Marketing alifbosi
Download 67.08 Kb.
|
MARKETING ALIFBOSI2
- Bu sahifa navigatsiya:
- MARKETING TAKTIKASI
MARKETING STRATEGIYASI – bu korxona-ishlab chiqaruvchilar va eksportyorlarning har bir alohida bozor (bozor segmenti) va har bir tovar bo`yicha ishlab chiqarish-tijorat faoliyatini bozordagi vaziyat va korxona imkoniyatlariga to`la muvifiqlikda amalga oshirish uchun muayyan davrga mo`ljallangan maqsadlarini shakllantirish, ularga erishish va masalarni hal qilishdir.
Marketing strategiyasi Tovar bozori konyukturasini tadqiq etish va bashoratlash, tovarlar, xaridorlar, raqobatchilar va bozor xo`jaligining boshqa elementlarini o`rganish asosida ishlab chiqiladi. Firma strategiyasi o`z ichiga alohida bozorlar va ishlab chiqarish eksport dasturining alohida tovarlari bo`yicha marketing strategiyalarini oladi. Marketingning eng tarqalgan strategiyalari: M tovar bilan A mamlakat bozoriga chiqish; L modelli yangi bozor tovarini Sharqiy Yevropaning o`zlashtirilgan bozorida joriy etish; P modelli tovarning B mamlakat bozori segmentidagi sotish hajmlarini 2 barobar oshirish; A va B mamlakatlardan bo`lgan hamkorlar tomonidan Lotin Amerikasi mamlakatlari bozorlariga intensive ravishda chiqishni ta’minlash uchun komplektlashgan jihozlarni ishlab chiqarish sohasida kooperatsiyani kengaytirish; evropa mamlakatlari bozoriga chiqishni ta’minlash uchun R modelli tovarni A mamlakatdagi hamkor bilan hamkorlikda ishlab chiqarishni yaratish. Qabul qilingan strategiyaga qarab marketing dasturlarining chora-tadbirlari shakllantiriladi. Ular: xatar darajasidan qat’iy nazar maksimum samaraga; kata samarani kutmagan holda xatarning minimum darajasiga; ushbu yondoshuvlarning turlicha variantlariga yo`nalgan bo`lishi mumkin. MARKETING TAKTIKASI – korxonaning har bir bozor va har bir tovar bo`yicha muayyan davrga (qisqa muddatli) vazifalarini marketing strategiyasi va konyunktura va boshqa omillarning (narx indeksining o`zgarishi, raqobat kurashining kuchayishi, talabning mavsumiy tushishi, tovarga xaridorlar qiziqishining kamayishi va h. k. z.) o`zgarishi mobaynida vazifalarni doimiy to`g`rilab borilishidagi bozordagi joriy vaziyatni baholab boorish asosida shakllantirish va hal qilishdir. Marketing taktik vazifalarini qo`yilishiga misollar: xaridor ehtiyojlari haqidagi aniqlashtirilgan ma’lumotlar asosida eksport tovarlari nomenklaturasini kengaytirish; talabning bir qadar pasayishi munosabati bilan reklama tadbirlarini kuchaytirish; sotishni rag`batlantirish maqsadlarida tovarga narxlarni pasaytirish; yangi xaridorlarni jalb qilish uchun servis xizmatlari tomonidan taklif etilayotgan xizmatlar assortimentini kengaytirish; raqobatchi tomonidan sotish hajmining qisqarishi munosabati bilan bozor ulushini oshirish; muayyan bozor talablariga muvofiq tovarni yaxshilash; korxonada tijorat bitimlarining samaradorligi uchun mas’ul bo`lgan xodimlarni rag`batlantirish bo`yicha tadbirlarni o`tkazish. Umuman olganda marketing taktikasi barqaror foyda darajasini, tijorat xizmatlarining bozorda faol bo`lishini, bozor vaziyatining o`zgarishlariga tezkor munosabat bildirishni, korxona ishchilarining tashabbuskorligini, raqobatchilar harakatlariga qarshi choralar ko`rishni, xaridorlar talablari o`zgarishiga muvofiq korxonaning ilmiy-texnik va ishlab chiqarish faoliyatini muvofiqlashtirishni ta’minlashi lozim. Download 67.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling