Маркетинг асослари (dmr-91)
Marketing axborot tizimi (MAT)
Download 99.79 Kb. Pdf ko'rish
|
Glossariy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Marketing byudjeti
- Marketing jarayoni
- Marketing konsepsiyasi
Marketing axborot tizimi (MAT) - 1) marketing tadbirlarini rejalashtirish, hayotga tatbiq tatbiq nazorat maqsadida aniq, dolzarb
ma’lumotlarni o‘z vaqtida to‘plash, tasniflash, tahlil qilish, baholash va undan marketing sohasida foydalanish maqsadida tarqatish uchun mo‘ljallangan metodik usullar, asbob-uskunalar va odamlarning muntazam faoliyat ko‘rsatuvchi o‘zaro aloqalar tizimi; 2) marketing sohasida qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish jarayonida foydalaniluvchi ma’lumotlarni to‘plash, tahlil qilish va etkazish usullari, asbob-uskunalar va xodimlar majmui. Marketing byudjeti - firmaning marketing faoliyatini amalga oshirishdagi xarajatlar, foyda va daromadlar miqdori detallashtirilgan tarzda (marketing kompleksi elementlari yoki marketing tadbirlari bo‘yicha) aks ettirilgan ko‘rsatkichlar tizimi, marketingning moliyaviy rejasi, korxona marketing rejasining bo‘limi. Marketing byudjetini rejalashtirish maqsadli foydaga asoslanishi yoki foydani optimallashtirishdan kelib chiqishi mumkin. Marketing jarayoni - yangi ehtiyoj va g‘oyalarni izlab topish, tanlash va ularni tovar yoki xizmatga aylantirish, bu tovarlarni izlab chiqish va bozorlarda yoki savdo taqsimot tarmoqlariga sotish bilan bog‘liq harakatlar va bosqichlarning tartibga solingan majmui. Marketing kommunikatsiyalari tizimi - 1) marketing tizimining tashqi muhit bilan o‘zaro aloqalari jarayonida sub’ektlar (jo‘natuvchi va qabul qiluvchi), vositalar, kanallar, to‘g‘ri (xabar) va teskari (qabul qiluvchining tahriri) aloqalar majmui; 2) insonlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqa shakl va vositalari majmui. Marketing konsepsiyasi - 1) bozor munosabati sharoitlarida faoliyat ko‘rsatayotgan firma, tashkilot yoki shaxsning ish yuritish, tadbirkorlikni tashkil etish falsafasi; 2) korxonaning yakuniy maqsadi - daromad olish va iste’molchilar ehtiyojini qondirish uchun foydalaniluvchi marketing faoliyatining asosiy vositalari, qoida va g‘oyalari tizimi. Atrofdagi aniq holatga, bozor munosabatlari rivojlanish darajasiga qarab an’anaviy, ishlab chiqarish, savdo, tovar, ijtimoiy va o‘zaro aloqaviy konsepsiyalarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Download 99.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling