Маркетинг асослари (dmr-91)


Bozorning raqobatchilik haritasi


Download 99.79 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/13
Sana29.01.2023
Hajmi99.79 Kb.
#1139073
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Glossariy

Bozorning raqobatchilik haritasi - 1) raqobatchilarini bozorda egallab to‘rgan o‘rniga ko‘ra tasniflash; 2) bozorda
raqobatchining o‘rnini nazorat qilish imkonini beruvchi raqobatchilar ulushini taqsimlash. Aniq tovar bozorlarida
raqobatchilarning o‘rnini tahlil qilish natijasida aniqlanadi.
Brending - marketing kommunikatsiyalari tizimining firma stili va uning elementlarini ishlab chiqish, firmani raqobatchilardan
ajratib turuvchi o‘ziga xos imijini yaratish sohasi
Gorizontal diversifikatsiya - firma assortimentini ayni paytda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan bog‘liq bo‘lmagan,
biroq mijozlarning qiziqishini uyg‘otishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar bilan to‘ldirish.
Demping - tovarni o‘rtacha bozor narxidan arzon, ba’zida hatto o‘z tannarxidan arzon narxda sotish. Ko‘pchilik g‘arb
mamlakatlarida milliy ishlab chiqaruvchilar foydasini himoya qiluvchi va aksari hollarda boshqa mamlakatlardan raqobatning
kuchli emasligi sababli arzon narxda tovar olib kirishni ta’qiqlovchi antidemping qonunlar amal qiladi.
Diversifikatsiya - 1) tovar strategiyasi turi, unga asosan korxona ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sonini kengaytiradi; 2)
yangi bozorlarni egallab olish va qo‘shimcha foyda olish maqsadida ishlab chiqarishning bir-biri bilan bog‘liq bo‘lmagan ikki
yoki undan ortiq turini bir vaqtning o‘zida kengaytirish va rivojlantirish.
Imij - tovar obrazi, uning biron narsani eslatishi, o‘xshashi va aks ettirishi, tovar bozori iqtisodiyotiga chambarchas bog‘liq
bo‘lgan ijtimoiy-psixologik holat. Tovar imiji tovarning reputatsiyasi, tovar markasi, tovar ishlab chiqarilgan korxona va
mamlakat bilan assotsiatsiyalashadi.
Iste’molchining mustaqilligi (suvereniteti) - iste’mol huquqining mustaqilligi, qaram emasligi, huquqning mustaqil
yo‘nalishi bo‘lib, tovar va xizmatlar bozorida iste’molchining manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan qoida va yo‘riqnomalar
majmuidan iborat.

Download 99.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling