Marketing alifbosi
T/r Sotuvchi tashkilot
Download 67.08 Kb.
|
MARKETING ALIFBOSI2
Eksport marketingining o`ziga xos xususiyatlari bormi? “Ichki” marketing (mahalliy bozorda faoliyat yuritishda) va eksport marketing o`rtasida tub farqlar mavjud emas. U va bu holatda ham marketing faoliyatining xuddi o`sha tamoyillaridan foydalaniladi. Biroq xorijiy bozorlar faoliyatining o`ziga xos xususiyatlari va ularda ishlash sharoitlari tufayli vujudga keladigan o`ziga xoslik, eksport marketingiga mahalliy korxonalar tomonidan hisobga olinishi zarur bo`lgan chizgilarni beradi. Birinchidan, tashqi bozorlarda muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun anchyin ko`p va maqsadga yo`naltirilgan kuch sarflash, ichki bozordagiga nisbatan marketing tamoyillari va uslublariga ko`proq rioya etish zarur. Tashqi bozorlar ularda taklif etilayotgan tovarlar, ularning servisi, reklama va boshqalarga yuqori talablar qo`yadi. Bu ancha yuqori raqobat (kapitalistik davlatlardagi u yoqda tursin, xatto Sharqiy Yevropa malakatlarida ham) va “xaridor bozori” ning ustunligi, yani taklifning talabga nisbatan ancha yuqori bo`lishi bilan izohlanadi. Ikkinchidan, tashqi bozorlarni, ularning imkoniyatlarini o`rganish – eksport marketing faoliyatidagi ushbu boshlang`ich nuqta – ichki bozorni o`rganishga qaraganda (garchi oxirgi holatda ham, bu unchalik sodda vazifa emas), ancha murakkab va ko`p mehnat talab qiluvchi jarayon. Shundan korxona-eksportyorlar tomonidan tegishli tadqiqotchilik tuzilmalarini yaratish va (yoki) eksport amalga oshirilayotgan yoki amalga oshirilishi ko`zda tutilayotgan mamlakatda muayyan haq evaziga tovar bozorlari (bozori) to`g`risidagi axborotni yetkazib beruvchi ixtisoslashgan firmalar-konsultantlarni izlash zarurati yuzaga chiqadi. Uchinchidan, tashqi bozorda samarali faoliyat yuritish uchun marketing uslublaridan ijodiy va egiluvchan tarzda foydalanish lozim. Bu yerda standart yondoshuvlar mavjud emas. Xorijiy xaridorlar bilan to`g`ridan-to`g`ri aloqalarni ushlab turish yoki agentlik firmalari orqali harakat qilish; tovarlar eksporti yoki ularni ishlab chiqarish huquqiga eksportni olib borish; savdolarda mustaqil yoki konsortsiumlar tarkibida ishtirok etish, lizingdan (tovarlarni ijaraga berishdan) eksportni rag`batlantirish vositasi sifatida foydalanish yoki an’anaviy sotish usulidan foydalanish – bularning barchasi va eksportni rivojlantirishning boshqa shakllari, bozorlar rivojlanishi konyunktura va bashoratlarini, u yerda vujudga kelgan amaliyotni, eksport qilinayotgan tovarlarning tabiatini hisobga olgan holda qo`llaydilar. To`rtinchidan, jahon bozori (shuningdek xaridor) talablariga amal qilish, nafaqat u yerda qabul qilingan tovarlarni sotish qoidalariga rioya qilishni anglatadi. Bu yerda eksport uchun shunday tovarlarni ishlab chiqish va ishlab chiqarish hal qiluvchi rol o`ynaydiki, ular bozorga chiqqandan bir necha yillar o`tsa ham, yuqori raqobatbardoshligi bilan ajralib turadi. (1,2,3,4,7,11) – bu yerda va keyinchalik har bir bobning boshlanishida to`plam bobi shakllanishiga asos bo`lgan manbalar ko`rsatib boriladi. Download 67.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling