Markaziy Osiyoning tinchligi va farovonligi hamjihatligimizga bog‘liq — Shavkat Mirziyoyev


Download 125.46 Kb.
bet3/13
Sana08.05.2023
Hajmi125.46 Kb.
#1446790
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Kurs ishi Malumot

Mintaqaviy hamkorlik
Prezident D.Tramp Prezident Sh.Mirziyoyevni uning xalqaro hamjamiyatning “Tolibon” afg‘on hukumati bilan tinch muzokaralarni boshlashi lozimligi to‘g‘risidagi yagona pozitsiyasi tasdiqlangan “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzusidagi Toshkent xalqaro konferensiyasi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan qutladi. Prezident Sh.Mirziyoyev va Prezident D.Tramp Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari va tinch aholisiga qarshi qaratilgan jirkanch terrorchilik hujumlarini qattiq qoraladilar hamda Afg‘oniston duch kelayotgan xavf-xatarlarga barham berish bo‘yicha muloqotni kengaytirishga sodiq ekanliklarini bildirdilar.
Prezident Sh.Mirziyoyev Afg‘oniston hukumatini to‘liq siyosiy qo‘llab-quvvatlashini qayd etdi hamda 2017-yil dekabrda Afg‘oniston Prezidenti Ashraf G’anining O‘zbekistonga tashrifi, uning yakuni bo‘yicha ikki hukumat o‘rtasida savdo aylanmasini ko‘paytirish va o‘ta muhim infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish yuzasidan bir qator bitimlar imzolanganiga e’tibor qaratdi. Prezident D.Tramp O‘zbekistonning mintaqaviy iqtisodiy jarayonlarda muhim rol o‘ynayotganligini e’tirof etib, mamlakatning Afg‘oniston bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirishga qaratilgan sa’y-harakatlarini olqishladi. U O‘zbekiston tomonidan rejalashtirilayotgan Afg‘onistondagi temir yo‘l va infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirishga siyosiy va konsultativ ko‘mak ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.
Prezident Sh.Mirziyoyev Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikka erishishga hissa qo‘shayotgan Shimoliy ta’minot tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlashda davom etishini tasdiqladi. O‘zbekiston va AQSh Afg‘oniston bilan chegaralar xavfsizligini ta’minlash hamda giyohvandlik vositalari noqonuniy muomalasining oldini olishda yaqindan hamkorlik qilishlari e’tirof etildi.
Ikki davlat rahbarlari ekstremizm va xalqaro terrorizmni qoraladilar hamda umumiy tahdidlarga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishga intilishlarini qayd etdilar. Ular, shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan kelishuvlarni amalga oshirishga sodiq ekanliklarini bildirdilar hamda besh yilga mo‘ljallangan ilk harbiy hamkorlik Rejasini amalga tatbiq qilish orqali mudofaa sohasidagi aloqalarni mustahkash muhimligini ta’kidladilar.

Download 125.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling