Markaziy osiyo xalqlari tarixi
S Qo‘qon muxtoriyati va Alash O‘rda hukumatlarining tugatilishi
Download 0.9 Mb.
|
МОХТ-2021. УМК йигиндиси - платформа учун
S Qo‘qon muxtoriyati va Alash O‘rda hukumatlarining tugatilishi.
J O‘lkadagi jadidlarning faol harakatlari Toshkentdagi sovet hukumatini cho‘chitib qo‘ydi va ular Turkiston muxtoriyatini o‘zlari uchun xavfli deb bildilar va qanday bo‘lmasin uni yo‘qotish payiga tushdilar. Ular Qo‘qondagi voqyealarni diqqat bilan kuzatib, uning rivojiga o‘z ta'sirini o‘tkazishga harakat qildilar. Jumladan, sovet komissari, bolshevik P.G.Poltoratskiy 1 favqulotda s'ezdda so‘zga chiqib, Turkiston sovetlari navbatdagi s'ezdida Turkiston muxtoriyati masalasi ko‘rilishini ma'lum qilar ekan, shunday dedi: “Biz kambag‘allarning muxtoriyatiga qarshi emasmiz, ammo biz boylarning muxtoriyatiga qarshimiz”.Ammo Turkiston muxtoriyati o‘lkada amalga oshirishni rejalashtirgan tadbirlarning o‘ziyoq, jamiyatning barcha qatlamlarini hohish irodasiga zid emasligidan dalolat berar edi. Vaziyat muxtoriyatchilar foydasiga hal bo‘layotganligini sezgan bolsheviklar muxtoriyatning, shuningdek uni qo‘llab-quvvatlagan kishilarning shaxsiy hisoblaridagi barcha mablag‘larni musodara qilish to‘g‘risida qaror chiqardi. Natijada muxtoriyat va bolsheviklar o‘rtasida kurash tobora keskin tus ola boshladi. Turkiston bolsheviklari rahbarlaridan biri bo‘lgan I.Tobolin 1918 yil 19-26 yanvarida bo‘lib o‘tgan Turkiston o‘lka sovetlarining 4 s'ezdidagi nutqida ochiqdan-ochiq muxtoriyatga qarshiliklarini bildirishdi. Turkiston muxtoriyati qisqa vaqt ichida xalq o‘rtasida katta e'tibor qozondi. Yangi hukumat faoliyati butun Turkiston mintaqasida yashayotgan tub yerli xalqlar tomonidan qizg‘in qo‘llab-quvvatlandi. Qo‘qonda esa ish qizg‘in borar edi. Xalq majlisi tomonidan tasdiqlangan “Asosiy qonunlar” loyihasini tayyorlash bilan bir qatorda o‘zbek, qozoq, rus tilida “El bayrog‘i”, “Свободный Туркестан” va 1917 yil 13 dekabrda rus tilida chiqa boshlagan “Известия Временного Правителства Автономного Туркестана” nashrlar chiqa boshladi. Muxtoriyat faoliyatini mablag‘ bilan ta'minlash yo‘lga qo‘yildi. Yahudiylar, Andijon va Namangan banklari 1 mln. so‘mdan ortiq mablag‘ ajratishgan. Oddiy xalq vakillari ham muxtoriyat uchun mablag‘ to‘plashni yo‘lga qo‘ygan. Hatto “Ulug‘ Turkiston milliy banki”ni tashkil qilish g‘oyalari ilgari surilgan. 1918 yil yanvar oyiga kelib, muxtoriyat harbiy qo‘shinlari soni oldingi 1000 kishidan 2000 kishiga yetgan. Bu qo‘shinni kiyintirish va ovqat bilan ta'minlash masalasi ham qiyinchiliklar tug‘dirar edi. Ammo bu vaziyat ham Qo‘qon muxtoriyatini esankiratib qo‘ymadi. Qo‘qon muxtoriyati Toshkent bolsheviklari hukumatiga bo‘ysinmadi va ikkala hokimiyat ayni paytda bir-birini rad etuvchi qonunlar qabul qildi va bajarilishini talab etdi. Turkistonda ikki hokimiyatchilik vujudga keldi. Muxtoriyatchilar 29 dan 30 yanvarga o‘tar kechasi oq gvardiyachilar yordamida Qo‘qon qal'asiga hujum qilib, telegrafni ham egallashdi.Ammo Qo‘qon harbiy inqilobiy qo‘mitasi bu to‘g‘risida Toshkentga xabar qilishga ulgurgan edi. 1918 yil 30 yanvarda Turkiston o‘lkasi XKS Turkiston muxtoriyatini tugatish uchun harbiy harakatlarni boshlab yubordi. 18 dan 19 fevralga o‘tar kechasi Toshkentdan o‘lka harbiy komissari Ye.Perfilev boshchiligida 11 eshelon qo‘shin to‘la qurollangan holda yetib keldi va harakatlarni boshlab yubordi. Qo‘qonning o‘zida 3 kun davomida 10 mingdan ziyod kishi o‘ldirildi. Sovet rejimi Turkiston muxtoriyati hukumatini 19 fevralda qurol kuchi bilan ag‘darib tashladi. Turkiston muxtoriyati atigi 72 kun umr ko‘rgan bo‘lsada, u erksevar xalqimizning milliy mustaqillik va istiqlol uchun kurashga da'vat etdi. Bu hukumatning ag‘darilishi turkistonliklar tomonidan sovet Rossiyasining Turkistonga nisbatan tajovuzkor rejalari mavjudligining yana bir bor dalili sifatida qabul qilindi.Turkistonliklar tinch yo‘l bilan (parlament) milliy davlatchilikni qayta tiklash mumkin emasligini tushunib, 1918 yil fevral oyining oxirida qo‘llariga qurol olgan holatda Turkistonda sovet rejimi va bolsheviklarga qarshi qurolli harakatni boshlab yubordilar. Sovet tuzumi davrida Turkiston muxtoriyatining mohiyati soxtalashtirilib, u tor ma'nodagi Qo‘qon muxtoriyati bilan almashtirildi. Shu tariqa, qadimgi madaniy markaz va boy savdo shahri bo‘lgan Qo‘qon tag-tugi bilan vayron qilindi va ko‘p yillar shu holatda qoldi. Muxtoriyat hukumati bolsheviklarning qizil gvardiyachi otryadlari va kallakesar arman dashnoqlari drujinalari tomonidan vaxshiylarcha tor-mor etildi. Mahalliy axolining asosiy talabi va orzusi bo‘lgan milliy davlatchilikni demokratik asosda barpo etish uchun qo‘ygan ilk amaliy qadami bolsheviklar tomonidan barbod qilindi. Bu qurolli harakatning mohiyati milliy ozodlik an'analarining davomi bo‘lib, istiqlol uchun kurash edi. O‘sha davrda ana shu umumxalq kurashining mohiyati “Turkistonning Rossiyadan ozodligi uchun”, “Zolimlarsiz Turkiston uchun”, “Turkiston-turkistonliklar uchun” va shu kabi boshqa siyosiy talablarda o‘z ifodasini topdi. Ammo bu davrga kelib Qo‘qon muxtoriyatini tor-mor etib o‘lkada yakkahukmron bo‘lib olgan, kuch va qurolga tayangan bolsheviklar Turkistonda sovetlar andozasidagi muxtoriyatni tashkil etishga kirishgan edilar. Alash O‘rda – qozoq xalqining milliy ozodlik, mustaqillik uchun kurashiga rahbarlik qilgan milliy partiyasi va muxtor hukumati bo‘lgan (1917 yil aprel -1920 yil mart) edi. 1917 yil 27 aprel - 7 may kunlari Semey viloyati qozoq vakillarining kengashi bo‘lib, unda bo‘lajak Butunqozoq vakillari qurultoyida Qozog‘istonning muxtoriyatini tuzish masalasi ko‘rildi. 1917 yil 21-26 iyul kunlari Orenburgda Butunqozoq vakillari qurultoyi bo‘lib, unda Oqmo‘la, Semey, To‘rg‘ay, O‘rol, yettisuv, Sirdaryo, Farg‘ona viloyatlari, shuningdek Ichki Bukey o‘rdasi vakillari ishtirok etishdi. Qurultoyda mamlakatni boshqaruv shakli, qozoq viloyatlari muxtoriyati, yer masalasi, xalq militsiyasi, zemstvo, xalq ta'limi, qozilik va diniy masalalar ko‘rildi. Qozoq demokratik hokimiyatini tuzish, islohotlar, xalqning o‘zini-o‘zi boshqaruvi uchun zaruriy muzokaralar uyushtirish masalalari muhokama qilindi. Qurultoyda qozoqlarning Alash partiyasini tuzish masalasi ham ko‘rildi. Alash partiyasi joylarda mahalliy xalq hokimiyatini o‘rnatishga kirishdi. 1917 yil 19 dekabrda yettisuvda hokimiyat mahalliy xalq vakillari qo‘liga o‘tdi. 1917 yilning 5-13 dekabrida Orenburgda Alash partiyasining navbatdagi uchinchi qurultoyi bo‘lib o‘tadi. Qurultoy 13 dekabrda poytaxti Semipalatinsk shahri bo‘lgan Alash O‘rda muxtoriyatini e'lon qiladi. Alixon Bukeyxon o‘g‘li hukumat boshlig‘i etib saylanadi. Tez orada bu hukumat 27 ming nafarlik qo‘shin va tartibni saqlash bo‘linmalarni tashkil etdi. Qurultoyda Alash partiyasining dasturi loyihasi qabul qilinib, umumxalq muhokamasi uchun “Qozoq” gazetasida e'lon qilinadi. O‘n bo‘limdan iborat bu hujjatda partiyaning mamlakat bo‘yicha tuzilishi, mudofaa, din, ilm-fan yo‘lidagi faoliyati, agrar masala bo‘yicha vazifalar belgilandi. 1918 yil martida O‘rol viloyatida o‘tkazilgan saylovlarda mustaqillik kuchlari g‘olib chiqdi. Ammo 29 martga o‘tar kechasi teskari kuchlar va bolsheviklar harbiy to‘ntarish o‘tkazdilar. O‘rol viloyati ijroqo‘mining 60 nafar vakili qamaldi va azoblab o‘ldirildi. yettisuv viloyatida 1918 yilning 2-3 martida bolsheviklar Alash partiyasining vakillarini qamoqqa oldilar. Orenburgda To‘rg‘ay viloyati Sho‘rolarining 1-qurultoyi (1918 yil 21 mart-3aprel) da ham bolsheviklar g‘olib chiqdilar. Shu kunlari Oqmo‘la uezdi qozoq vakillari Sho‘rolari qurultoyida bolsheviklar tazyiqi bilan Alash O‘rda muxtoriyatiga qarshi qaror qabul qilindi. Alash O‘rda partiyasining Orenburgda chiqib turgan “Qozoq” gazetasi yopildi. Uning egallab turgan binosi va mulki musodara qilindi. Alash O‘rda siyosiy partiyasi tashkilotchilaridan Alixon Bukeyxon (1869-1937) va Mirjaqib Davlat o‘g‘li (1885-1935) kabilar quvg‘in qilinib, ta'qib ostiga olindi. Oq gvardiyachilar deb atalgan Sibir hukumatini rasmiy tarzda tan olgan Alash O‘rda hukumati ataman Dutov bilan til biriktirib Sho‘ro hukumatiga qarshi chiqdi. Dutov tor-mor keltirilgach, Umumqozoq Revkomi qarori bilan Alash O‘rda 1920 yilning martida tugatildi. Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling