Marketing alifbosi
Download 67.08 Kb.
|
MARKETING ALIFBOSI2
- Bu sahifa navigatsiya:
- MARKETING DASTURLARI
MARKETING TAMOYILLARI – savdo-ishlab chiqarish faoliyatini boshqarish tizimi sifatida marketingning asosiy jihatlaridan iborat. Ular marketingning mohiyatini aks ettiradi, uning zamonaviy kontseptsiyasidan kelib chiqadi va marketing faoliyati maqsadlariga samarali erishishni nazarda tutadi.
Marketingning asosiy tamoyillari: 1) xaridorlar talablarini, bozordagi vaziyatni va korxonaning real imkoniyatlarini aniq bilish asosida mahsulot ishlab chiqarish; 2) xaridor talablarini yanada to`laroq qondirish, uni aniq muammolarni hal etish vositalari yoki majmualari bilan ta’minlash (muqobil tamoyil – keyinchalik sotuvni qidirish yo`li bilan Tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish); 3) mahsulot va xizmatlarni muayyan bozorlarda rejalashtirilgan hajmlarda va belgilangan muddatlarda samarali sotish; 4) korxona ishlab chiqarish-tijorat faoliyatining uzoq muddatli natijadorligini ta’minlash, bu o`z navbatida muntazam ravishda bozor uchun yangi bo`lgan tovarlarni ishlab chiqarishni tayyorlash uchcun ilmiy-teznik g`oyalar va ishlanmalarni joriy qilishni taqozo etadi; 5) ishlab chiqaruvchi strategiyasi va taktikasining xaridorlarning o`zgaruvchan talablariga faol moslashish maqsadida va bir vaqtning o`zida ehtiyojlarning shakllanishi va rag`batlantirilishiga ta’sir ko`rsatgan holdagi yaxlitligi. MARKETING DASTURLARI – marketingning barcha bloklari bo`yicha berilgan muddatda ishlab chiqaruvchi-korxona va eksportyorning harakatlarini belgilovchi o`zaro bog`liq tadbirlar tizimi. Marketingni dasturlash qisqa va uzoq muddatliga bo`linadi. Marketingning qisqa muddatli dasturlari korxona faoliyatini dasturlashning yuqori darajadasi va aniqlikligi bilan ajralib turadi. Uzoq muddatli dasturlar qabul qilingan marketing strategiyasiga muvofiq, bir muncha uzoq davrga mo`ljallangan tadbirlarni o`z ichiga oladi. Marketingning yagona dasturi o`zida alohida bozorlar va bir xil turdagi mahsulotlar guruhlari bo`yicha o`zaro bog`langan marketing dasturlari tizimini ifodalab, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari (ITTKI), ishlab chiqarish, sotish, servis xizmatlari va boshqalarning rejalarini ishlab chiqish uchun asos bo`lib xizmat qiladi. Marketing dasturi o`z ichiga Ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlari boqyicha ilshlarni boshlanish va yakunlash muddatlari, mahsulotning tajriba namunalarini sinash, seriyali ishlab chiqarishni tashkil etish, sotish va ishlab chiqarish nomenklaturasini, ombordagi optimal mahsulot zahiralarini aniqlash, muayyan bozorlarda har bir tovar guruhlarini sotish dinamikasi va hajmlarini aniqlash, hamda sotish, narxlar (ichki va eksport) dinamikasi va darajalarini aniqlash, dasturning har bir tadbirlari bo`yicha moliyaviy xarajatlarni hisoblash, korxona ishlab chiqarish-xo`jalik faoliyatining asosiy ko`rsatkichlarini (foyda miqdori, rentabellik me’yori, tannarx va h. k. z) aniqlash bo`yicha asosiy ko`rsatkichlarni oladi. Marketing dasturlari bozorni kompleks o`rganish, xaridorlar talablarini, marketing strategiyasi va taktikasini aniqlash asosida shakllanadi va korxona tijorat va sotish xizmatlarining ilmiy-texnik, loyiha-konstruktorlik va ishlab chiqarish bo`linmalari bilan o`zaro muvofiqlikda ishlashini ta’minlaydi. Download 67.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling