Ma’rupov akmaljon
II-BOB. HUJAYRA - HAYOTNING ASOSI
Download 2.05 Mb. Pdf ko'rish
|
BOTANIKA QOLLANMA
II-BOB. HUJAYRA - HAYOTNING ASOSI 4-§ O`SIMLIK HUJAYRASINING TUZILISHI 1. Hujayrani o`rganuvchi fan bu-sitologiya 2. O`simliklarni hayoti bilan bog`liq ichki jarayonlarni aniq tassavur etish uchun….?—ichki tuzilishi bilish zarur. 3. Hujayralar qaysi jihatdan farq qilsa, ichki jihatdan o`xshash bo`ladi?—tashqi (morfologik) 4. Qaysi jarayonlar yagona qonunga muofiq amalga oshadi?—hujayralarda yuz beradigan hayotiy jarayonlar. 5. Bitta hujayraga ega o`simliklarga misol?— ayrim tuban o`simliklar. 6. Chigit hujayrasining uzunligi qancha?-- 3-4 sm. 7. Hujayralar qaysi xususiyatiga ko`ra shakli, rangi, kata-kichikligi, ichki tuzulishi va funksiyasiga ko`ra bir- biridan farq qiladi?—hujayralar o`simlikning qaysi organida joylashishiga ko`ra. 8. Agar o`simlik bitta hujayradan tashkil topgan bo`lsa, undagi hayotiy jarayonlar qayerda amalga oshadi?—shu bitta hujayrani o`zida. 9. Ayrim jarayonlar maxsus hujayralar tomonidan amalga oshiradigan o`simliklar?—ko`p hujayralilar. 10. Hujayra qanday qismlardan iborat?—ikki qismdan: 1.hujayra qobig`i 2. ichki tirik qism (protoplazma). 11. Hujayra qobig`iga xos xususiyat?—tiniq va mustahkam. 12. Hujayraning shakli nimaga bog`liq?—qobiqqa. 13. Hujayraning qaysi qismi murakkab tuzilishga ega?—hujayra qobig`i va sitoplazma. 14. Hujayrani butunligi ta`minlaydi bu-?—hujayra qobig` 15. O`simliklar hujayrasining tuzilishiga ko`ra nechta guruhga bo`linadi?—2 ta (bir va ko`p) 16. Elektron mikroskoplar buyumlarni necha marta kattalashtirib beradi?—yuz ming marta. 17. Elodeya barglari necha qavat hujayradan iborat---bir qavat hujayralardan iborat 18. Elodiya hujayrasida sitoplazmaning harakati nimaga bog`liq—kislorodning va oziq moddalarning harakat yo`nalishiga. 19. Faqat o`simliklarga xos organoid?--- plastida 20. Hamma hujayralar ham bo`linavermaydi faqat ….bo`linadi?---o`sish nuqtasidagi hujayralargina 21. Hujayra qachon, kim tomonidan kashf etilgan?--1665-yil, Robert Guk. 22. Hujayra bir-biridan nimasi bilan farq qiladi?--- shakli, hajmi va joylashishiga ko`ra. 23. Hujayra bo`linayotgada qanday biologik o`zgarishlar sodir bo`ladi? (2ta)---dastlab mag`iz kattalashadi, sitoplazmada ham to`siq paydo bo`ladi. 24. Hujayra qobig`idagi klechatkaning vazifasi?---mustahkamlik berish, tashqi tomondan himoya qilish, hujayra shaklini saqlab turadi va tashqi muhit bilan bog`lab turadi. Akmaljon Ma’rupov & Davron Sultonov @biologiya_fardu telegram kanali 14 25. Hujayra qobig`idagi yarim o`tkazuvchanlik qachongacha saqlanadi?---nobud bo`lguncha 26. Hujayra qobig`iga mustahkamlik beruvchi modda?--kletchatka. (sellyuloza) 27. Hujayra qobig`ining qalinligi nimaga bog`liq?---yoshiga. 28. Ingliz fizigi bu-?-- Robert Guk. 29. Moddalarni tashqi tomondan kirishi hujayraning qaysi qismi tartibga solidi?—qobig`i. 30. Elastik modda bu-?—sitoplazma. 31. Hujayra qobig`ining vazifasi (3ta)?—1. tashqi ta`sirda himoya 2. mustahkamlik 3. shakli saqlab turadi 4. tashqi muhit bilan bog`lab turadi. 32. Hujayralarni qanday shakllarini bilasiz (6ta)?--- ovalsimon, yumaloq, ko`p burchakli, naysimon, to`g`ri to`rt burchakli, tuksimon. 33. Hujayra qobig`i va sitoplazmaning birlashtiruvchi xususiyat?—tarkibining murakkabligi. 34. Hujayra shirasi tarkibida nimalar bor? --suv, oqsil, moy, shakar. 35. Hujayra shirasini (vakuolni) necha foizini suv tashkil qiladi?--70-95%ni. 36. Hujayraning tirik organizmlardagi xususiyatlar?—1. nafas oladi 2.ortiqcha narsalarni ajratib tashqriga chiqaradi, 3.tashi muhitning o`zgarishini sezadi 4.o`sadi 5. bo`linadi 6. yangi hujayra hosil qiladi. 37. Oddiy ko`z bilan ko`rib bo`lmaydi bu-?—hujayralar. 38. Qaysi organizm moddalari sitoplazmada tarqoq joylashgan bo`ladi?—ko`k- yashil suvo`tlar (sianobakteriyalar), bakteriyalar va ayrim zamburug`lar. 39. Barg, ildiz, mevalar qobig`idagi hujayralar….bajaradi?—noqulay sharoitdan- shamol yomg`ir sovuqdan issiqdan ximoya qiladi. 40. Nima uchun shtativli lupa buyumlarni 10-25 martagacha kattalashtirishi mumkin?—chunki uning tagligida kattalashtiruvchi ikkita linza bo`ladi. 41. Mikroskop ixtiro qilingacha ….?-- tirik mavjudotlar, shu jumladan o`simliklarning hujayradan tashkil topganligi aniq va ravshan ko`rish mumkin bo`ladi. 42. Hujayralar nimasi bilan bir-biriga juda o`xshash bo`ladi?---ichki tuzilishi bilan. 43. Hujayralar o`simliklarning qaysi organida joylashishiga qarab:? --1. shakli 2. rangi 3. yirik maydaligi 4. ichki tuzilishi 5. funksiyasi bilan farq qiladi. 44. Rustamjon tarvuz hujayrasini mikroskopda ko`rganda, o`qituvchi unga senga hujayrani 81 marta kattalashtirilgan tasvirini ko`rsatdim deb, okulyar raqamini ko`rsatdi va ko`rsatkich 9 ekanligi bildi. Aytingchi obe`ktiv ko`rsatkichi nechaga teng?—9 ga. 45. Hujayralarga xos muhim biologik xususiyatlardan biri ? --ularning o`sishi va bo`linishidir. 46. Hujayralarni oddiy ko`z bilan ..?—ko`rib bo`lmaydi. 47. Hujayralarning ichki tuzilishini va sitoplazmadagi harakatlarni kuzatishdan… foydalaniladi mikroskopdan. 48. Mikroskop bilan ishlash tartibi nechta qoidadan iborat?—6 ta. 49. Hujayraning qaysi qismi tiniq va mustahkam bo`ladi?—Hujayra qobig`i. 50. Hujayraning rangsiz, tiniq, suyuq yoki shilimshiq qismi?--sitoplazma. 51. Irsiy belgilarning yangi bo`g`inga o`tishida muhim ahamiyatga ega bu?---vaqt 52. Laboratoriyada mikroskop stol chekkasidan qancha masofaga qo`yiladi?--3-4 sm. Akmaljon Ma’rupov & Davron Sultonov @biologiya_fardu telegram kanali 15 53. Qo`l lupasi buyumni qancha marta kattalshtirib beradi?--3-5 marta. 54. Mikroskop bilan ishlash tartibining 6-qoidasi bu-?—har qanday preparat dastlab kichik obektivda ko`rinadi. 55. Lupalar necha xil bo`ladi?---ikki xil; 1.qo`l lupasi 2.shtativli lupa. 56. Mag`iz qanday ahamiyatga ega?--irsiy belgilarning yangi bo`g`inga o`tishida. 57. Mag`izning shakli va hajmi nimaga bog`liq?--hujayraning yirik-maydaligiga, yoshiga, holatiga va to`qimaning turiga hamda yashash sharoitiga qarab har xil bo`ladi 58. Hujayraning eng muhim tarkibiy qismini aniqlagan olim millati?—ingliz. 59. Mikroskopning qaysi qismida qisqich (klemma) bo`ladi?—buyum stolchasi ustida. 60. Mevalarning ta`mi shirin, nordon, achchiq bo`lishi nimaga bog`liq?---hujayra shirasiga. 61. Mikroskop necha marta kattalashtirib ko`rsatishi bilish uchun nima qilinadi---ob`ektiv va okulyarlardagi raqamlar ko`paytiriladi 62. Mikroskop tarkibiy qismlarini sanab bering? (8ta)---1. okulyar, 2.ob`ektiv,3. buyum stolchasi, 4.ko`zgu, 5. makrovint, 6.mikrovint 7.shtativ, 8.taglik. 63. Mikroskoplar buyumlarni necha marta kattalashtirib beradi?—ming va undan ortiq. 64. Mikroskopning kichik ob`ektivi buyum stolchasi teshigidan necha sm balandlikda bo`ladi?—0,5-1 sm. 65. Yumshoq, toza latta bilan mikroskopning optik qismlarini artish ishlash tartibing nechanchi qoidasi?—ikkinchi. 66. Nima uchun elodiyadan tayyorlangan preparatni mikroskopda butunligicha ko`rish mumkin?--- barglari bir qavat hujayradan tashkil topgan 67. Nima uchun elodiyadan tayyorlangan preparatni mikroskopda tabiiy sharoitda o`sgandek tirik bo`ladi--- suvda o`sgani uchun. 68. O`simlik gullari va barglari rangi qaysi plastidalarga bog`liq?-- xromoplastlarga. 69. O`simlikning qaysi qismidagi hujayralar bo`linish xususiyatiga ega?--o`sish nuqtasidagi. 70. Obyektiv preparatdan qancha uzoqlikda bo`lishi kerak?-- 4-6 mm. 71. Organizm asosi bu---?.---hujayra 72. Gullar va mevalarning har xil bo`lshiga sababchi bo`ladigan plastid turi bu-?—xloroplat va xromoplast. 73. Hujayraning qaysi organoidining shakli turli shaklda bo`ladi?—vakuol. 74. Hujayraning 5-30 % ni nimalar tashkil etadi?—vakuoldan tashqari barcha qismlari. 75. Hujayraning asosiy tirik qismlaridan biri bu-?—plastida. 76. Piyoz hujayralari boshqa o`simlik hujayralaridan nimasi bilan farq qiladi?--hujayra shaklining cho`ziqligi, zijligi va rangsizligi bilan. 77. Plastidalar qanday xillarga bo`linadi?--leykoplastlar, xromoplastlar, xloroplastlar. 78. Qari hujayralarda sitoplazma va mag`iz butunlay yo`qolib,uning o`rniga ?---suv yoki havo xosil bo`ladi. 79. Qaysi organizmlarda yadro shakllanmagan?-- ko`k yashil suvo`tlari, bakteriyalar, ayrim zamburug`lar. 80. Rangsiz plastida?---leykoplast. 81. Shtativli lupa buyumni qancha kattalashtirib beradi?--10-25 marta. 82. Sitologiya so`zining ma`nosi?--- Sitoz “hujayra” logos “fan” , “ta`limot”. 83. Sitoplazma ichidagi hujayra shirasi bilan to`lgan bo`shliq nima deb ataladi?--vakuol. 84. Tabiatdagi tirik mavjudodlarga xos eng muhim umumiy belgilardan biri?—ularning hujayralardan Akmaljon Ma’rupov & Davron Sultonov @biologiya_fardu telegram kanali 16 tuzilganligidir. 85. Tirik hujayra ichidagi harakatni qaysi o`simlik bargining butunligicha yaqqol ko`rish mumkin?-- elodeya. 86. To`qimani qaysi fan o`rganadi?-- gistalogiya.(qo`shimcha ma`lumot) 87. Turli hajmda kattalashtirib ko`rsatadigan ikki tomoni qabariq oynadan iborat asbob---lupa 88. Tuzilishi o`xshash bo`lgan, lekin bir hil vazifani bajaradigan hujayralar yig`indisi nima deb ataladi?--- to`qima. 89. Unda tirikka xos barcha xususiyatlar mujassamlashgan bu-?—hujayra. 90. Yadro qachon va kim tomonidan kashf etilgan?--1831-yil, Robert Broun. 91. Yadro tarkibiga ko`ra qaysi organoidga yaqin turadi?--sitoplazma. 92. Yashil rangli plastida?---xloroplast. 93. Yosh hujayralar qachon bo`linishni boshlaydi? ---ona hujayra o`lchamiga yetgach 94. Zarg`aldoq, qizg`ish rangli plastida?--xromoplast. 95. Hujayra qaysi organoidi turli shaklda bo`ladi?—vakuol 96. Vakuol tarkibida suvdan tashqari yana nimalar bo`ladi?—oqsil, moy, shakar. 97. Mikroskopda qanday vintlar bo`ladi?—2 xil mikro va makro. 98. Mikroskopni tozalashda dastlab qaysi qismi artiladi?—obektivi. 99. Nima uchun shtativli lupa qo`l lupasiga nisbatan kattaroq ko`rsatadi?—chunki unung tagiga kattalashtiruvchi ikkita linza bo`ladi. 100. Zamburug`lar, bakteriyalar, shilimshiqlar hamda ko`k-yashil suvo`tlarda …bo`lmaydi?—plastidalar. 101. Mag`izning ikkinchi nomi?—yadro. 102. O`simlik hujayralari qaysi xususiyatiga qarab bir-biridan farq qiladi?—qaysi organga tegishliligiga qarab. 103. Hujayraning qaysi organoidining uch ko`rinishi mavjud?--plastidalarni 104. Hujayralarning bir-biridan farqi nimaga bog`liq?—o`simliklarning turiga va yashash sharoitiga bog`liq. 105. Nima uchun piyoz po`stidan preparat tayyorlash oson?—yupqa va shaffof bo`lganligi uchun. 106. Piyoz hujayrasiga xos xususiyatlar?—1.hujayrasi cho`ziq 2.zich joylashgan 3.plastidalari rangsiz. 107. Yirik hujayraga misol?—chigit hujayrasi. 108. Elodiya o`simligi qayerda ko`proq o`sadi?—akvarium devorlarida. 109. Sellofan xaltachadagi xamirnni stakandagi yodli suvga tushuruvchi laboratoriyadan maqsad nimani tushuntirish?—hujayra qo`big`idagi teshikchalar (porachalar) borligini. 110. Vaqt o`tishi bilan qari hujayralarda nima butunlay yo`qola boshlaydi?—sitoplazma va mag`iz. 111. Hujayra bo`linishida qanday biologik o`zgarishlar sodir bo`ladi?—1.mag`iz yiriklashadi 2.oldingi shaklini yo`qotadi 3.oldingi qobig`ini yo`qotadi. 112. Hujayra qobig`idagi yarim o`tkazuvchanlik deganda nimani tushunasiz?—tanlab o`tkazish. 113. Hujayralar o`sishini mikroskopda kuzatish mumkinmi?—kuzatish mumkin (qiyinroq). 114. 3-4 sm raqamlariga misol?—chigit hujayrasi va mikroskop stol chekkasidan narida turishi. 115. Tabiatdagi tirik mavjudotlarga xos eng muhim umumiy belgilardan biri bu-?--ularning xujayradan tuzilganligidir. 116. Bir hujayrali o`simliklarga qaysilar kiradi?--xlorella, xlamidomanada. 117. Ko`p hujayrali o`simliklarga qaysilar kiradi?--barcha yuksak o`simliklar. Akmaljon Ma’rupov & Davron Sultonov @biologiya_fardu telegram kanali 17 118. Mikroskop so`zining ma`nosi?--yunoncha “mikros”-kichik, “skoneo”-ko`raman degan ma`noni anglatadi. 119. Mikroskop preparatni necha marta kattalashtirib ko`rsatadi?--ming marta va undan ko`p. 120. Zamonaviy mikroskoplar buyumni necha marta kattalashtib ko`rsatadi?--yuz ming marta. 121. Mikroskopning okulyari 38, obektivi 41 bo`lsa tarvuz hujayrasi necha marta kattalashtirilmoqda?—1558 marta. 122. O`simlikning qaysi qismida g`amlash xususiyatiga ega hujayralar bo`ladi?—urug, ildiz va boshqa organlarida. 123. Bilamizki hujayralar shakli, hajmi va joylashishiga qarab biri-biridan farq qiladi, hujayralardagi bu farq nimaga bog`liq?—o`simlik turiga va yashash turiga. 124. Hujayralarning xilma-xilligini ko`rish uchun nimalar qilish kerak?—uning turli organlaridan preparat tayyorlash kerak. 125. Piyoz hujayradidan preparat tayyorlash uchun birinchi nima ish qilinadi?—uning qurigan po`stidan tozalanadi. 126. Mikroskopda ko`riladigan chigit tuki yoki piyozning shaffof hujayralarini buyum stolchasida nima bilan to`g`riladi?—nina bilan. 127. Hujayradagi qaysi jarayon hammani qiziqtiradi?—hujayra ichidagi tirik qismning harakati. 128. Odamlar tomonidan o`stiraladigan o`simlik?—elodiya. 129. Hujayraning oziqlanishi va nafas olishi qanday jarayonda amalga oshadi?—quyosh nuri ta`sirida suv va unda erigan turli moddalar hamda kislorod bo`lgan holdagina. 130. Hujayralardagi qaysi jarayonlarni kuzatish ancha murakkab xisoblanadi?—hujayraning bo`linishi. 131. Hujayra mag`izi qachon o`z shaklini o`zgartiradi?—bo`linishdan oldin. 132. Qaysi o`simliklar hujayralarini oddiy ko`z bilan ko`rish mumkin? (4ta)—1.limon 2.mandarin 3.pomidor 4.tarvuz. 133. Xloroplastlarda qanday pigmentlar bo`ladi?—xlorofill pigmentiga ega plastidalar. Download 2.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling