Markaziy osiyo xalqlari tarixi


S Bolsheviklar rejimining o‘rnatilishi


Download 0.9 Mb.
bet5/140
Sana31.12.2022
Hajmi0.9 Mb.
#1073985
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   140
Bog'liq
МОХТ-2021. УМК йигиндиси - платформа учун

S Bolsheviklar rejimining o‘rnatilishi.
J Turkiston Xalq Komissarlari Sovetiga kirgan 15 ta komissarlik o‘lkaning boshqaruv ishlarini butunlay qamrab oldi. 1917 yil 23 noyabrda Turkistondagi yangi hukumat aholiga qilgan murojaatida quyidagi fikrga alohida urg‘u berilgan edi: «Xalq Komissarlari Soveti Markaziy hokimiyatning barcha dekretlarini og‘ishmay amalga oshiradi va o‘z faoliyatida butun Rossiya sovetlar s'ezdining qarorlariga amal qiladi. Bu topshiriqlarni bajarish yo‘lidagi har qanday qarshilik sovetlar tomonidan keskin choralar ko‘rish bilan kutib olinadi». Turkiston XKS o‘z faoliyatining 1-kunidan boshlab sovet siyosatini amalga oshirishga, Turkistonda sovet rejimini mustahkamlashga kirishdi. Turkiston XKS ijrochi organga aylanib qoldi. Turkistonda «sovetcha andozadagi avtonomiya" o‘rnatish uchun Leninning buyrug‘i bilan bolshevik P.A.Kobozev Turkistonning favqulodda komissari qilib jo‘natildi. 1918 yil 10-apreldan boshlab u Turkistonning amaldagi xo‘jayiniga aylandi.
1918 yil 20 aprel - mayda Toshkentda Turkiston sovetlarining 5 s'ezdi bo‘lib o‘tdi. Unda qatnashgan 300 ga yaqin delegatdan atigi 50 tasi mahalliy millat vakillari edi. S'ezd delegatlari Lenin va Stalinning ko‘rsatmasi asosida 30 aprelda Rossiya Sovet Federatsiyasi tarkibida Turkiston Sovet Respublikasi (TSR)ni tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilishdi. Qarorda «Turkiston avtonom tarzda boshqariladi, Rossiya Markaziy hukumatini tan oladi va o‘z faoliyatini u bilan muvofiqlashtiradi», deb yozildi. S'ezd respublikaning qonun chiqaruvchi oliy organi 36 kishidan iborat (18 tadan bolshevik va so‘l eserlar kirgan) Turkiston Markaziy Ijroiya Komiteti (MIK)ni sayladi. Turkiston MIK raisi qilib favqulodda komissar P.Kobozev, hamrais qilib A.Solkin saylandi. Mahalliy millat vakillaridan 4 kishi: S.Jo‘raboev, S.Yusupov, Sh.Ostonboev, S.Azimboev 1-marta MIK a'zoligiga saylandi. Turkiston tarkibiga 16 kishi (9 bolshevik va 7 so‘l eser) kiritildi. S.Tursunxo‘jaev (sog‘liqni saqlash komissari) va S.Ashurxo‘jaev (milliy ishlar komissari) tub millatlarning dastlabki vakillari edi. Tatarlardan L. Gabitov ichki ishlar va H.Ibrohimov adliya komissari qilib saylandi. Bu «muxtoriyat» samaralaridan 1- galda o‘lkadagi yevropalik aholining asosan proletar qismi bahramand bo‘ldi. 1918 yil 17-25-iyunda Toshkentda o‘tgan Turkiston bolsheviklarinnig o‘lka konferensiyasi Turkiston kommunistlar (bolsheviklar) partiyasining 1-s'ezdi deb nomlandi. Unda o‘lkadagi kommunistik guruhlar ilk marta tashkiliy jihatdan rasmiylashib, Turkiston Kompartiyasiga (RKP (b) tarkibida) birlashdilar.
Kommunistlar 2000 kishidan oshmasdi. S'ezdda L. Tobolin raisligida 7 kishidan iborat Markaziy Komitet saylandi, tarkibiga mahalliy kommunistlardan Nizomiddin Xo‘jaev kiritildi. "Temir qonun», «po‘latdek kuchli intizom», «diktatorlik vakolatlari» kabi sinfiy xislatlarni o‘zida jamlagan Turkiston Kompartiyasi RKP (b)ga bo‘ysunardi. Sovetlarning 5 s'ezdi Turkistonni Rossiyadagi o‘lka sifatida e'lon qilgan bo‘lsa, o‘lka bolsheviklarining 1 s'ezdi ham Rossiyaning hukmronligini tan oldi. 1918 yil 2-yarmida Turkistondagi sovet hokimiyati qil ustida qoldi. Bolsheviklar tub aholini 1918 yil bahoridan boshlab hokimiyat organlarida ishlashlariga yo‘l qo‘yib, ularga qisman yon berdilar. 1919 yil martda T. Risqulov (1894-1938) raisligida Turkiston Musulmonlar byurosi (a'zolari - N. Xo‘jaev, A.Muhitdinov, Y. Aliev, Afandizoda) tuzildi. Byuro zimmasiga tub aholi o‘rtasida ish olib borishni tashkil etish vazifasi yuklatildi. Unga «Ishtirokiyun» (hozirgi «O‘zbekiston ovozi») gazetasiga muharrirlik qilish vazifasi topshirildi. Musbyuro atigi 10 oy faoliyat yuritdi. U tub xalqlar manfaatlarini himoya qilishga kirishgan edi. 1918 yil oktyabrda F.Kolesov, I.Tobolin, A Solkin o‘z vazifalaridan chetlashtirildi. 1918 yil oktyabrda o‘tgan sovetlarning favqulodda 6 s'ezdida RSFSR Konstitutsiyasi asosida Turkiston Konstitutsiyasi qabul qilindi. Konstitutsiyaga ko‘ra mudofaa, tashqi aloqalar, pochta telegraf, dengiz ishlari, temir yo‘llar, bojxona, savdo-sotiq, sanoat va moliya masalalari Rossiya boshqaruvida qoldirildi. 1919 yil 19 yanvarda K.Osipov boshchiligida isyon ko‘tarildi. Ular 14 komissarni otib tashlashdi. Isyon Toshkent temir yo‘l ustaxonalari ishchilari tomonidan bostirildi. Osipov Farg‘onaga qochdi. Bolsheviklar 1919 yil mart boshida so‘l eserlarni hukumatdan siqib chiqardilar. Turkiston MIK va XKS tarkibi kommunistlardan iborat qilib tuzildi. 1919 yil yanvar-aprelda Kreml hukumati bu yerga emissarlar yuborishni muntazam yo‘lga qo‘ydi. 1919 yil 12-fevralda RKP(b) MK va RSFSR XKSning Turkiston ishlari bilan shug‘ullanuvchi alohida muvaqqat komissiyasi (raisi - Sh. Eliava) tuzildi. Komissiya a'zolari P.Kobozev boshchiligida 4 mart kuni Toshkentga keldi. Kobozev sovetlarning favqulodda 7 s'ezdida (1919 yil mart) dedi: «RSFSR hukumatinig qabul qilgan qonuni MIK tomonidan Turkistonda so‘zsiz amalga oshirilishi shart». Markazdan kelgan bolsheviklar bilan Turkistondagi sovet amaldorlari o‘rtasida hokimiyat uchun kurash sovetlarning 8- s'ezdida (1919 yil 6-sentyabr - 3-oktyabr) yaqqol namoyon bo‘ldi. A. Kazakov boshchiligidagi Turkiston MIK raisi - P. Kobozev o‘rtasida hokimiyat uchun kurashda Kobozev g‘olib chiqdi. A. Kazakov va o‘rinbosari Uspenskiy lavozimlaridan olindi. A. Kobozev Turkiston MIK ning yangi raisi I. Apinga mustamlakachilikni o‘ta noziklik bilan yuritish, tub xalqlar manfaatlariga oshkora qarshi chiqmaslikni uqtirdi. 1919 yil 8 oktyabrda Lenin buyrug‘i bilan butun Rossiya MIK va RSFSR XKS ning Turkiston ishlari bo‘yicha komissiyasi - Turkkomissiya (raisi - Sh. Eliava) tuzildi. 1919 yil 4 noyabrda Eliava, V.Kuybishev, F.Goloshchekin, Ya.Rudzutak boshchiligidagi Turkkomissiya Toshkentga keldi. M.Frunze va G.Bokiy keyinroq kelishdi. Turkkomissiya amalda barcha partiya, sovet, xo‘jalik va harbiy tashkilotlarga rahbarlik qildi. Turkkomissiya tazyiqi bilan Turkkomissiyaning Toshkentga kelishi bilan Turkistonda bolshevistik diktatura o‘rnatish jarayoni muayyan marraga yetdi.
1918 yil bahor-yozidan Turkiston sovet respublikasi deb e'lon qilingach, yangi hukumat: ichki ishlar, yer ishlari, maorif, millatlar ishlari komissarliklari tuzildi. Sovet dushmanlari bilan kurashuvchi ChK o‘z faoliyatini boshladi. Farg‘ona, Sirdaryo, Samarqand viloyat boshqaruv idoralari, komissarliklar, Markaziy ma'muriy idoralar bo‘limlari, uezdlar va volostlar ma'muriyatlari tashkil etildi. Sovet boshqaruvi asosan, shahar va atroflardagi joylar bu jarayonga tortildi. Farg‘onada inqilobiy hokimiyatning favqulodda organi - inqilobiy qo‘mita (revkom) lar harbiy sharoit qoidalari bo‘yicha hokimiyatni boshqardi. Umumturkiston sovetlarining 12 ta qurultoyi chaqirilgan. Turkiston sovetlarining so‘nggi 6 ta, shuningdek 7-11-qurultoylari ular rahbarligida o‘tdi. Undan oldin o‘lka bolsheviklarining qurultoyi o‘tkazilib, muhim siyosiy ko‘rsatmalar tasdiqlab olingach, sovetlar qurultoyiga ko‘rsatma sifatida tavsiya etilgan. Sovetlar hukmronligi boshlanishi bilan vaqfning davlat ixtiyoriga olinishi e'lon qilindi. 1918-1920-yillarda bu jarayon amalga oshirildi.
1919 yil iyun oyida qoziliklar yopildi. 1919 yil kuzida Rossiya markazidan kelgan Turkkomissiya favqulodda va cheklanmagan vakolatlarni amalga oshirdi. U Turkiston Kompartiyasi MQ, Turkiston MIQ va XKS ustidan qattiq nazorat o‘rnatdi, lozim topsa tarkibini o‘zgartirdi. Ichki va tashqi siyosat, iqtisod, armiya, kadrlar masalasini o‘z qo‘liga olib markazlashtirdi. Rossiyadan yuborilgan moddiy resurslar, harbiy qismlar Turkkomissiya ixtiyoriga kelardi. Dastlab barcha bank muassasalari, ulardagi mablag‘ va boyliklar, temir yo‘l, aloqa vositalari natsionalizatsiya qilindi. Sanoat va tog‘-kon korxonalarida ishchilardan iborat boshqaruvni, ishchi nazoratini amalga oshirish e'lon qilindi, 2- bosqichda sanoat korxonalari, mehmonxonalar, restoranlar, tamaddixonalar, hunarmandchilik ustaxonalari musodara qilindi. Sanoat, savdo, qishloq xo‘jaligi va boshqa komissarliklar tuzilib, ish olib bordi. Turkiston respublikasining Xalq xo‘jaligi Kengashi (1918 yil aprel), uning joylardagi tashkilotlari xo‘jalik faoliyatiga rahbarlik qildilar. Xususiy mulk egalari fuqarolik huquqlaridan mahrum qilindi. 1917 yil o‘lkada 326 ta paxta tozalash, yog‘ -sovun zavodlari bor edi. Ularning soni qisqarib, 1918 yil 69 taga, 1919 yil 43 taga, 1920 yil esa 37 taga tushdi. 1917-yil Turkistonda 91242 hunarmand bo‘lib, ulardan 52796 tasi shaharlarda, 38446 tasi qishloqlarda faoliyat ko‘rsatgan. Farg‘ona, Samarqand viloyatlari, Toshkent shahri va atrofida 31353 ta hunarmandchilik korxonalari bo‘lgan. Ular davlat mulki deb e'lon qilindi. 1918 yil yozda pul qadrsizlandi. O‘lka hukumati o‘z pul qiymati - Turkiston bonlarini chiqardi. 1919 yil yozidan 16 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan aholi yalpi majburiy mehnatga tortildi. 1920 yil paxta tozalash sanoati, so‘ngra irrigatsiya tarmoqlari ishchilari harbiy holatga ko‘chirildilar. Aholining 80 % dan ortig‘ini dehqonlar tashkil qilardi. 1917 yil 9 dekabrda Turkiston XKS yerni sotish va sotib olishni man qiluvchi, yerni ijara berishni cheklovchi qaror qabul qildi. 1918 yil boshidan XKS hamda yer ishlari komissarligi o‘zi mehnat qilmagan egalar ixtiyoridagi bog‘ va uzumzorlarni natsionalizatsiya qilish hamda bunday shaxslarning yer-suv, uy-joy sharoitlari, qoramollarini ro‘yxatga olish to‘g‘risida buyruq va ko‘rsatma chiqardi. Bu ishlarni amalga oshirish uchun yer-suv komitetlari tuzilib, ularga kambag‘al dehqonlar, batraklar kiritilishi ko‘zda tutildi. 1918 yil avgustida Sirdaryo va Samarqand viloyatlarida 74 ta volost yer-suv komitetlari ish ko‘rgan. 1918 yil 11 yanvarda Qo‘yliqda Toshkent uezdi vakillarining qurultoyi bo‘ldi, unda 586 vakil qatnashdi. Qurultoy sovet hokimiyatiga, yer-suv komitetlarining tuzilishiga qarshi chiqdi, inqilobiy agrar tadbirlarni rad etdi. Shu yil sentyabr oyida Farg‘onaning Vodil va Asaka qishlog‘ida to‘plangan dehqonlar majlislari kambag‘allar uyushmasini tuzish, yer maydonlarini natsionalizatsiya qilishga qarshi chiqdilar. Agrar tadbirlar asosan yevropalik mulkdorlar va dehqonlarga nisbatan amalga oshirildi. 1918 yil boshida ko‘pchilik imenie (yevropacha agrar majmua)lar natsionalizatsiya qilindi. Faqat natsionalizatsiya qilingan bog‘lar va uzumzorlar maydoni 13.361 desyatinadan iborat edi. 1915 yil Turkistonda 3,5 mln (bundan 2,4 mln sug‘oriladigan) desyatina ekin maydoni bo‘lgan. Biroq u 1917 yil oxirida, 1918 yil boshlariga kelib 2/3 qismga qisqargan. O‘lkaning 3 viloyatlarida 1917 yil 8440 ming bosh qoramol bo‘lsa, 1920 yil ular 3440 ming boshni tashkil qildi. 1915 yili 542 ming desyatina yerda paxta yetishtirilib, uning yalpi hosili 831 ming tonnani tashkil etgan bo‘lsa, 1921 yili bu raqamlar 76 ming desyatina va 15 ming tonnani tashkil etdi. Yung, pilla yetishtirish va qishloq xo‘jaligining boshqa sohalarida ham mahsulot hajmi pasaydi.



Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling