Маркетинг
Download 0.97 Mb.
|
Маркетинг амалий
2. Darsning rejasi:
Xalqaro marketing tushunchasi "Tovarning yashash davri" konsepsiyasi Tovarning yashash davri bosqichlariga ko’ra raqobatbardoshlik sohasidagi ishlab chiqarish strategiyasi Novator kompaniya, novator-firmalar, injiniring firmalari Iqtisodiyotimizda sodir bo’layotgan o’zgarishlar yangi sharoitda xo’jalik yuritish tajribasini shoshilich qaror qabul qilishni juda muhim zaruriyatga aylantiradi. Xususan, korxonalar va ishlab chiqarish birlashmalarini faoliyat yuritishlarining sharoitlari va tamoyillari jiddiy ravishda o’zgarmoqda. Ular faoliyatining natijalari endi - ularning mahsulotlarining raqobatbardoshligiga to’g’ridan - to’g’ri bog’liqdir. Ushbu muammoni hal qila turib, bizning ishlab chiqaruvchilar kapitalistik malakatlar firmalarining tajribasini o’zlari uchun foydali ravishda hisobga olishlari mumkin. Qat’iy raqobat, bozordagi tovarlarning keng tanlovi, ularning navlarini tez yangilanishi kapitalistik firmaning oldiga doimiy ravishda xaridor u tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotni qanday qabul qiladi, tovarning muvaffaqiyatlar va muvaffaqiyatsizliklari sababi qanday degan savollarni qo’yadi. Bunday muammolarni tahlil qilish zaruriyati yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishning o’sib borayotgan qiymati, ularni yaratish bilan bog’liq yuqori tavakkalchilikdan kelib chiqadi. Bularni barchasi firmani ishlab chiqarilayotgan tovarlarning raqobatbardoshligini e’tibor bilan o’rganishga majbur qiladi. Raqobatbardoshlik - tovarning uning raqib tovaridan ham aniq ijtimoiy ehtiyojga mosligi darajasi bo’yicha va ham uni qanoatlantirishga xarajatlar bo’yichi farqlanishini aks ettiruvchi ta’rifidir. Kapetalistik mamlakatlarda "raqobatbar doshlik" atamasidan tovarga nisbatan kamdan kam foydalaniladi. Uni asosan kompaniyalar, sanoat tarmoqlari, alohidagi mamlakatlar iqtisodiyotiga nisbatan qo’llaydilar. Tovarlarga nisbatan ko’proq "mahsulotning sifati" tushunchasidan foydalanadilar, u amalda "mahsulotning raqobatbardosh-ligi" atamasiga o’xshashdir, chunki tovarning sifati ostida uning xaridor ehtiyojini muvofiq qanoatlantirish, ya’ni uni eng kam xarajatlarda qanoatlantirish qobiliyati tushuniladi. Buning ustiga xaridorlar ko’ziga yuqoriroq sifatli bo’lib ko’rinuvchi mahsulotlar raqobat afzalliklariga egalar. Agar sifat ushbu nuqtai nazardan ko’rib chiqilsa, bozor - sifat deb ataydigan narsaning xuddi o’zidir. Xaridorni ishlab chiqaruvchi nuqtai nazaridan muhimroq bo’lgan ularni ishlab chiqarishga mehnat sarflanishi, material sarflanishi, energiya sarflanishi, ishlab chiqarishdagi mahsulotlarning texnologligi, ularning konstuksiyalari-dagi ko’pgina muhim o’ziga xosliklar kabi xususiyatlar butunlay qiziqtirmaydi. Ikkita element - iste’mol xususiyatlari va narx tovarning raqobatbardoshligining asosiy tashkil qiluvchilar bo’ladi. Ammo, tovarning bozor istiqbollari nafaqat sifat va ishlab chiqarish xarajatlariga bog’liq. Tovarning muvaffaqiyati va muvaffaqiyatsizligi sababi yetkazib beruvchining reklama faoliyati, uning obro’si, texnik xizmat ko’rsatishning taklif qilinayotgan darajasi kabi boshqa (notovar) omillardan iborat bo’lishi mumkin. Va baribir, firmalarning raqobatbardoshlikni ta’minlash bo’yicha faoliyatining noishlab chiqarish jihatlari qanchalik muhim bo’lmasinlar, sifat va narx asosiysi bo’ladi. Texnik xizmat ko’rsatish katta ishonchni yaratadi. SHundan kelib chiqqan holda, raqobatbardoshlik quyidagi ko’rinishga ega: Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling