Marketing alifbosi


Download 67.08 Kb.
bet4/7
Sana17.09.2023
Hajmi67.08 Kb.
#1680245
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MARKETING ALIFBOSI2

MARKETING FUNKTSIYALARI – o`z ichiga quyidagilarni oluvchi, o`zaro bog`liq harakatlar majmuasidir: korxona faoliyat yuritayotgan ichki va tashqi muhitni tahlil qilish; bozorlarni tahlil qilish; iste’molchilarni tahlil qilish; raqobatchilar va raqobatni o`rganish; tovarlarni o`rganish; yangi tovar kontseptsiyasini shakllantirish; marketing tadqiqotlari asosidatovar ishlab chiqarishni rejalashtirish; talabni shakllantirish va sotishni rag`batlantirish; narx siyosatini shakllantirish va amalga oshirish; marketing dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish; marketingni axborot bilan ta’minlash; marketingni boshqarish (xatarni, foydani, samaradorlikni baholash orqali marketing tadbirlarini rejalashtirish, amalga oshirish va ular ustidan nazoratni ta’minlash).
KORXONANING MARKETING XIZMATI – marketing tamoyillari va uslublari asosida faoliyat yturituvchi, maxsus bo`linma. Marketing xizmatining tuzilmasini tanlash korxonada ishlab chiqarish tabiati va hajmi, tashqi iqtisodiy aloqalarining turli tumanligiga bog`liq bo`ladi. Ko`pincha quyidagi tuzilmalardan foydalaniladi: funktsional (mahsulot turi, bozorlar turlari, aloqalarning geografik yo`nalgankigi bo`yicha) va divizional (faoliyatni aniq ajratiladigan mahsulot bozorlari bo`yicha tashkil etish).
Reklama xizmatining asosiy vazifalari: bozorni kompleks o`rganish; tovarning barqaror sotilishini, ishlab chiqarishning bozorga yo`nalganligini, ilmiy-tadqiqot va loyiha-konstruktorlik ishlarini ta’minlash. Marketing-direktor va uning xodimlari qulay bozorlarni tanlashlari, bozor holatini tahlil qilishlari, yangi tovarlarni ishlab chiqarish va bozor bashoratlarini ishlab chiqishlari; marketing strategiyasi va taktikasini ishlab chiqishlari va amalga oshirishlari; marketing dasturlarini ishlab chiqishlari va unung amalga oshirilishini ta’minlashlari; tovar, uning assortimentiga asosiy talablarni tavsiya etishlari; korxonaning tovar, narx va sotish siyosatini ishlab chiqishlari va uni hayotga tadbiq etishlari; talabni shakllantirish, reklama va sotishni rag`batlantirish bo`yicha ishlar dasturlarini belgilashlari lozim.
Korxona marketing xizmati o`zida iqtisodiy, valuta-moliyaviy, rejalashtirish, sotish va tadqiqotchilik yo`nalishidagi kompleks ishlarni uyg`unlashtirib, bu mazkur xizmat xodimlarining nazariy va amaliy bilim darajalariga yuqori talablarni qo`yadi.
Firma ixtisoslashuvi va tashqi muhit sharoitlariga qarab marketing xizmatlari turlicha tuzilmaga ega bo`lishi mumkin.



Download 67.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling