Markaziy osiyo xalqlari tarixi
-mavzu. MАRKАZIY ОSIYO RЕSPUBLIKАLАRIDА 1991 YILDА DАVLАT MUSTАQILLIGINING QАBUL QILINISHI. MUSTАQIL RЕSPUBLIKАLАRNING KОNSTITUSIYALАRI
Download 0.9 Mb.
|
МОХТ-2021. УМК йигиндиси - платформа учун
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‘z va iboralar
16-mavzu. MАRKАZIY ОSIYO RЕSPUBLIKАLАRIDА 1991 YILDА DАVLАT MUSTАQILLIGINING QАBUL QILINISHI. MUSTАQIL RЕSPUBLIKАLАRNING KОNSTITUSIYALАRI.
Reja: Markaziy Osiyoda mustaqil respublikalarning tashkil topishi va boshqaruv asoslari. Konstitutsiya tushunchasi, mohiyati va belgilari. Konstitutsiyaning funksiyalari, shakllari. Konstitutsiyani qabul qilishning asosiy xususiyatlari, Konstitutsiyani turlari. Konstitutsiyani o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish tartibi. Mustaqil respublikalarning Konstitutsiyalari. Tayanch so‘z va iboralar: Markaziy Osiyo, mustaqillik, mustaqil respublikalar, davlat organlari, konstitutsiya tushunchasi, uning turlari, Markaziy Osiyo respublikalari konstitutsiyalari, ijtimoiy-siyosiy ahvol, Mustaqillik Deklaratsiyasi, O‘sh-Botkent fojealari, davlat tuzumi, mafkura, ma'naviyat, inson huquqlari. S Markaziy Osiyoda mustaqil respublikalarning tashkil topishi va boshqaruv asoslari. J Markaziy Osiyo xalqlari hisoblanmish qozoq, qirg‘iz, turkman, tojik va o‘zbek xalqining uzoq davr mobaynida ushalmas bo‘lib kelgan orzulari amalga oshadigan kunlar ham keldi. 1990-yillarning birinchi yarmidan boshlab birin-ketin Markaziy Osiyo xalqlari o‘zlarining davlat mustaqilligini e'lon qila boshladilar. Shunday davlatlardan biri Markaziy Osiyo mintaqasida Tojikiston Respublikasi nomi bilan vujudga keldi. Tojikiston - Markaziy Osiyoning janubi sharqida joylashgan davlat bulib, hududi – 143.1 ming kv.km. aholisi – 6.3 mln kishi (2003 yil). Poytaxti – Dushanbe shahri. 1991 yil 9 sentyabrda Oliy Sovet sessiyasida Tojikiston SSRning nomi Tojikiston Respublikasi deb o‘zgartirildi va davlat mustaqilligi e'lon qilindi. 1990 yildan keyin Tojikistonda talaygina siyosiy partiyalar va harakatlar tashkil topdi. Ularning ko‘pchiligi bozor iqtisodiyotiga yo‘naltirilgan demokratik islohotlarni (millatchilik va vatanparvarlikni o‘zlaricha tushunish nuqtai nazaridan) yoqlab va himoya qilib chiqdilar. Dinga berilgan katta erkinlik dunyoviy davlatda Islomning roli qanday bo‘lishi lozimligi masalasida jiddiy kelishmovchiliklarni keltirib chiqardi. 1992-1997 yillarda Tojikistonda katta miqyosdagi fuqarolar urushi olib borildi. Bir necha yillik muzokaralardan so‘ng 1997 yil 27 iyunda “Tinchlik va Milliy totuvlikni o‘rnatish to‘g‘risidagi” Umumiy bitim tuzildi. Unga muvofiq, har bir tarafdan 13 nafardan - yo hukumat yoki Tojikiston Birlashgan Oppozitsiyasi (TBO) nomidan vakillik qiladigan 26 a'zoni o‘z tarkibiga olgan Milliy yarashuv komissiyasi tashkil etildi. Tojikiston – unitar davlat. Ma'muriy – hududiy jihatdan So‘g‘d (sobiq Leninobod) va Xatlon viloyatlari (45 tumanni o‘z ichiga olgan) va Tog‘li Badaxshon avtonom viloyatiga bo‘linadi. Ushbu avtonom viloyat mamlakatning eng uzoq tog‘li hududida joylashgan bo‘lib, maxsus maqomga ega(jumladan, hokimiyat markaziy organlarida vakilik kafolatgan). Uning vakolatlari 1995 yil 4 noyabrda qabul qilingan “Tog‘li Badaxshon avtonom viloyati to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunda begilangan. Tojikiston Prezidenti - Davlat boshlig‘i, shuningdek ijro etuvchi hokimiyat (Hukumat) boshlig‘idir. U bevosita to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov yo‘li bilan yashirin ovoz berish orqali yetti yil muddatga saylanadi. Ayni bir shaxs ketma-ket bir muddatdan ortiq Prezident bo‘lishi mumkin emas. Prezident ichki va tashqi siyosatning asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi. Mamlakat ichkarisida va xalqaro munosabatlarda Tojikiston nomidan ish ko‘radi, vazirliklar va davlat qo‘mitalarini tuzadi va tugatadi. Bosh vazir va hukumatning boshqa a'zolarini tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi. Tojikiston hukumati - Prezidentga bo‘ysunadi va parlament oldida javobgar emas. U Bosh vazir, uning birinchi o‘rinbosarlari, o‘rinbosarlari, vazirlar va davlat qo‘mitalarining raislaridan tashkil topgan. Tojikistondagi mahalliy xokimiyat o‘ta markazlashtirilgan. Mahalliy vakillik organlari - bular xalq deputatlari majlislari bo‘lib, raislar tomonidan boshqariladi. Joylarda ijro etuvchi xokimiyat Tojikiston Prezidentining vakillari tomonidan amalga oshiriladi va u barcha darajadagi mahalliy xokimiyat raislarini tayinlaydi va ozod qiladi. Turkmaniston Respublikasi - Markaziy Osiyoning janubi – g‘arbida joylashgan davlat bo‘lib, hududi – 488 ming kv km. Aholisi – 408 mln kishi (2003 yil). Poytaxti – Ashxabod shaxri. 1991 yil 26 oktyabrda referendum chog‘ida saylovchilarning ko‘pchiligi Respublika mustaqilligini yoqladilar. 1991 yil 27 oktyabrda “Turkmanistonning mustaqilligi va davlat qurilishining asoslari to‘g‘risida”gi Kostitutsiyaviy qonun bilan “Turkmansiton SSR” nomi “Turkmaniston” qilib o‘zgartirildi va mamlakatning bozor munosabatlariga o‘tishi e'lon qilindi. Dastlabki prezidenti – Safarmurad Niyazov. Hozirda mamlakatni Gurbanguli Berdimuhamedov boshqarmoqda. Turkmaniston – unitar davlat hisoblanib, ma'muriy – hududiy bo‘linishi jihatidan beshta viloyat, etraplar va shaharlardan iborat. Turkmaniston respublikasi tabiiy gaz zahiralariga boy davlat hisoblanadi. Turkmanistonda hokimiyat boshqaruv organlarining tizimi o‘ziga xos bo‘lib, bu yerda vakillik hokimiyati bilan davlat hokimiyati o‘rtasida farq o‘tkazilgan. Davlat va ijro etuvchi hokimiyatning boshlig‘i umumiy to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov yo‘li bilan saylanadigan Turkmaniston prezidentidir. U davlatning oliy mansabdor shaxsi va milliy mustaqillikning hududiy yaxlitligi, Konstitutsiyaga va xalqaro bitimlarga rioya qilishning kafolati hisoblanadi. Uning vakolat muddati besh yil, Konstitutsiyaga muvofiq, bir shaxs ikki muddatdan ortiq Prezident bo‘lishi mumkin emas.Turkmaniston Prezidenti Konstitutsiya va qonunlarni hayotga tatbiq qiladi, ularning aniq bajarilishini ta'minlaydi. Tashqi siyosatga rahbarlik qiladi, boshqa davlatlar bilan munosabatlarda Turkmaniston nomidan ish ko‘radi. Turkmaniston diplomatik vakillarini tayinlaydi va chaqirib oladi. Xorijiy diplomatik vakillarning ishonchnoma va chaqirib olish yorliqlarini qabul qiladi. Prezident Qurolli kuchlarning oliy bosh qo‘mondoni sifatida ish ko‘radi, umumiy va qisman safarbarlik to‘g‘risida, qurolli kuchlardan foydalanish to‘g‘risida qarorlar chiqaradi. Vazirlar mahkamasi yoki hukumat ijroiya tassaruf etuvchi organ hisoblanib, Turkmaniston Prezidenti tomonidan boshqariladi. Uning tarkibiga Mahkama raisining o‘rinbosarlari va vazirlar kiradi. Hukumat qonunlar, Prezident hujjatlari, Xalq maslahati qarorlarining ijro etilishini tashkil qiladi, mulkni muhofaza qiladi, jamoat tartibini va milliy xavfsizlikni ta'minlaydi. Davlatning ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlarini, mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi bo‘yicha takliflarlarni ishlab chiqaradi va tasdiqqa kiritadi. Qirg‘iziston Respublikasi - Markaziy Osiyoning shimoli – sharqida joylashgan davlat hisoblanib, hududi – 198.5 ming kv km. Aholisi – 5 mln kishi (2003 yil). 1990 yil 15 dekabrida Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi Deklaratsiya qabul qilinganidan keyin Qirg‘iziston SSRning nomi Qirg‘iziston Respublikasi deb o‘zgartirildi.1991yil 31 avgustida davlat mustaqilligi e'lon qilingan. Davlatning birinchi prezidenti Askar Akaev. “Lola” inqilobidan so‘ng davlat rahbarligiga Qurbanbek Bakiev, 2009 yil to‘ntarishidan so‘ng esa “o‘tish davri” prezidenti etib Roza O‘tunboeva saylandi. 2011 yil oktyabr saylovlarida Almazbek Atambaev saylandi. Qirg‘iziston – unitar davlat hisoblanib, ma'muriy – hududiy bo‘linishiga ko‘ra 6 ta viloyat, 40 ta tuman va 21 ta shahardan iborat. Poytaxti – Bishkek shahri. Davlat boshlig‘i – to‘g‘ridan to‘g‘ri ovoz berish yo‘li bilan besh yil muddatga saylanadigan Prezident, Qirg‘izistonda Prezident lavozimi 1990 yil oktyabrda joriy qilingan. Prezident Qirg‘izistonning ichki va tashqi siyosatini amalga oshirishga rahbarlik qiladi, muzokaralar olib boradi va xalqaro shartnomalarni imzolaydi, yorliqlarni ratifikatsiya qiladi. Qirg‘iziston Respublikasi diplomatik vakillarini lavozimlarga tayinlaydi va chaqirib oladi, fuqarolik va siyosiy boshpana berish masalalarini hal qiladi. Hukumat ijro etuvchi hokimiyatning oliy organi bo‘lib, Bosh vazir, Bosh vazir o‘rinbosarlari, vazirlar, davlat qo‘mitalari raislaridan tarkib topgan. Hukumatning asosiy majburiyatlariga quyidagilar kiradi. Respublika byudjetini ishlab chiqish, Parlamentga taqdim etish, byudjet-moliya, soliq va narx siyosatini o‘tkazish, davlat mulkini boshqarishni tashkil etish, Respublika mudofaasi va davlat xavfsizligini ta'minlash, tashqi siyosatni amalga oshirish, qonunchilikni, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, mulkni va jamoat tartibini muhofaza qilish, jinoyatchilikka qarshi kurash vazifalari kiradi. Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling