyda sovetlashtirish siyosatining o‘tkazilishi bilan, Xitoy Kompariyasining ko‘zga ko‘ringan vakillaridan Lili San va boshqalar 20-yillar o‘rtalaridan boshlab, Xitoyda yerlarni natsionalizatsiya qilish va majburiy suratda kolxoz va sovxozlar tuzishni taklif qiladi.
30-yillardan boshlab Xitoyning yirik provinsiyalarida, jumladan Sharqiy Turkistonda ham pomeshchik yerlari musodara qilinib, o‘sha yerlarda ishlayotgan ijarachilarga berila boshlandi. Lekin, bu ijarachilarning ko‘pi xo‘jayin bilan yana ochiq-yopiq holda aloqada bo‘lib, hosilning 50% ni amaldorga berganlar. Bu narsa keyinchalik batraklarni qanoatlantirmay qo‘yadi. Tajribada bu taqsimotning kamchiligi sezildi. U ham bo‘lsa, yerlarni jonga qarab taqsim qilganda, bir xo‘jalikda olti jon bo‘lsa,shulardan ikkitasigina ishlayotgan bo‘lib, qolganlari ishlamayotganliklarini hisobga olganda, ko‘p yerlarning ishlatilmay qolib ketgan holatlari kuzatilgan. Bu muammoning eng yaxshi yo‘l topildiki, u yerning 50%ni jon boshiga, 50 %ni ishlovchiga qarab taqsim etish edi.



Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling