Ma’rupov akmaljon
III-BOB. GULLI O`SIMLIKLARNING VEGETATIV VA GENERATIV ORGANLARI
Download 2.05 Mb. Pdf ko'rish
|
BOTANIKA QOLLANMA
III-BOB. GULLI O`SIMLIKLARNING VEGETATIV VA GENERATIV ORGANLARI
7-§ ILDIZ TURLARI VA TIZIMLARI 1. Agar mineral o`g`itlar meyoridan ortiqcha solinsa,…?—1.tuproqning ekologik holati yomonlashadi, 2. tuproqdagi tirik mavjudotlarga salbiy ta`sir ko`rsatadi, 3. xosil bo`layotgan maxsulot tarkibini buzadi. 2. Agar o`simliklarga mineral o`g`itlar yetishmasa,…mumkin?-- ularda ichki va tashqi o`zgarishlar sodir bo`lib qurib qolishi. 3. Begoniyaning barglaridan qanday ildiz hosil bo`ladi? – qo`shimcha. 4. Ildizning qaysi qismidagi hujayralar bo`linmaydi, lekin o`sadi? – o`suvchi. 5. Ildizning qaysi qismidagi hujayralar o`sib ma`lum funksiyani bajarishga ixtisoslashadi? -- o`suvchi. 6. Tayanch ildizlarga ega o`simliklar? – makkajo`xori, oqjo`xori, banyan 7. Archa daraxti necha yil yashaydi?---700-800 (1000) yil. 8. Asosiy, yon, qo`shimcha ildizlar birlashib nimani hosil qiladi?-- ildiz tizimini.(sistemasini). 9. Ayrim daraxtlarning ildizi …metrgacha borishi mumkin?-- 50-60 10. Azotli o`g`itlar o`simliklarning qaysi jarayonni tezlashtiradi?-- o`sishni. 11. Bir tup o`simlikning ildiz tukchalari ulab chiqilsa necha metrni tashkil qiladi?--- 20. 000 metr. 12. Bosh piyozni ildizi poyadan atrofga qanchagacha tarqaladi?-- 60-70 sm. 13. Chinor o`simligi necha yil yashaydi?-- 600-800 yil. 14. Daraxt ildizi bilan…maqolni davon ettiring?.-- kuchli, odam- do`sti bilan 15. Eman daraxti necha yil yashaydi?-- 2000 yil, 16. G`o`za niholinig ildizi bir kecha kundizda qancha o`sadi?--2-3 sm. Akmaljon Ma’rupov & Davron Sultonov @biologiya_fardu telegram kanali 21 17. Har bir ildiz tukchasi …ta uzun hujayradan tashkil topgan?-- 1ta 18. Ildiz ko`dalang kesimining qismlarini sanang?—1. ildiz tukchalari, 2. po`sti, 3.naylari. 19. Ildiz tizimi tuzilishiga ko`ra?—1. o`q va 2. popuk ildizga bo`linadi. 20. Ildiz tizimining o`lchami va tuzilishi nimaga bo`g`liq?—1. ildizning shoxlanishiga, 2. qo`shimcha ildizlarga hamda tuproq unumdorligiga bog`liq. 21. Ildiz tukchalari hujayralari nimalardan tashkil topgan?—1.yupqa qobiq, 2. sitoplazma va 3. yirik mag`izdan. 22. Ildiz tukchalarining faoliyati necha kun?-- 10-20 kun. 23. Ildiz uchini chilpish orqali qaysi o`simliklardan yuqori hosil olish mumkin?-- 1. pomidor, 2.karam, 3. bulg`or qalampiri. 24. Ildiz uchini qoplab turadi? -- ildiz qinchasi. 25. Ildizga hos muhum xususiyatlardan biri?--barg hosil qilmaydi. 26. Ildizining uzunligi 30 metrga boradigan o`simlik?-- yantoq. 27. Ildizlar bir-biridan nimasi bilan keskin farq qiladi? -- shakli va o`lchami 28. Ildizning po`st hujayralari qanday yuzilgan?—1. tirik, 2. yumaloq va 3. yupqa qobiqli. 29. Ildizning qaysi qismida havo bo`ladi?—po`st hujayralari oralig`ida. 30. Ildizning vazifalari?-- 1.o`simlikning yer ustki qismini subustratda (yerda) ushlab turadi, 2.suv va mineral tuzlarni yuqoriga yetkazib beradi, 3.ayrim o`simliklarda vegetativ ko`payishda ishtirok etadi. 31. Ildizning zonalarini yozing?—1. bo`linuvchi (ildiz qinchasi), 2. o`suvchi, 3. so`ruvchi, (shimuvchi) 4. o`tkazuvchi. 32. Makkajo`xorining 1 mm 2 so`rish qismida nechta ildiz tukchasi bo`ladi?-- 700 ta. 33. Makkajo`xorining ildizi poyadan atrofga qanchagacha tarqaladi?-- 2 metrgacha. 34. Meneral o`g`itar O`zbekistonning qaysi viloyatida ishlab chiqariladi?-- Navoiy, Chirchiq. 35. Mineral o`g`itlarga qaysi o`g`itlar kiradi?—1.azotli(selitra), 2. fosforli, 3. kaliyli. 36. Mineral o`g`itlarni ko`p qo`llash natijasida qaysi o`simliklar iste`molga yaroqsiz bo`lib qoladi?—1. qovun, 2. tarvuz, 3. kartoshka. 37. Murtakdagi boshlang`ich ildiz o`sishdan to`htasa nima sjdir bo`ladi?-- boshlang`ich poyada qo`shimcha ildiz xosil bo`ladi. 38. Murtakdagi boshlang`ich ildizning bevosita o`sishidan nima hosil bo`ladi?-- asosiy ildiz. 39. O`g`itlar necha guruhga bo`linadi, ular qaysilar? -- ikki guruhga:1.organik va 2.mineral. 40. O`q ildiz qaysi o`simliklar uchun xos?-- faqat ikki pallalilar uchun. 41. O`q ildiz sistemasiga ega bo`lgan o`simliklar (yovvoyi va madaniy 13ta)? -- yovvoyi: 1.do`lana, 2. na`matak, 3. saksovul madaniy: 1.olma, 2. o`rik, 3. nok, 4. qovun, 5. tarvuz, 6. g`o`za, 7. no`xat, 8. loviya, 9. mosh, 10. terak. 42. O`simliklar hujayrasi qachon tarang holatda bo`ladi?-- suv yetarli bo`lsa. 43. O`simliklardan mo`l hosil olish uchun qaysi o`g`itlardan foydalaniladi?-- kaliyli va fosforli. 44. O`simliklarning yer osti qismi, ya`ni ildizi yer ustki qismiga nisbatan …o`sadi?---tez 45. O`zbekistonda ikki turi uchraydigan, ildizsiz o`simlik?-- suv qaroqchisi. 46. Onasidan kiyim- boshim, bolasidan moy oshim …javob?-- g`o`za. Akmaljon Ma’rupov & Davron Sultonov @biologiya_fardu telegram kanali 22 47. Organ deb nimaga aytiladi?---o`simliklarda bir yoki bir nechta vazifani bajaruvchi to`qimalar yig`indisiga aytiladi. 48. Organik o`g`itlarga qaysi o`g`itlar kiradi?-- go`ng va chirindilar (gumuslar). 49. Organlar necha xil bo`ladi va ular qaysilar?-- Ikki xil 1. vegetativ 2. generativ 50. Popuk ildiz qaysi o`simliklar uchun xos?-- faqat bir pallalilar uchun. 51. Qarag`ay o`simligi necha yil yashaydi?---350 (500) yil. 52. Qaysi o`simliklarda asosiy ildiz rivojlanmaydi?--- bir urug` pallalilarda 53. Qaysi o`simliklarning asosiy ildizida oziq moddalar to`planadi? (5)?—1.qizil lavlagi, 2.sabzi, 3. rediska, 4. turup, 5. sholg`om 54. Qaysi o`simlikning ildizi juda uzun va ingichka bo`lib ,asosan yon tomonga qarab o`sadi?.-- juzg`un (qandim). 55. Qaysi o`simlikning to`pguli suvdan yuqoriga chiqib turadi?-- suv qaroqchisini 56. Qo`shimcha ildiz xosil qiladigan o`simliklarga 4-ta misol?—1.makkajo`hori, 2.kartoshka, 3.ajriq, 4.qulupnay. 57. Sekvoyadendron necha yil yashaydi?-- 4000-6000 yil. 58. Suv qaroqchisi o`simligining bo`yi qancha?-- 20-30 sm. 59. Tanasining yuqori qurib qolib pastdan yangidan o`sib chiqadigan o`simliklarga misol?—1. chinor, 2. tol, 3. terak, 4. zarang, 5. olma, 6. do`lana. 60. Tuproqdagi suv va unda erigan oziq moddalarning so`rilish ketma ketligini toping?---ildiz tukchalari→ po`stloq hujayralari → o`tkazuvchi qism→poya. 61. Vegetativ va generativ organlarga qaysilar kiradi?—vegetativga : 1. ildiz 2. poya 3.barg generativ: 1. gul 2. urug`, 3. meva. 62. Yon ildizlari atrofga 20-30 m gacha boradigan o`simlik?-- yong`oq. 63. Yong`oq necha yil yashaydi?-- 70-100 yil. 64. O`simlik poydevori bu---?.--- ildiz 65. Ildizning qaysi qismida mag`izni ko`rish mumkin?—ildiz tukchasida. 66. Ildizning qaysi qismi bir necha qavat hujayralardan tashkil topgan?—ildiz qinchasi. 67. Qachon tuproqda havo kam bo`ladi?—qatqoldoqda (yerning ustki qismi yomg`irdan yoki mexanik ta`sirlardan qotishi natijasida). 68. O`simliklarda havo yetishmasligining salbiy oqibatlari?—kasallanadi, hosili kamayib ketadi. 69. Suv borligidan darak beradigan o`simlik (indikator)?—yantoq. Download 2.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling