12-mavzu. XX АSR 2-YARMIDА АFG‘ОNISTОN, SHАRQIY TURKISTОN MАDАNIY HАYOT TАRZINING “SОVЕTLАSHTIRILISHI”.
Reja:
Mavzu tarixshunosligi. Adabiyotlarning qiyosiy tahlili.
XX asr birinchi yarmida Afg‘oniston, Sharqiy Turkistonda ijtimoiy-siyosiy vaziyat
XX asr ikkinchi yarmida Sharqiy Turkiston.
Iqtisodiy madaniy ahvol, madaniy hayot tarzining “sovetlashtirilishi”.
Katta davlatlarning Afg‘oniston ichki ishlariga aralashuvi.
Sinzyan avtonom rayoniga nisbatan XXR ning siyosati.
Tayanch so‘z va iboralar: “Madaniylashtirish”, sovetlashtirilgan rayonlar, yer masalasi, soliq siyosati, sovet tashkilotlari, “Kobul” universiteti, “Pashto Talina” akademiyasi, “Milliy gazetalar”
S Mavzu tarixshunosligi. Foydalanilgan adabiyotlar va ularga tasnif. Adabiyotlarning qiyosiy tahlili.
J A.Lebedenka. “Bu kungi Xitoy” N.Fahriddinov tarjimasi O‘zdavnashr Toshkent, Boku-1931 yil. Mazkur asarda Xitoy provinsiyalarida 20-yillardan keyin bo‘lib o‘tgan ijtimoiy, siyosiy, madaniy hayotdagi o‘zgarishlar, Sharqiy Turkistondagi inqilobiy holatlar, maorif tizimida yuz bergan o‘zgarishlar yoritib beriladi.
Бармин Кирилл Валерьевич - “Политика Великих держав в Синьцзяне в 1918 – 1949 гг.” Барнаул – 2005yil Oltoy davlat universitetining sharqshunoslik kafedrasida himoya qilingan mazkur dissertatsiyada XX asr birinchi yarmida katta mustamlakaga ega bo‘lgan qudratli davlatlarning Xitoyning g‘arbiy hududidagi Sinzyan (Sharqiy Turkiston) bilan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy yo‘nalishdagi xalqaro munosabatlari yoritib berilgan. Unda asosan SSSR, Buyuk Britaniya, AQSh va Yaponiya kabi xalqaro maydonda muhim ahamiyat kasb etadigan davlatlarining Xitoy bilan munosabatlari ko‘rsatib beriladi.
Malla Abdullayev “Xitoy inqilobi tarixidan parchalar” O‘zSSR davlat nashriyoti, Toshkent-1935-yil. Lotin alifbosi asosida yozilgan ushbu asarda kommunistik jamiyatlarning mamlakat iqtisodiy- siyosiy hayotiga ta’siri, Xitoy sovet hukumatining madaniyat, maorif va sog‘liqni saqlash sohasidagi ishlari, Xitoyning sovet rayonlarida yer masalasining hal qilinishi, soliq siyosati, Trotskiyning Xitoy to‘g‘risida fikrlari va Xitoy sovetlari va xotin qizlarining ozodligi sohasidagi qilgan ishlari keltirib o‘tiladi.
“Общественная мысль Афганистана в первой трети ХХ- века” Изд-во "Наука," Глав. ред. восточной лит-ры, 1986 г. Mahalliy millat vakili Sharof Imomov tomonidan yozilgan yozilgan mazkur manbada Afg‘onistonning XX asrning 30-yillarida yuz bergan voqealar, Bachai Sakoning islohotlarni bekor qilishdagi reaksiyon siyosati, Nodirshohning Afg‘onistonning ichki va tashqi siyosatida amalga oshirgan islohotlari, maorif va madaniy hayotda bo‘lgan ijtimoiy o‘zgarishlar aks ettirilgan.
M. G. Pikulinning 1. “Afg‘oniston” (Ekonomik ocherk) O‘zbekiston SSR fanlar akademiyasi nashriyoti, Toshkent-1957yil. 2. “Afg‘oniston” (Tarixiy-iqtisodiy ocherk) O‘zbekiston SSR davlat nashriyoti-1959 yil. Ushbu asarlarda SSSRning janubiy qo‘shnisi bo‘lmish Afg‘onistonning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va geografik holatini kompleks holatida o‘rganish, tashqi siyosatda mustamlakachi davlatlarning Afg‘oniston Respublikasiga uyushtirayotgan ekspansiyalari va hal qilinishi lozim bo‘lgan muammolarini tahlil etish va chora–tadbirlar ko‘rish masalasi yotadi. Asarlar X. Muhammedov tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |