Marketing alifbosi


MARKETINGNI REJALASHTIRISH


Download 67.08 Kb.
bet6/7
Sana17.09.2023
Hajmi67.08 Kb.
#1680245
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MARKETING ALIFBOSI2

MARKETINGNI REJALASHTIRISH. O`ta jiddiy e’tibor qaratish zarur bo`lgan, eng muhim masala – bu strategiyani ishlab chiqish va rejalashtirishdir.
Korxonaning tayanch uzoq muddatli strategiyasi, oldinga qo`yilgan maqsadlarga erishish uchun kelgusi 1-2-besh yilliklarda qanday vazifalarni hal qilish lozimligini belgilab beradi. Ushbu strategiya, xuddi maqsadlarning o`zi kabi, qandaydir bir marta belgilangan va o`zgarmas narsa emas. U bozorda ro`y berayotgan o`zgarishlarga qarab muntazam ravishda muvofiqlashtirilib va o`zgartirilib turishi lozim. Maqsadlar va strategiyani muvofiqlashtirish, odatda, har yili qisqa muddatli yillik rejaning bajarilish yakunlari bo`yicha amalga oshiriladi. Marketingga yo`natirilgan firmalarda rejalashtirish jarayoni rejalarning o`ziga nisbatan anchayin muhim, chunki bu jarayon davomida korxona axborot – bosh strategic ustunlik, va shuningdek moslashuvchanlik – raqobat kurashidagi bosh qurolga ega bo`ladi.
Yaqqol ko`rinib turibdiki, egiluvchan marketing rejalashtirishi iqtisodiyotni boshqarishning buyruqbozlik-ma’muriy uslublari, fondlarni markazlashgan tarzda rejalashtirish va taqsimlash bilan umuman chiqishmaydi. Xo`jalik yuritishning ushbu eskirgan dastaklarini bartaraf etmay turib, marketingni qo`llash mumkin emas.


Ishlab chiqarishning sotishga va marketingga yo`nalganligi. “Sotuvchi bozori” va “Xaridor bozori”

Amalda sotish kontseptsiyasi va marketing kontseptsiyasini ajratish lozim bo`ladi.


“An’anaviy sotish kontseptsiyasiga ko`ra muhandislar mahsulotni loyihalaydilar, ishlab chiqarish bo`linmalari uni tayyorlaydilar, savdo bilan shug`ullanuvchi xodimlar esa, uni sotishlari lozim. Marketingning yangi kontseptsiyasiga ko`ra, firma faoliyatining butun jarayoni bozor tadqiqotlari va sotishlarni bashoratlashdan boshlanadi, ular esa barcha ishchi operatsiyalarni bunday keying rejalashtirish uchun ishonchli poydevorni ta’minlaydi”. Amerikaning “Djeneral elektrik” firmasi rahbariyati marketingni xuddi shunday tushunadi. Bu taqqoslashda tushunchaning mohiyati yaxshi ochib berilgan. Agar sotish faqatgina korxonaning bitta funktsiyasi bo`lsa, u holda marketing – butun xo`jalik faoliyatining asosidir. Vaholanki, iste’molchiga yo`naltirilgan har qanday faoliyatni marketing deb hisoblash mumkin.
Tovarlar talabi va taklifining nisbati “sotuvchi bozori” yoki “xaridor bozori” tomonidan shakllanadi.
Qachonki talab tovar taklifidan sezilarli tarzda yuqori bo`lsa, biz “sotuvchi bozori” bilan to`qnashamiz. Bu holatda amalda mavjud bo`lgan har qanday tovar, har qanday xizmatlar bozorda zudlik bilan sotiladi, xattoki ular ularga xaridor tomonidan qo`yiladigan talablarga to`liq javob bermasa ham: asosiysi – ularning mavjudligi, miqdor asosiy rol o`ynaydi, sifatga nochorlikdan eng kam e’tibor qaratiladi. Bunda sotishdan oldingi va keyingi servis xizmatlari ko`rsatilmaydi. Tovar assortimenti qashshoq, ishlab chiqarish ko`lami katta emas, raqobat yo`q: xaridor bozorga ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) nimani uloqtirsa, shuni olishga majbur.
XARIDOR BOZORI”. Bu yerda tovarni tanlash imkoniyatlari ochiladi. Xaridor tovarlarning har xil ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan turli navlarini o`zaro taqqoslaydi, tovarlarning iste’mol xususiyatlarining o`z istaklariga, narxning – ushbu xususiyatlarga mos kelishini baholaydi. Oxir-oqibatda ustunlik tovarning u yoki bu naviga (turiga) beriladi. Boshqacha qilib aytganda, “xaridor bozori” uchun taklifning talabga nisbatan, xattoki uncha katta bo`lmasa ham, yuqori bo`lishi xos bo`ladi.
Zamonaviy xalqaro bozor uchun “xaridor bozori” deb ta’riflanadigan holat xos.
Ishlab chiqarish rivojlanishining past darajasi uchun ishlab chiqarishning an’anaviy (sotishga) yo`nalganligi xosdir. AQSH da bunday sxema XIX asrda kuzatilgan (1-rasm).



ISHLAB CHIQARISH





ISTE’MOLCHI





SOTISH


1-rasm. Ishlab chiqarishning sotuvga yo`nalganligi.

Bunday modelda bozor har doim taqchil. Ikkinchi jahon urushidan keyin tovarlar bilan to`yinish boshlangan. Natijada marketing – transport va sotish xarajatlarini optimallashtirish, keyinchalik – tijorat falsafasi vujudga keldi (2-rasm).



XARIDOR (ISTE’MOLCHI) EHTIYOJINI TADQIQ QILISH







MARKETING SIYOSATI.
TOVARLARNI ISHLAB CHIQARISH USULI VA HAJMI





FIRMA MAQSADLARIGA ERISHISH (FOYDA)



XARIDOR (ISTE’MOLCHI) EHTIYOJINI QONDIRISH




2-rasm. Ishlab chiqarishning marketing yo`nalishi.

Marketing strategiyasi va taktikasiga suyanib ish ko`ruvchi firma (korxona) ishining asosida sotish nuqtai nazaridan birmuncha samarali bo`lgan tamoyil yotadi: avvalo potentsial xaridor qanday iste’mol xususiyatlarga ega, qaysi narxdagi, qancha miqdordagi tovarni va qaysi joylarda sotib olishni xohlasini bilish lozim, undan keyin (oldin emas) ishlab chiqarishni tashkil etish haqida o`ylash kerak, so`zsiz talabgir bo`lgan buyumlarni ishlab chiqarish va sotish lozim (1-jadval).


1-jadval
Sotishga va marketingga yo`nalgan tashkilotlarni qiyoslash


Download 67.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling