Yetuklik bosqichi rivojlanib borgan sari firmalar uzlarining strategik xarakatlarini rakobatchilar orasida pozitsiyalarini mustaxkamlashga yunaltiradilar. Bunda ular quyidagi vositalardan foydalanadilar: Yetuklik bosqichi rivojlanib borgan sari firmalar uzlarining strategik xarakatlarini rakobatchilar orasida pozitsiyalarini mustaxkamlashga yunaltiradilar. Bunda ular quyidagi vositalardan foydalanadilar: - Parametrik qatorlarini qisqartirish.
- Ishlab chiqarish jarayonini modernizatsiya kilishga e’tiborni karatish.
- Xarajatlarni kamaytirishga e’tiborni kuchaytirish.
- Mavjud xaridorlarga sotuvni oshirish.
- Rakobatchi firmalarni past baxolarda sotib olish.
- Xalqaro bozorga chiqish.
3. Depsinayotgan yoki tushkunlik xolatidagi korxonalar uchun strategiya. Ko’pgina firmalar sanoatga nisbatan o’sish past bulgan tarmoklarda ish olib boradilar. Bunday firma yoki kompaniyalar davom etayotgan turgunlikning anik voqeligini tan olishlari va bozorning mavjud imkoniyatlariga mos keladigan maqsadlarni ifodalashga o’z kuchlarini sarflashlari kerak bo’ladi. Depsinayotgan yoki tushkunlik xolatidagi tarmoqlarda muvaffaqiyatga erishgan kompaniyalar asosan quyidagi strategiyalarga amal qiladilar: - 1. O’suvchi bozor segmentlarini aniqlab, mos strategiya yaratish va ishlab chikish yo’li bilan fokuslash strategiyasi tomon yo’l tutish.
- 2. Sifatni yaxshilash va innovatsiya asosida differentsiyalash tomon yo’l tutish.
- 3. Xarajatlar darajasini pasaytirish uchun zo’r berib va uzilishlarsiz ishlash.
Odatda sanab utilgan uchta strategiyaning bittasidan foydalanish talab etiladi. Lekin ular bir-birini inkor etmaydilar. Unumdorlikning usishi baxolarni pasaytirish imkonini beradi, bu o’z navbatida sotuv xajmini usishiga olib keladi. Tarqoq tarmoqlarda raqobat strategiyasi. Tarqoq tarmoqlarda raqobat strategiyasi. Ba’zi tarmoklar yuz, xatto minglab kichik va urta firmalardan iborat bo’ladi. Ularning kupchiligini xususiy firmalar tashkil etib, ularning birortasi xam tarmoqdagi umumiy sotuv xajmida sezilarli rol uynamaydi. Bulib tashlangan tarmokning asosiy farklanadigan xususiyati, unda etakchilarning yukligidir. Bunday tarmoqlar qatoriga kitob nashriyotlarini, neftni tanker bilan tashish, avtomobillarni ta’mirlash, tez xizmat kursatadigan restoran va kafelar, xususiy firmalarda buxgalterlik xizmatlari, ayollar kiyimlarini tikish ustaxonalari, mexmonxona va otellar, mebel ishlab chikarish, karton kutichalar tayyorlash, oziq-ovqat tovarlarini kadoklash kabilarni kiritish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |