Markaziy Osiyoning tinchligi va farovonligi hamjihatligimizga bog‘liq — Shavkat Mirziyoyev


Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining sammitida qatnashadi


Download 125.46 Kb.
bet2/13
Sana08.05.2023
Hajmi125.46 Kb.
#1446790
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Kurs ishi Malumot

Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining sammitida qatnashadi

5−6 avgust kunlari Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvida ishtirok etadi. Prezidentlar mintaqaning rivojlanishi, energetika va transport sohasida hamkorlik, pandemiyaga qarshi kurash va boshqa masalalarni muhokama qilishadi.


Кириллчада4 avgust 2021, 17:44 Siyosat
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5−6 avgust kunlari Turkmanistondagi «Avaza» milliy sayyohlik zonasida bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvida ishtirok etadi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Turkmaniston prezidenti raisligida o‘tadigan tadbirda Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iz Respublikasi prezidenti Sadir Japarov va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon ham qatnashadi.
Davlat rahbarlari 2019 yil noyabr oyida Toshkent shahrida o‘tgan Maslahat uchrashuvida erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi natijalarini ko‘rib chiqadilar. Shuningdek, kun tartibiga mintaqada barqaror va izchil taraqqiyotni ta’minlash, savdoni rivojlantirish, energetika sohasida sheriklik uchun qulay sharoitlar yaratish, transport-kommunikatsiya sohasida hamkorlikni kengaytirish, pandemiyaga qarshi kurashish borasidagi sa’y-harakatlarni birlashtirish va boshqa masalalar ham kiritilgan.
«O‘zbekiston prezidenti o‘z nutqida do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro ishonch va ko‘mak munosabatlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan qator tashabbuslarni ilgari surishi, uzoq muddatli umumiy manfaatlarga asoslangan mintaqaviy hamkorlikning yangi istiqbolli yo‘nalishlarini bayon qilishi kutilmoqda», — deyiladi xabarda.
Sammit yakunida muhim ko‘p tomonlama hujjatlar, shu jumladan davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonoti qabul qilinadi.
Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi ham rejalashtirilgan.
Maslahat uchrashuvining dasturi doirasida Markaziy Osiyo yetakchi ayollari muloqoti va mintaqa Iqtisodiy forumi, milliy mahsulotlar ko‘rgazmasi, milliy taomlar festivali hamda san’at ustalarining tantanali konserti o‘tkazilishi mo‘ljallangan.
Ta’kidlash joiz, maslahat uchrashuvlarini o‘tkazish tashabbusi O‘zbekiston prezidenti tomonidan 2017 yilda BMT Bosh assambleyasining 72-sessiyasida ilgari surilgan edi. Davlat rahbarlarining birinchi sammiti 2018 yil mart oyida Qozog‘istonning poytaxti Nur-Sultonda, ikkinchisi esa 2019 yil noyabr oyida Toshkent shahrida o‘tgan.
O‘zbekiston va Qozog‘istonning ko‘p yillik samarali hamkorligi tarixida birinchi marta bo‘lib o‘tayotgan Qozog‘istonda O‘zbekiston yilining ochilishi ikki xalq o‘rtasidagi haqiqiy qardoshlik munosabatlarining yorqin ifodasidir. Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonda O‘zbekiston yilining ochilish marosimida shunday bayonot qildi.
"Yaratganning o‘zi bizga qo‘shni bo‘lishdek bebaho ne'matni ato etgan. Bizning donishmand ota-bobolarimiz “Hovli olma, qo‘shni ol”, deb bejiz aytishmagan. Biz azal-azaldan bir zaminda, bir quyosh ostida yashab kelmoqdamiz, bizning ildizlarimiz bir. Xalqlarimizning Abu Rayhon Beruniy va Abu Nasr Forobiy, Xo‘ja Ahmad Yassaviy va Bahouddin Naqshband, Alisher Navoiy va Abay Qo‘nonboyev, Oybek va Muxtor Avezov, G‘afur G‘ulom va Sobit Muqonov kabi ulug‘ namoyandalari va boshqa ko‘plab atoqli olimlar, mutafakkir va shoirlar merosi bizning umumiy boyligimizdir. Biz insonparvarlik va ezgulik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan bu ma'naviy merosni asrab-avaylashimiz va boyitishimiz lozim.
Aynan shu nuqtai nazardan qaraganda, keyingi paytda siyosiy irodamiz va o‘zaro intilishlarimiz tufayli do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik aloqalarini mustahkamlash yo‘lida hamkorligimizning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha haqiqatan ham ulkan natijalarga erishdik", - dedi O‘zbekiston prezidenti o‘z nutqida.
Davlatlar o‘rtasidagi yaqin aloqalar, odamlarning o‘zaro ochiq muloqoti va do‘stligi, madaniy aloqalarning faollashgani ezgu maqsad – xalqlarimizni yanada yaqinlashtirishga xizmat qilayotgani ta'kidlandi.
"Bugun Ostona shahrida uzoq yillar mobaynida birinchi marta Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvini o‘tkazdik. Bularning barchasi, hech shubhasiz, nafaqat Qozog‘istonning ulkan salohiyatiga, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari bilan hamkorlik borasidagi keng imkoniyatlarga jahon hamjamiyati e'tiborini qaratishga xizmat qildi.
Biz uchun Qozog‘iston zamonlar va hayot sinovidan o‘tgan, ko‘p asrlik do‘stlik va qardoshlik rishtalari bilan chambarchas bog‘langan yaqin qo‘shnimizdir", - ta'kidladi Sh.Mirziyoyev. Shu o‘rinda buyuk qozoq adibi Abayning quyidagi so‘zlari yodga olindi:
Ey inson, or-nomus dildoshing bo‘lsin,
Bobolar hikmati qo‘ldoshing bo‘lsin.
Mol-dunyo, shon-shuhrat – barchasi bekor,
Jondosh, sodiq do‘st, yo‘ldoshing bo‘lsin.
"Ishonchim komil, bu hikmatli so‘zlar nafaqat bugungi tantanali marosim, balki mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarning shioriga aylanadi. Shu munosabat bilan kuni kecha qozoq xalqining buyuk farzandi, shoiri va mutafakkiri, gumanisti Abay Qo‘nonboyev ijodiy merosini keng o‘rganish va targ‘ib etish to‘g‘risida O‘zbekiston Prezidentining qarori qabul qilinganini ma'lum qilmoqchiman. Bu ulug‘ zotning bezavol o‘gitlari bugun ham o‘z dolzarbligi va ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q.
Qarlig‘ashbiy sifatida ham mashhur bo‘lgan buyuk To‘labiyning maqbarasi Toshkentda joylashgani, ushbu maskan o‘zbeklar uchun ham, qozoq do‘stlarimiz uchun ham muqaddas ziyoratgoh ekanidan biz faxrlanamiz. O‘ylaymanki, tobora mustahkamlanib borayotgan samimiy munosabatlarimizdan buyuk ajdodlarimizning ruhlari shod bo‘ladi", - dedi O‘zbekiston davlat rahbari. 
Darhaqiqat, xalqlarimiz bir-biriga hamisha tayanch va suyanch bo‘lib kelgan. Shu o‘rinda Markaziy Osiyo mamlakatlarining birdamligi bugungi dunyo muammolarini hal qilishda yordam berishi qayd etildi. 
"Tariximiz mushtarakligi va o‘zaro yaqinligimiz hozirgi dunyoning murakkab muammolarini birgalikda hal etish, biz uchun umumiy tahdidlarga qarshi samarali kurashish, yangi avlodlar uchun kelajakni birgalikda qurishda yordam bermoqda. Biz – qozoqlar, qirg‘izlar, turkmanlar, tojiklar va o‘zbeklar, go‘zal Markaziy Osiyoda istiqomat qilayotgan barcha millat va elatlar vakillari birgalikda tinch-totuv, do‘st-inoq bo‘lib yashashimiz taqdirning o‘zi tomonidan belgilab berilgandir. Shuning uchun ham biz umumiy uyimizni, farzandlarimizni turli nizo va qarama-qarshiliklardan himoya qilish, mintaqamizda tinchlik va farovonlik hukm surishini ta'minlash uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etishimiz zarur", - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shundan so‘ng O‘zbekiston prezidenti Qozog‘iston tomonga samimiy qabul va mehmondo‘stlik uchun chuqur minnatdorlik bildirib, ikki qardosh xalq vakillarini go‘zal bahor bayrami – Navro‘zi olam bilan chin qalbdan muborakbod etdi.

O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari: strategik sheriklikning yangi davri


2018-yilning 16-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp qabul qildi. Prezident Sh.Mirziyoyevning Oq uyga ilk tarixiy tashrifi O‘zbekiston bilan AQSh o‘rtasidagi strategik sheriklikning yangi davrini boshlab berdi.
Muzokaralar davomida Prezident D.Tramp O‘zbekistonning mustaqilligi, hududiy yaxlitligi va suverenitetiga qat’iy sodiqligini ta’kidladi. Shuningdek, u Prezident Sh.Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekistonda muhim siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni amalga oshirishda erishilayotgan ulkan yutuqlarni e’tirof etdi. Prezidentlar keng jabhadagi o‘zaro ustuvor yo‘nalishlardan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Respublikasi bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasida 2002-yilda imzolangan strategik sheriklik to‘g‘risidagi Deklaratsiyaga yangicha sur’at bag‘ishlash maqsadida ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga kelishib oldilar.
Prezident Sh.Mirziyoyev O‘zbekistonda islohotlarni amalga oshirishda erishilayotgan progress orqaga qaytmaslik xususiyatiga ega ekanligini ta’kidladi. U davlat organlari xalq manfaatlarini hamma narsadan ustun qo‘yishlari lozimligini qayd etdi. O‘zbekistonning besh yilga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasi davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini isloh qilish, iqtisodiyotni liberallashtirish, ijtimoy sohani rivojlantirish hamda ochiq va konstruktiv tashqi siyosat olib borishga xizmat qilishini ta’kidladi.
Prezident D.Tramp terrorizmga qarshi kurashishda Qo‘shma Shtatlarning O‘zbekiston bilan azaliy sherikligini qayd etib o‘tdi. 2001-yil 11-sentabrdagi mudhish voqealardan so‘ng, O‘zbekiston AQShga o‘ta muhim logistik imkoniyatni taqdim etganligi hamda “Al-Qoida” terrorchilarini Afg‘onistondan siqib chiqarishda ko‘mak ko‘rsatganligini ta’kidladi. Prezident Sh.Mirziyoyev tashrif davomida AQSh Prezidentining Janubiy Osiyo bo‘yicha strategiyasini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini tasdiqladi. Muloqot chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash, mas’uliyatni taqsimlash va mintaqaviy xavfsizlik masalalarini hal etish, shu jumladan, Afg‘onistonda barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston tashabbuslari muhokama etildi.
Prezident D.Tramp kuchli va mustaqil Markaziy Osiyoning muhimligini qayd etdi hamda Prezident Sh. Mirziyoyevning 2017-yil noyabrda Samarqandda bo‘lib o‘tgan konferensiyada ilgari surgan Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlarining hamkorlik muloqoti yig‘ilishini o‘tkazish bo‘yicha sa’y-harakatlarini mamnuniyat bilan qarshi oldi.
Prezident Sh.Mirziyoyev joriy yil mart oyida Qozog‘istonning Ostona shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchrashuvida ishtirok etganligi, bu mintaqalararo savdoni rivojlantirish va xavfsizlikka oid tahdidlar bo‘yicha birgalikdagi yondashuvlarni ishlab chiqish uchun yangi imkoniyatlar ochib berganligi qayd etildi. Prezident D.Tramp ushbu muhim muloqotda O‘zbekiston asosiy rol o‘ynashini e’tirof etdi hamda Qo‘shma Shtatlar «S5+1» mintaqaviy formati orqali hamkorlik va taraqqiyotni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Prezidentlar Afg‘onistonning Markaziy Osiyodagi ko‘p tomonlama hamkorlik formatlarida ishtirok etishini qo‘llab-quvvatladilar.

Download 125.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling