Markaziy Osiyoning yo‘qolib borayotgan 10 turdagi jonzoti


I bob. Qizil kitob va uning o’rni


Download 1.6 Mb.
bet2/8
Sana20.06.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1628313
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O’ZBEKISTONDA KAMYOB VA YO’QOLIB BORAYOTGAN HAYVONLAR ULARNING MUHOFAZASI

I bob. Qizil kitob va uning o’rni.

    1. Markaziy Osiyoning yo‘qolib borayotgan 10 turdagi jonzoti

Qizil Kitob - nima? Bu xavf va umid kitobidir. Bu kitobni boshqacha qilib qayg’u-alam kitobi ham deyiladi, chunki bu kitobda yer yuzidagi yo’qolib ketayotgan hayvon zotlari va o’simlik turlarini o’zida mujassamlashtirgan. Qizil Kitob - harakatga chaqiruvchi kitobdir.
Dunyoning ko’pgina davlatlari olimlari tomonidan butun dunyoda yo’qolib ketayotgan va juda kam uchraydigan hayvonlar, o’simliklar dunyosini himoya qilish va ularni saqlab qolish uchun Tabiat va tabiat resurslarini himoya qilish birlashmasining Qizil Kitobi (XTHQB) tashkil etildi. Bu kitob chet elda 60-70 yillarda chop etildi. 1-2- tomida sutemizuvchilar, qushlar haqida, 3-4-tomida esa suvda va quruqlikda yashovchi hayvonla, sudralib yuruvchilar va baliqlar haqida so’z yuritiladi.
Qizil Kitob tabiatni sevuvchilar, mutaxassislarni diqqatini o’ziga tortib, hamma mintaqada mashhur bo’ldi. Bu kitob xuddi kalendardek bezalgan bo’lib, uning har bir varag’i har xil rangdadir. Har qaysi rangni o’z ma'nosi bo’lib, masalan, qizil rangda yozilgan hayvon zotlari va o’simlik turlarining yo’qolib ketayotgani va ularning himoyaga muhtojligini bildiradi.
Yer yuzida hayvon zotlari va o’simlik turlarining yo’qolib ketishining ikki sababi bor bo’lib, birinchi sababi ― bu tabiiy sharoitning o’zgarishi natijasida bo’lsa (tabiiy sabab), ikkinchi sababi esa ― (antropogen) inson harakatlari natijasidir.
Tirik tabiatdagi o’simlik va hayvon turlari sonining qisqarishi muammosi. Yer yuzidagi hayotni ta’minlashda o;simliklar dunyosi, ayniqsa, o’rmonlarning ahamiyati beqiyosdir. Hozirgi vaqtda yer yuzi quruqligining 25 % ni o’rmonlar tashkil etadi. Ular shimoliy yarim sharda va tropik mintaqalarda tarqalgan. Biroq hozirgi kunda o’rmonlarning holatini yaxshi deb bo’lmaydi. Chunki, har yili 3 mlrd m3 hajmda o’rmonlar qirqilmoqda. FАО ma’lumotlariga ko’ra bu ko’rsatkich yaqin yillar ichida 1,5 martaga ortishi mumkin.
Insoniyatni, ayniqsa, tropik va subtropik o’rmonlar muammosi tashvishga solmoqda. U yerlarda yiliga dunyo miqyosidagi qirqilishi kerak bo’lgan o’rmonlarning yarmidan ko’pi kesib tashlanmoqda. 160 mln gektar tropik o’rmonlar vayron bo’lgan, atigi yiliga 11 mln gektar maydon tiklanmoqda. Floraning kamayib ketishi “Qizil Kitob” yaratilishiga sabab bo’ldi (1-jadval).

Dunyoda umumiy qushlar va hayvonlarning 1/4 qismi tabiiy sabablar natijasida yo’qolgan bo’lsa, 3/4 qismi esa inson ta'sirida yo’qolgandir. Oldin bu raqamlarni faqat biologiya mutaxassislari bilishsa, endi esa millionlab odamlarga ham ayon bo’ldi va insonlar oldida savol tug’ildi: Inson, sen nima qilyapsan? To’xta - sen o’z uyingni buzyapsan!


Hayvon va o’simlik dunyosini asrashda ko’pgina amaliy ishlar qilinib va ularni hisobga olib har qaysi davlat, viloyat, tuman va mintaqalarda o’z Qizil Kitoblari tashkil etilyapdi. O’zbekiston Qizil Kitobi ham 1984 yilda tashkil topgan. Unda ko’pgina o’simlik turlari va hayvon zotlari kiritilgan. Masalan, o’simliklardan lolaning barcha turlari, anzur piyozi, boychechak va h.z.
Qizil Kitob haqida yana bir muhim joyi bo’lib, Qizil Kitobning sahifalari hech qachon tugallanmaydi, doimo uning sahifalarini yangi o’simlik turlari va hayvon zotlari bilan to’ldirilib boriladi.
Qizil Kitobning sahifalarini qisqartirish uchun inson madaniyati va hulqini doim oshira borish kerak, bu olimlar oldida qo’yilgan muhim muammolardan biridir.
Biz atrof-muhitda jonzotlar bilan yashashga ko‘nikib, ular doim odamlar bilan birga yashaydi, deya yanglish fikr yuritamiz.
2014 yili Butunjahon yovvoyi tabiat jamg‘armasi e'lon qilgan hisobotda bayon qilinishicha, 1970 yildan buyon Yer yuzida yovvoyi hayvonlar soni ikki baravar kamaydi.
Kaktaktoportali Markaziy Osiyo hududida ana shundan yo‘q bo‘lib ketish xavfiga yuz tutgan 10 turdagi jonzotlar ro‘yxatini shakllantirib, e'lon qildi.
Buxoro kiyigi

1999 yildayoq Buxoro kiyiklari soni 400 boshdan kamaygani qayd etilgan. Ularning ko‘pi Tojikistonda davom etgan fuqarolik urushi payti halok bo‘ldi. Ayni paytda Tojikiston qo‘riqxonasida saqlanayotgan noyob kiyiklar 850 boshga yetdi, biroq Zarafshon qo‘riqxonasida ular bor-yo‘g‘i 40 boshni tashkil etadi.


Jayron

Tezchopar kiyiklar oilasiga mansub jayron asosan Turkmaniston va Qozog‘iston hududlarida uchraydi. Uning shoxi va go‘shti uchun jayronni ovlashadi. O‘tgan asrning 80-yillari Kopettog‘ maydonlarida jayronlarni ko‘paytirish va nasl olish bo‘yicha ilmiy ishlar amalga oshirilgan. Ammo qo‘riqxonada saqlanib qolgan jayronlar soni 200 boshdan oshmaydi.


Chiroyli tuvaloq

Qichqiriq qush nomi bilan mahalliy aholiga yaxshi tanish bo‘lgan tuvaloqlardan biri — Chiroyli tuvaloq ham yo‘q bo‘lib ketishi mumkin. Qush Qozog‘istonda «Qizil kitob» ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lsa-da, boy arab shayxlariga lochin bilan tuvaloqlarni ovlashga ruxsat beriladi.


Oltin burgut

Berkut yoxud Oltin burgut Markaziy Osiyoda keng tarqalgan qirg‘iylarning eng chiroyli va keng qanotlisi hisoblanadi. U aholi yashash punktlaridan qochadi, halovatda yashashni istaydigan Oltin burgut tashqi ta'sirga o‘ta sezuvchan, shahar atrofida ham qo‘nim topmaydi.


Brakonerlar va urbanizatsiyaning salbiy ta'siridan tashqi, berkutning yo‘q bo‘lib ketishiga pestitsidlar ham ta'sir qiladi. Kemiruvchilar bilan oziqlanuvchi qirg‘iy qush tanasi ovqatdan zaharlanishi ko‘paymoqda.
Manus

Mushuksimonlar oilasiga mansub manuslar noodatiy dumaloq ko‘z va qalin mo‘ynasi bilan ajralib turadi. Janubiy Kavkazorti hududlardan Erongacha bo‘lgan yerlarda ko‘p uchraydigan manus Markaziy Osiyoda yo‘q bo‘lib ketishi mumkin.


Ovchilarning «sa'y-harakati» bilan manus kamaydi, shuningdek, uning asosiy ozuqasi bo‘lmish sug‘ur va kemiruvchilar ham tabiatda kamaygan.
Qorakal

Dala silovsini nomi bilan mashhur qorakal, aslida ham, silovsinlarga mansub hisoblanadi. Puma kabi nigoh bilan chopqir hayvonning soni Markaziy Osiyoda ko‘p emas. Mang‘ishloq hududida 300ga yaqin qorakal yashaydi.


Irbis

Mushuksimonlar oilasiga mansub yirtqich irbisni qor leopardi, deb atash mumkin. Genetik jihatdan u yo‘lbarslarga yaqin, ammo ko‘rinishidan leopardga o‘xshaydi. U asosan brakonerlar nishoni, oziq yetishmasligi tufayli halok bo‘lmoqda. 2017 yilda irbis Markaziy Osiyoda 7500 bosh qolgani ma'lum qilingan.


Menzibira sug‘uri


Kemiruvchilarning mayda oziqlar bilan qorin to‘qlab yuradigan menzibira sug‘uri O‘zbekistonning Chotqol, Qozog‘istonning Qurama va Qirg‘izistonning Talas vodiysida yashashi kuzatilgan.


Uning bo‘yi 49 sm, dumining uzunligi esa 13,5 sm bo‘ladi. Ko‘rinishida barcha sug‘urlardek anatomiyaga ega, ammo quloqlari kalta va mo‘ynasi qalin bo‘ladi. Ular 5 ming atrofida qolgan.
Sayg‘oq

Ba'zan Turkmaniston va Rossiyada uchrab turadigan sayg‘oqlar aslida O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston hududlariga xos yovvoyi hayvon hisoblanadi. 2010-15 yillar oralig‘ida faqat Qozog‘istonda 132 ming sayg‘oq halok bo‘ldi. Uning qirilib ketayotganiga gemarogik septikemiya qo‘zg‘atuvchi (pasterelleza) sababchi bo‘layotgani bildirilgan. Ular, asosan, muz ostidan ozuqani chiqarolmay, brakonerlar tufayli tuyoqsiz muzni yorolmay, o‘lib ketmoqda.




Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling