Маркетинг асослари


Bundan esa ikki talab kelib chiqadi


Download 1.66 Mb.
bet21/73
Sana19.06.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1612962
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   73
Bog'liq
portal.guldu.uz-MARKETING ASOSLARI

Bundan esa ikki talab kelib chiqadi:

  1. Yangi ehtiyojlarni oldindan ko’ra bilish va ularni faol shakllantirish;

  2. Yangi g’oyaning ilgari surilishidan tovarning tajriba‑sinov savdosigacha bo’lgan muddatni qisqartirish, bu esa xarajatlarni keskin oshirishni taqozo qiladi.

Amerikalik mutaxassislarning ma’lumotlariga ko’ra, bozorga kiritilgan yangi tovarning o’ntadan sakkiztasi ko’ngildagidek natija bermaydi. Nega?

  1. Talabni xato aniqlash (45%);

  2. Tovarning nosozliklari (29%);

  3. Etarlicha bo’lmagan reklama (25%);

  4. Yuqori narx (19%);

  5. Raqiblarning javob hatti‑harakatlari (17%);

  6. Bozorga chiqish paytini noto’g’ri tanlash (14%);

  7. Hal qilinmagan ishlab chiqarish muammolari (12%).

Shuningdek, asosiy kuchni tovarning texnik‑iqtisodiy ko’rsatkichlarini yaxshilashga emas (vaholanki, bu ham muhimdir), balki uning “bozordagi yangiligi”ga qaratish kerakligi ham aniqlangan (15‑rasmga qarang).
Ya’ni tovar mutlaqo yangi ehtiyojni qondirishi lozim.


15‑rasm. Яngi tovarni ishlab chiqishning asosiy bosqichlari.

3.3. Tovarning muvaffaqiyatida qadoqlashning (upakovka) ahamiyati


Chetdan qaraganda tovar qadoqlash vazifasi tovarlarni buzilish va shikastlanishdan saqlashdangina iborat deyish mumkin. Bu fikr xatodir!!!


O’ramaning vzifasi quyidagilardan iborat:

Har qanday qadoqlash xarajat omilidir, shuning uchun u tovarning narxi bilan muvofiq nisbatda bo’lishi lozim.
Mijozning diqqatini tortuvchi, uni tovarni sotib olishga undovchi qadoqlar ishlab chiqishga ulkan mablag’lar sarflanadi.
Ya’ni qadoq - “tilsiz sotuvchi”dir!!!
Qadoq:

  • raqobatchilarning qadog’idan farqli bo’lishi;

  • xaridorga tovarni qidirishda yordam berishi;

  • tovarga muayyan imidj berib turishi kerak.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, xaridor sotib olinadigan tovarda avvalo qadoqni ko’radi.
Shuning uchun qadoq ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining tashrifnomasigina emas, balki g’oyat muhim reklama quroli, talabni shakllantirish va uni rag’batlantirish vositasidir.

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling