Markaziy osiyo xalqlari tarixi
S Buxoro amirligi va Xiva xonliklarida milliy istiqlolchilik harakati
Download 0.9 Mb.
|
МОХТ-2021. УМК йигиндиси - платформа учун
S Buxoro amirligi va Xiva xonliklarida milliy istiqlolchilik harakati.
J Qizil qo‘shinlarning Xorazm va Buxoro mamlakatlari hududlariga tajovuzkorlik bilan bostirib kirishlari davomida qilgan talonchiliklari, zo‘rliklari, qon to‘kishlari ommaviy noroziliklarni keltirib chiqargan asosiy sabablardan bo‘ldi. Bu beboshliklar keyingi davrlarda ham davom etdi. Tajovuzkor qo‘shinlarga buyruq bergan, qo‘mondonlik qilgan, respublikalar hududlarida qizil askarlar garnizonlarini joylashtirib, ularga tayanib ish yuritgan bolsheviklar, harbiylar, xalq boyliklari, mol mulkini tortib olish, odamlarni qatag‘on qilish, inqilobiy o‘zgartirishlarni amalga oshirish, milliy qadriyatlarni oyoq osti qilishga boshchilik qildilar. Bu qizil armiyaga qarshi harakatning kengayib, ommaviy tus olishiga olib keldi. Harakatda yerli aholining deyarli barcha qatlamlari, birinchi navbatda dehqonlar qatnashdilar. Bu hol harakat boshliqlari, ularga kelib qo‘shilganlarning turli tabaqalarga mansub bo‘lgani, noroziliklar, qahr-g‘azab, murosasiz janglarga shaylanganlar doiralari ko‘lamining nechog‘lik keng, o‘tkir, shiddatli bo‘lganidan dalolat beradi. Qizil armiyaga qarshi kurash olib borgan guruhlar, shahar va tumanlarda ko‘tarilgan qo‘zg‘olonlar Buxoro respublikasining g‘arbiy, markaziy, sharqiy qismlarida boshlanib, ommaviy tus oldi. 1920 yil avgust oyining oxirgi kunida poytaxt Buxorodan ketgan amir Olimxon Sharqiy Buxoroga kelib, katta kuchlar to‘pladi, ularning soni 12 ming, keyinroq 25 ming kishiga yetdi, qizil qo‘shinlarga qarshi janglar olib borildi. Ibrohimbek (1889-1932), Davlatmandbek va boshqalar kurashga boshchilik qildilar. Jiddiy zarbalarga javoban qizil armiya qo‘mondonligi yangi-yangi qismlarni, ko‘plab qurol-aslahalarni yetkazib kelib, ishga soldi. 1921 yil boshida mag‘lubiyatga uchragan amir Olimxon Afg‘onistonga o‘tib ketdi. Shu yil oktyabrida Turkiyaning sobiq harbiy vaziri Anvar Poshsho (1881- 1922) Buxoro shahriga kelib, biroz muddatdan so‘ng mamlakatning sharqiy qismiga jo‘naydi va sovetlarga qarshi kuchlarga qo‘shiladi. Anvar Poshshoning harakatlari bilan Sharqiy Buxoroda birlashgan lashkar bunyod etildi va g‘arbcha qo‘mondonlik uslubi joriy qilindi. Anvar Poshsho 1922 yil yozida bo‘lgan janglardan birida Baljuvon tepaliklarida shahid bo‘ldi. Mamlakatning markaziy va g‘arbiy viloyatlarida ham kurash shiddatli tus oldi. 1920 yil kuzida Boysun, Denov, Sherobod, Sariosiyoda qurolli guruhlar tuzilib, janglar boshlab yubordilar. Dekabrda Qarshi, Shahrisabz, Yakkabog‘, Kitob, Chiroqchida qo‘zg‘olonlar boshlandi, yangi hokimiyat, qizil askarlar garnizonlariga jiddiy talafotlar yetkazildi. Bu joylarga ham qo‘shimcha qizil askar qismlari yuborildi. Qisqa muddat davomida Mulla Abdulqahhor (1884—1924) boshchiligidagi poytaxt Buxoro tumanlarida lashkar to‘plandi va jangovar harakatlar olib borildi. Shuningdek, Mulla Abdulqahhor rahbarligida Buxoro, Karmana va Nurotadagi o‘nlab guruhlar faoliyat ko‘rsatdi. Ularning katta armiyasi 1922 yil mart oyining boshida poytaxt Buxoro shahriga yurish qildi. Ular qizil askarlar bilan shahar atrofida bo‘lgan ikki kunlik shiddatli janglardan so‘ng Buxoro shahrining katta bir qismini egalladilar va bir necha soat mobaynida o‘z qo‘llarida tutib turdilar. So‘ngra shahar atrofidagi Bahouddin Naqshband ziyoratgohini egalladilar. Ammo zudlik bilan yetib kelgan ko‘p sonli qizil askarlar (ular orasida Budyonniyning otliq qo‘shini ham bor edi) bilan bo‘lgan jangda ular Buxoroi Sharif va Bahouddin ziyoratgohidan katta qurbonlar berib chekinishga majbur bo‘ldilar. Bu harakatga qarshi kurash qizil armiya va uning qo‘mondonligidan katta kuch-g‘ayrat talab qildi. Moskva, Toshkent, Buxoroda 1923 yil may-iyun oylarida o‘tkazilgan oliy darajadagi bir qator rasmiy anjumanarda bu masala eng dolzarb muammo sifatida kun tartibida turdi. Sovet hukumati butun Turkistondagi qarshilik harakatini tugatish uchun barcha vositalarni ishga soldi. Angliyalik tadqiqotchi Glenda Frezerning yozishicha, «Sovet qo‘mondonligi Buxoro respublikasida 1923 yil bahor-kuz fasllarida bo‘lgan janglarga 100000 kishilik ulkan armiyasini tashladi». Mulla Abdulqahhor yigitlari bilan qizil askarlar o‘rtasida 1924 yil yozi va kuzida G‘ijduvon tumanining G‘ishti va Kattag‘amxo‘r qishloqlarida, Nurota tog‘larida, Shofirkon tumaniga tutash Qizilqumning Jilvon qumliklarida, Bog‘iafzal va Vardonze qishloqlarida qattiq to‘qnashuvlar bo‘ldi. Kuchlar teng bo‘lmagan ushbu janglarda u mag‘lubiyatga uchradi. G‘arbiy Buxorodagi guruhlarga sezilarli zarba berildi. Mulla Abdulqahhor Qizilqum cho‘llarida qizil askarlar bilan bo‘lgan to‘qnashuvlarning birida 1924 yilning oxirida halok bo‘ldi. Buxoro respublikasida qizil armiya qismlariga qarshi qariyb 5 yil davomida shiddatli jang harakatlari olib borildi. Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling