Markaziy Osiyoning tinchligi va farovonligi hamjihatligimizga bog‘liq — Shavkat Mirziyoyev
Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Download 125.46 Kb.
|
Kurs ishi Malumot
Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]Terrorizmga qarshi kurash masalasi birinchi marta xalqaro miqyosda 1934-yilda Millatlar Ligasida muhokama qilina boshlandi. Bu 1934-yil 9-oktabrda Marselda Yugoslaviya qiroli Aleksandr I va Fransiya Bosh vaziri Lui Bartuning oʻldirilishi bilan bogʻliq boʻlganligi uchun, koʻrib chiqila boshlangan. 1937- yilda Millatlar Ligasi tomonidan qabul qilingan „Terrorizmning oldini olish va jazolash toʻgʻrisidagi konvensiya“ va „Xalqaro jinoiy sudni tashkil etish toʻgʻrisidagi konvensiya“ kuchga kirmagan[12]. Ular ushbu sohadagi zamonaviy xalqaro shartnomalar uchun prototip boʻlib xizmat qildi. thumb|400x400px| Sabena 572 reysi garovga olinganlarni ozod qilish. Izotop operatsiyasi, 1972-yil Bu davrning asosiy hujumlari garovga olish, fuqarolik samolyotlarini olib qoʻyish va siyosiy qotilliklar terrozrimning asosiy koʻrinishlari hisoblangan. Eng kuchli xalqaro terrorchilik tashkiloti 1969-yilda Yasir Arafat boshchiligidagi Falastin Ozodlik Tashkiloti (FLO) boʻlgan. 1960-yillarning oxirida SSSR terrorchilik usullarini qoʻllagan butun dunyo boʻylab milliy harakatlar aʼzolarini oʻz safiga oldi, keyin ular Odessa, Boku, Toshken va Perevalniyda joylashgan maxsus lagerlarda oʻqitildi. 1970- yillarda Livan hududida haqiqatda „davlat ichidagi davlat“ni yaratgan FLO terrorchilar uchun tayanch va boshpana boʻldi[13]. 1981-yil 29-yanvarda AQSh Davlat kotibi Aleksandr Xeyg SSSRni xalqaro terrorizmga aloqadorlikda ochiq aybladi. KGB generali Filipp Bobkovning yozishicha, 1976-yildan 1996-yilgacha boʻlgan davrda yiliga 320 dan 660 tagacha teraktlar qayd etilgan boʻlib, ularni xalqaro terrorizm deb tasniflash mumkin. Bobkov Gʻarb davlatlari terrorizmni oʻzlari uchun foydali boʻlgan hollarda qoʻllab-quvvatlashdan tortinishmaganini taʼkidladi. 1990-yillar boshiga kelib dunyoda 500 ga yaqin terroristik tashkilotlar faoliyat yuritgan. 10 ichida ular 6500 ta xalqaro terrorchilik aktini amalga oshirdi, ulardan 5000 kishi halok boʻldi yana 11000 dan ortiq kishi jabrlandi[14]. 2001-yil 11-sentabrda "Al-Qoida" terrorchilari Amerika Qo‘shma Shtatlardagi bir qator ob’ektlarga hujum qilganidan beri xalqaro terrorizm yanada kuchaydi. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga koʻra, 2008-yilda dunyoda 12 mingga yaqin terrorchilik harakati sodir boʻlgan, buning natijasida 56 ming kishi jabrlangan, shu jumladan 15 ming kishi halok boʻlgan, qurbonlarning aksariyati tinch aholi vakillari hisoblangan[15]. Download 125.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling