Marketing manzarasining o’zgarishi. - Onlayn marketing hozirda eng tez o`sayotgan marketing shakllaridan biridir. Shu kunlarda, Internetdan ahamiyatli yo`lda foydalanmaydigan kompaniyaning o`zi mavjud emas. O`z bizneslarini Internet orqali amalga oshiradigan kompaniyalarga qo`shimcha sifatida, an`anaviy kompaniyalar onlayn marketingdan foydlanadigan kompaniyalarga aylanishdi. Ular onlayn korxonalarni yangi mijozlarni jalb etish va mavjudlari bilan kuchliroq munosabatlarni qurish maqsadida yaratishdi. Bugun, 71 foiz Amerikaliklar Internetda xaridni amalga oshiradi.
Notijorat marketingning o`sishi - So`nggi yillarda, marketing kollejlar, kasalxonalar, muzeylar, zooparklar, simfoniya orkestralari va xattoki, cherkovlar singari ko`plab notijorat tashkilotlar strategiyalarining asosiy qismiga aylandi. Notijorat tashkilotlar yodam va a`zolik uchun kuchli raqobatga yuz tutishmoqda. Marketing ularga a`zolik, mablag` va yordamni jalb qilishda yordam beradi.
Jadal globallashuv - Mijozlar bilan munosabatlarini qayta aniqlashgandan keyin, marketologlar xozirda atrof dunyo bilan kengroq munosabat o`rnatishga yangicha nigoh bilan qarashmoqda. Bugun, deyarli barcha kompaniya, hox u katta yoki kichi bo`lsin, global raqobat ta`siri ostida bo`ladi.
Barqaror marketing-ijtimoiy javobgarlikka ko`proq talab Marketologlar ijtimoiy qadriyatlar va javobgarliklar hamda bizni boqib turga Yer bilan bo`lgan munosabatlarini qayta tekshirib chiqishmoqda. Dunyo bo`ylab, iste`mol va atrof-muhit xarakatlari o`sib borishi bilan, bugunning marketologlari barqaror marketing tajtibalarini ishlab chiqishda qiyinchilikka duch kelmoqdalar. Korporative etika va ijtimoiy javobgarlik deyarli barcha turdagi biznes uchun qizg`in mavzuga ayangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |