raqobatbardoshligi, tovar va xizmatlarning bozordagi iqtisodiy va ijtimoiy kon’yunkturasini ta’minlash qobiliyatlari majmui.
Marketing tadqiqoti dizayni - 1) marketing tadqiqoti jarayoni va modelini
loyihalashtirish va tuzish; tadqiqotni o‘tkazish, marketing
axborotlarini izlab topish uchun ratsional rejalarni ishlab chiqish 2) marketing tadqiqoti sub’ektlari xulq-atvorining o‘zgarish
holatlarini o‘rganish va prognoz qilish bo‘yicha ijodiy jarayon.
Marketing tizimi - bozor muhitining mustaqil, foyda olish maqsadida tovar va xizmatlarga talabni shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha
o‘zaro uzluksiz aloqada bo‘luvchi ijtimoiy-iqtisodiy elementlar majmui. Marketing tizimi o‘z
ichiga quyidagilarni kiritadi; ishlab
chiqaruvchi firma, ta’minotchi firma, raqobatchi firma vositachi firma, iste’molchi (bozor).
Marketing tizimini axborot bilan ta’minlash - 1) marketing hujjatlarini rasmiylashtirish usullari
va vositalari majmuasi, marketing
tizimining holati va xulq-atvori to‘g‘risidagi ma’lumotlarni izlab topish, kodlashtirish
va saqlashni tashkil etish; 2) marketing tizimining
normal faoliyat ko‘rsatishini ta’minlovchi quyitizimlardan biri (tashkiliy, huquqiy, iqtisodiy, texnik,
dasturiy, matematik ta’minot va
boshqalar); 3) marketing axborotlari manbai, uning asosida korxona menejmenti turli xil boshqaruv qarorlarini qabul qiladi; 4)
ma’lumotlarni olish,
ishlov berish, tizimlashtirish va ularni «iste’mol uchun tayyor» axborotga aylantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: