Маркетинг асослари (dmr-91)


Marketing tizimining samaradorligi


Download 99.79 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/13
Sana29.01.2023
Hajmi99.79 Kb.
#1139073
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Glossariy

Marketing tizimining samaradorligi - 1) marketing tizimining marketing xarajatlari belgilab qo‘yilgan holda tovar va xizmatlarga
talabni takror ishlab chiqarishni to‘xtovsiz shakllantirish jarayonini ta’minlash qobiliyati ko‘rsatkichi; 2) marketing tizimi faoliyatining sifat
ko‘rsatkichi; 3) marketing tizimi sub’ektlarining resurslar ayirboshlash jarayonida o‘zaro aloqalari natijaviyligining kompleks ko‘rsatkichi.
Marketing faoliyati - 1) tadbirkorlik sohasida bajariladigan ishlar va vazifalar turi; 2) talabni shakllantirish va takror ishlab chiqarish,
firmaning foyda olishini ta’minlash maqsadida amalga oshiriluvchi marketing funksiyalari (marketing tadqiqotlari, savdo, narxning hosil
bo‘lishi, tovarni etkazib berish, marketing razvedkasi, benchmarketing va h.k.) bilan bog‘liq faoliyat; 3) bozor iqtisodiyotida takror ishlab
chiqarish zanjirining barcha bo‘g‘inlarida marketing vositalari va falsafasini qo‘llash jarayonini qamrab oluvchi hamda tovar yoki xizmat
talabni qondirish va foyda keltirish uchun nimani, qaerda, qancha va qanday qilib ishlab chiqarish lozim degan savollarga javob berishga
imkon beruvchi har kandan faoliyat.
Marketing faoliyatining iqtisodiy samaradorligi - 1) marketing faoliyatining oraliq va yakuniy maqsadlarini amalga oshirishga javob
beruvchi nisbatan ko‘p turli (marketing jarayonining barcha bosqichlari bo‘yicha) natija; 2) marketing faoliyatini amalga oshirish
samarasining (natijasi) bu jarayonda sarflanuvchi barcha xarajatlarga nisbati; 3) marketing faoliyati bilan bog‘liq xarajatlar qaytimi, natural
yoki qiymat (narx) shaklida aks ettirilgan natija va samaraning marketing faoliyatini tashkil tatbiq amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan
barcha (moddiy-texnik mehnat va hokazo) resurslarga nisbati yordamida baholanadi.
Marketing xarajatlari - tovar va xizmatlarni shakllantirish va takror ishlab chiqarish bo‘yicha marketing chora-tadbirlari va marketing
faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan sarf va chiqimlar yig‘indisi. Marketing xarajatlarining asosiy tarkibiy qismlari: boshqaruv
xarajatlari, marketing bo‘limi xodimlari maoshi, amortizatsion ajratmalar, marketing bo‘limining normal faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur
bo‘lgan material va resurslar, tovar siyosati, narx siyosati, kommunikativ siyosat, savdo va distributiv siyosat uchun sarflanuvchi xarajatlar.

Download 99.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling