Ma’rupov akmaljon
Download 2.05 Mb. Pdf ko'rish
|
BOTANIKA QOLLANMA
6-§ O`SIMLIK TO`QIMALARI To`qimani o`rganuvchi fan – gistologiya 1. To`qima tushunchasida hujayraning qaysi hususiyatlari o`xshash bo`ladi?—1.kelib chiqishi (filogeniyasi) 2.shakli 3.bajaradigan vazifasi. 2. To`qima tushunchasini kimning qaysi asarida keltirilgan?—1682 y N.Gryuning “O`simliklar anatomiyasi” nomli kitobida fanga kiritilgan. 3. Qaysi o`simlikning tanasida suv saqlovchi parenxima hujayralar mavjud?—cho`llarda o`suvchi kaktuslarda. 4. Poya va bargida suv saqlovchi o`simliklar qayerlarda uchraydi?—cho`llarda. 5. Epiderma to`qimasini tashqi tomonda nima qoplab turadi?—kutikila yoki mum. 6. O`simliklardagi kutikula va mumning vazifasi?—suvni kam buglatish. 7. Barglar va yashil poyalardagi og`izchalarning vazifasi?—gazlar almashinuvida, suv bug`latishda. 8. Ikkilamchi qoplovchi to`qima bu?—periderma. 9. Birlamchi qoplovchi to`qima bu-?—epiderma. Akmaljon Ma’rupov & Davron Sultonov @biologiya_fardu telegram kanali 18 10. Qaysi o`simliklarda epiderma, peridermaga almashinadi?—ko`p yillik o`simliklarda. 11. Periderma to`qimasi nimalardan tashkil topgan?—po`kak va boshqa hujayralardan. 12. Po`kak nima uchun o`zidan suv va gazlarni o`tkazmaydi?—qobig`iga maxsus yog`simon modda (suberin) shimilganligi uchun. 13. Suberin qaysi to`qimaga kiradi?--qoplovchi. 14. Qaysi `simliklarning tanasi va ildizida har yili po`kak to`qimasining yangi qavati shakllanadi?— daraxt va butalar tanasida. 15. Po`stloq qanday shakllanadi?—Daraxt va butalar o`simliklarining tanasi va ildizida har yili po`kak to`qimasining yangi qavati shakllanishidan. 16. Nima uchun daraxt va butalarning tanasida yoriqlar paydo bo`ladi?—Po`stloq qavati hujayralari chozilish xususiyatiga ega bo`lmaganligi uchun. 17. Cho`zilish xususiyatiga ega bo`lmagan xujayralar qayerda bo`ladi?—po`stloq xujayralarida. 18. Traxeidlar nima?—yog`ochlik naylarida uchrovchi maxsus xujayralar. 19. Ksilemada nimalar bo`ladi?—o`tkazuvchi naylar va traxeidlar. 20. Suv va mineral tuzlar o`simlikning qaysi qismi orqali barcha organlariga yetib boradi?—o`tkazuvchi naylar va traxeidlar orqali. 21. Floema …hujayralardan iborat?—tirik. 22. Elaksimon naylar qayerda uchraydi?—Floemada. 23. Barglarda hosil bo`lgan organik moddalar o`simlikning qaysi qismi orqali uning barcha organlariga yetkaziladi?—floemadagi elaksimon naylari orqali. 24. Qaysi hujayralarda yadro mavjud emas?—elaksimon nay hujayralarida. 25. Yo`ldosh hujayralar qayerda uchraydi?-- elaksimon nay hujayralarida. 26. Sklerenxima ikki bo`linadi ular?—1. ingichka uzun- lup tolalari, 2.yumaloq –skelerid hujayralari 27. Skelerid (tosh) hujayralari o`simliklarning qaysi qismlarida uchraydi? --o`simlik uruglari qobig`ida- 1.yong`oq, olcha, o`rik, meva etida-nok, behida. 28. To`qima deb nimaga aytiladi?—chiqib kelishi, shakli o`xshash, muayyan bir vazifani bajaradigan hujayralar to`plamiga. 29. O`simliklar to`qimasi haqida tushunchani ilk bor fanga olib kirgan olimlar?—Malpigi va Gryu. 30. To`qimalar bajaradigan vazifasiga qarab …bo`ladi?—xilma-xi. 31. O`n yettinchi asrda qanday ishlar amalga oshirilgan?—o`simlik to`qimasi xaqidagi tushuncha fanga kiritildi. 32. Qaysi to`qimaning hujayralari yupqa va egiluvchan bo`ladi?—meristema 33. Asosiy to`qimaning vazifalari?—1.o`simlik eniga 2. bo`yiga o`stirish. 34. O`simlik organining asosini tashkil etuvchilar bu-?—hujayralardir. 35. O`simlik to`qimalari qaysi hususiyatiga qarab oddiy va murakkab turlarga bo`linadi?—hujayralar soniga. 36. Asosiy to`qimaning muhim fuksiyasi?—fotosintez jarayonini, ya`ni o`simliklarda moddalar almashinuvini amalga oshirishdan iborat. 37. Murakkab to`qimaga misol?—ajratuvchi to`qima. 38. U o`simlikka tayanch mustahkamlik beradi bu-?—mexanik to`qima. 39. Tuzilishi va ixtisoslashgan tarkibi har xil hujayralardan tashkil topgan to`qima bu-?—ajratuvchi to`qima. 40. Ajratuvchi to`qimaning mahsulotlari qayerda to`planadi?—o`simlik vakuolalarida. Akmaljon Ma’rupov & Davron Sultonov @biologiya_fardu telegram kanali 19 41. Mexanik to`qamaning hujayralariga xos xususiyat?—1.qalin qobiqli 2.cho`ziq 3.tirik 4.o`lik hujayralardan iborat. 42. Asosiy to`qima necha turga bo`linadi?—3 turga. 43. O`simlikning turli qismlarida joylashgan to`qima?—meristema. 44. Ajratuvchi to`qimaning to`planuvchi mahsulotlari?—1.efir moylar (xushbo`y moylar) 2.kauchik 3.balzam 4.smola. 45. O`simliklardagi ortiqcha moddalar shu to`qima orqali tashqariga chiqarib yuboriladi? ajratuvchi to`qima. 46. Poya va ildizning po`stloq qismida qaysi to`qima uchraydi?—mexanik. 47. Mexanik to`qima necha xil to`qima xiliga ega?—3 xil. 48. Mexanik to`qima o`simlikning qaysi organlarida uchraydi?—1.yog`ochlik tolalarida 2.ildizning po`stloq 3.poyada. 49. Asosiy to`qimaning tarkibiga qaysi to`qimalar ham kiradi?—1.assimlyatsiolovchi 2.suv saqlovchi 3.g`amlovchi. 50. Qoplovchi to`qima o`simliklarni qaysi organlarida uchraydi?—poya va ildizlarda. 51. Yadro va bir qavat xlofill donachasidan iborat bo`lgan to`qima?—asosiy. 52. Nima uchin asosiy to`qima xlorofilli parenxima yoki xlorenxima deb ham yuritiladi?-- yadro va bir qavat xlofill donachasidan iborat bo`lganligi uchun. 53. O`lik, tirik va tosh hujayralardan iborat bo`lgan to`qima bu-? mexanik. 54. O`simliklardagi tirik to`qimaning nomi?—kollenxima. 55. O`simlik qarigan sari….paydo bo`ladi?—periderma o`rniga po`stlog`i o`lik to`qimalar. 56. Sklerinxima qanday hujayra hisoblanadi?—o`lik. 57. Sklerinxima necha turga bo`linadi?—2 ga. 58. Xlorenxima so`zining lug`aviy ma`nosi?—yunoncha (grekcha) “xloros”-yashil; “enxima”-to`ldirilgan degan ma`nolarni anglatadi. 59. Asosiy to`qima o`simlik qaysi organlarida uchraydi?—1.yashil barg 2.yashil novdalarda 60. Poyaning po`stloq qiqsmida joylashgan sklerinxima…deyiladi?—lup tolalari. 61. Yangi to`qima organlar paydo bo`lishida qatnashadigan to`qima?—hosil qiluvchi. 62. Libriform nima?—kambiydan hosil bo`lgan sklerinxima. 63. Hosil bo`lishiga ko`ra…to`qimalari o`simlikka mustahkamlik berib turadi?---kollenxima. 64. Lup tolalari va tosh hujayralari qaysi to`qimaning xillariga kiradi?—sklerinxima. 65. To`qimalar qaysi xususiyatlariga qarab bir necha xillarga bo`linadi?—morfo-biologik belgi va xususiyatlariga qarab. 66. Hayvonlarda uchramaydigan to`qima xili?—hosil qiluvchi. 67. Qoplovchi to`qima qanday turlarga bo`linadi?—1.epiderma 2.periderma 3.po`stloq. 68. Epiderma hujayralarining vazifalari?—1.kasal hujayralarni sog` hujayra o`tmasligini, 2.gazlar almashinuvida. 69. O`simliklardagi qanday to`qima xillari bilasiz?—1.hosil qiluvchi 2.qoplovchi 3.asossiy 4.ajratuvchi 5.o`tkazuvchi. 70. Asosiy to`qimalarga qo`shib o`rganiladigan to`qima xillari?—assimlyatsion, g`amlovchi, mexanik. 71. Meristema nima?—hosil qiluvchi to`qimaning ikkinchi nomi. 72. O`simlik hayoti bilan uzviy bog`liq bo`lgan to`qima?—asosiy. 73. O`simlik shu to`qima hisobiga bo`linib ko`payadi bu qaysi to`qima xili?—meristema. 74. G`amlovchi to`qimaning natijasida qanday mahsulotlar to`planadi?—oziq moddalar, oqsillar, kraxmal, karbon suvlar (uglevodlar), vitaminlar yog`lar (moylar) to`planadi. 75. O`simliklarning barcha organlarida to`planadigan oziq moddalar qaysi to`qimaga kiradi?—g`amlovchi. Akmaljon Ma’rupov & Davron Sultonov @biologiya_fardu telegram kanali 20 76. Cho`lda o`sadigan o`sadigan o`simliklar qaysilar?—sarsazan, buzoqbosh, qizilsho`ra, baliqko`z. 77. Sarsazan, buzoqbosh, qizilsho`ra, baliqko`z kabi o`simliklarda nimalar to`planadi?—suv. 78. Qaysi o`simliklarda shiraga boy hujayralar mavjud.?-- sarsazan, buzoqbosh, qizilsho`ra, baliqko`z. 79. Suv saqlovchi hujayralar o`simliklarning qaysi organlari hisoblanadi?—barg va novdalarida. 80. Zaruriyat bo`lganda tayyor to`plangan suvidan foydalanadigan o`simliklar?-- sarsazan, buzoqbosh, qizilsho`ra, baliqko`z. 81. Chiqib kelishi o`simlikni suvli muhitdan quruqlikka moslashishidan boshlangan to`qima?—qoplovchi to`qima. 82. Qoplovchi to`qimaning vazifasi?—1.to`qima va organlarni qurub qolishdan 2.tashqi muhitning noqulay sharoitlaridan 3.mexanik shikaslanishidan ximoya qilishdan iborat. 83. Qoplovchi to`qimasining ontogenezi qaysi to`qimaga taqaladi?—meristema. 84. Bir boshoq don- topishmoqni davom ettiring?—bir savat non. 85. O`tkazuvchi to`qimaning vazifasi?—o`simlik tanasida oziqa moddallarning harakatlanishi ta`minlaydi. 86. Suv va unda erigan moddalar qayerga harakatlanadi?—pastdan yuqoriga. 87. Ildiz tomonga qarab harakatlanadi…bu-?—organik modda. 88. Ildiz va bargga tomon harakat…naylari orqali sodir bo`ladi?—kselema va floema naylari. 89. Qaysi jarayon cho`ldagi o`simliklarda uzluksiz davom etib turadi?—suv mineral tuzlar va organik moddalarni harakati. Download 2.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling